Biomaterialni yangilash. Biomaterialni yangilash maqsadida kuzda (oktyabr-noyabr oylarida) hasharotlar ko‘p bo‘lgan dalalar, ya’ni bedazorlar, kechki makkajo‘xorizorlar, begona o‘tlar, tut va boshqa mevali daraxtlardan oltinko‘zning etuk zotlarini kapalak tutqich (sachok) yordamida yig‘ib olinadi. Undan tashqari etuk zotlarining yorug‘lik tomon yaxshi uchishini hisobga olgan holda yorug‘lik tutqichidan foydalanib ham, oltinko‘z yig‘ib olish amalga oshiriladi. Tabiatdan yig‘ib olingan tabiiy oltinko‘zning etuk zotlarini 2-3 kun yaxshilab asal bilan oziqlantirib, qishlashga tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |