Ana shu qo‘yilayotgan maqsadlarga erishishning turli yo‘llari mavjud:
•
kapital qo‘yilmalarni iqtisodiy asoslangan yo‘nalishlarga sarflash va ularni mintaqalar bo‘yicha
samarali joylashtirish;
•
korxona va tashkilotlarda milliy iqtisodiyot va chet el texnikasini so‘nggi yutuqlari asosida
ishlangan texnika va texnologiyalarni qurilishni va ishlab chiqariladigan mahsulotlarning sifatini oshirish,
mehnat unumdorligi, mahsulot tannarxi va foydalilik darajasi o‘sishini ta'minlash;
•
qurilishni jadallashtirish va ishlab chiqarishga yangi
quvvatlarni kiritish, qurilishlarni sifatli
ishlangan texnik loyihalar bilan ta'minlash;
•
qurilish qiymatini va kapital qiymatlarini ulushining pasayishi orqali kapital sarflarning birligiga
foydali samara olish;
•
yangi yaratilayotgan quvvatlarni o‘zlashtirish muddatlarini qisqartirish.
Kapital qo‘yilmalarning umumiy miqdorida ishlab turgan korxonalarni qayta
qurishga ketadigan
sarflarni ulushini ko‘paytirish - ularni iqtisodiy samaradorligining muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Ammo korxonalarni qayta qurish har bir aniq holatida chuqur iqtisodiy asoslashni talab qiladi.
Tajribalarning ko‘rsatishicha, bir qator holatlarda dastlabki iqtisodiy hisob-kitoblarni qilinmasligi natijasida
ko‘pgina korxonalarda iqtisodiy jihatdan samarasiz ishlar amalga oshiriladi. Natijada ular qayta qurish va
jihozlash ishlarini amalga oshirish xarajatlarini oshirib yuboradi va samaradorligini pasaytiradi.
Korxonalarni qayta qurishga sarflayotgan kapital qo‘yilmalarning iqtisodiy samaradorligini
aniqlashda qayta qurishgacha bo‘lgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar undan keyingi iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan
taqqoslanadi. Sanoat korxonalarini qayta qurish ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirishni,
uskunalarni unumdorligini o‘stirishni va ishlab chiqarish quvvatlari o‘sishini ko‘zda tutadi.
Qayta qurish
natijasida mahsulot ishlab chiqarishning o‘sishi korxona foydasining pasayishiga olib keladi, ammo
mahsulot tannarxini pasayishiga olib kelmaydi.
Agarda kapital qo‘yilmalarning birligiga olinadigan foyda o‘simi iqtisodiy samaradorlikning
belgilangan koeffitsientidan past bo‘lmasa, qayta qurish maqbul hisoblanadi. Boshqa xolatlarda ishlab
chiqarish quvvatlarini ko‘paytirishning boshqa yechimlarini izlash lozim bo‘ladi. Xaqiqatdan
xam ishlab
chiqarish quvvatlarini o‘sishi va shunga muvofiq maxsulot ishlab chiqarishning o‘sishi ustama xarajatlarni
nisbatan kamaytirish hisobiga maxsulot tannarxini pasaytirish va maxsulot miqdorini ko‘paytirish orqali
erishiladi.
Tannarxni pasaytirishga qayta qurish bilan unumli uskunalarni qo‘llash va ilg‘or texnologiyalarni
joriy qilish orqali erishiladi.
Loyiha yechimlarining iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun dastlab ishlab turgan korxona va
inshootlarni rekonstruksiya qilish va yangilarini qurishni zarurligini va maqsadga
muvofiqligining texnik-
iqtisodiy asosnomalar (TIA) ishlanadi. Bunday texnik-iqtisodiy asosnomalar rejalarga kiritiladigan har bir
qurilish bo‘yicha ishlashi lozim. Yirik korxonalar bo‘yicha texnik-iqtisodiy asosnomalar loyiha tashkilotlari
tomonidan ishlanadi.
Texnik-iqtisodiy asosnomalarda odatda:
Tegishli tarmoqlarda quvvatlarning o‘sishini ta'minlovchi loyihalashtirilayotgan korxonalarning
ahamiyatli xususiyatlari; korxonani mo‘ljallayotgan quvvatlarni va mahsulot turlarini asoslash;
zarur kapital
qo‘yilmalar hisob-kitobi; kapital qo‘yilmalarning kutilayotgan iqtisodiy samaradorligi va mo‘ljallanayotgan
qurilishning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘z aksini topishi lozim.
Asosiy ko‘rsatkichlardan tashqari kapital qo‘yilmalarning iqtisodiy samaradorligini asoslash,
ularning o‘zini oqlash muddatlarini hisoblash; loyiha yechimlarini iqtisodiy baholash uchun qo‘shimcha va
yordamchi texnik-iqtisodiy ko‘satkichlar ham qo‘llaniladi. Ularning qatoriga ishlab chiqarish maydonining
1 m kvadratiga
mahsulot ishlab chiqarish, imorat va inshootlarning qurilish kubaturasini ko‘rsatuvchi
miqdor koeffitsienti va boshqalar zarur bo‘ladi.
Sanoat korxonalarini loyihalashda ishlab chiqarish maydonlaridan tegishli foydalanish, imoratlar
xillarini to‘g‘ri tanlash ancha sezilarli iqtisodiy samara berishi mumkin.
har qanday firmaning kapitali ikki qismdan - o‘zining kapitali va qarzdan iborat bo‘ladi. Shuning
uchun firma kapitalini qiymati yoki firma qiymati - o‘zining kapitali (aksiya qiymati) va qarz qiymati
summasi hisoblanadi.
Formulada izohlansa: V=S=B
Ya'ni V-firma (korporatsiya) qiymati, S-o‘zining
kapitali qiymati, B- qarz qiymati. Qarz qiymatining
asosiy kapital qiymatiga nisbati (B/S) moliya liveriji koeffitsienti deyiladi.
(liverij-1) investitsiya daromadliligini ko‘paytirish uchun zayom kapitalini foydalanish; 2) zayom
Do'stlaringiz bilan baham: