voqealar rivoji har doim bir xil emas. Bu har qanday tadbirkorlik faoliyatining asosiy aksiomasi. Shu
munosabat bilan, investitsiyaviy loyihalashtirish amaliyoti, boshqalar qatorida,
noaniqlik va tavakkalchilik
jihatlarini ham ko’rib chiqadi.
Noaniqlik deganda – kelajakdagi muayyan voqealar rivojining bir xilda bo’lmaslik holati, boshqacha
qilib aytganda bizning hamma narsani bila olmasligimiz va korxona faoliyati, shu jumladan investitsiyaviy
loyihani amalga
oshirish, rivojlanishining asosiy kattalik va ko’rsatkichlarini aniq bashorat qila olmaslik
holati tushuniladi.
Noaniqlik holatida, yetarlicha aniq bo’lgan qaror yo’q, chunki investitsiyaviy loyihaning har bir
ko’rsatkichi bo’yicha mumkin bo’lgan qiymati intervallari samaradorlik ko’rsatkichi qiymatining
intervallarini keltirib chiqaradi.
Ushbu interval, odatda, kapital qiymatini qoplaydi, bu esa loyihani bir xilda
qabul qilish yoki rad etish imkonini bermaydi. Bu yerda, qaror qabul qilish uchun muhim ahamiyat kasb
etuvchi, yangi bir omil paydo bo’ladi – bu tavakkalchilik omili.
Faraz qilaylik, bir yoki bir necha kattaliklarni (misool uchun, sotish hajmi,
mahsulot narxi, umumiy
xarajatlar va h.) interval shaklida berish oqibatida, daromadlilikning ichki me'yoriy qiymatlarining tegishli
intervali [11,2%; 18,5%] dan iborat bo’ldi. Korxona kapitali qiymati 14%ga teng. Loyihani qabul qilish
kerakmi, yoki rad etish? To’g`ri qaror
qabul qilish uchun, korxona uchun salbiy oqibatlar tavakkalchiligini
baholash lozim.
Umumiy holatda, tavakkalchilik deganda, biror-bir noxush voqeaning ro’y berish ehtimoli tushuniladi.
Tabiiyki, tadbirkorlik faoliyatida bunday noxush voqealarga korxona resurslarining bir qismini yo’qolishi,
rejalashtirilgan daromadlarning pasayishi yoki qo’shimcha xarajatlarning kelib chiqishi va boshqalar
tushiniladi.
Tavakkalchilik – bozor muhitining o’ziga xos xususiyatidir. Tavakkalchilikning
asosiy turlari
quyidagilar:
- korxona tomonidan o’z majburiyatlarini bajarmasligi ehtimoli bilan bog`liq bo’lgan, ishlab chiqarish
tavakkalchiligi;
- korxona tomonidan o’z investorlari oldidagi moliyaviy majburiyatlarini bajarmasligi ehtimoli bilan
bog`liq bo’lgan, moliyaviy tavakkalchilik;
- shaxsiy va sotib olingan qimmatli qog`ozlardan iborat moliyaviy-investitsion portfelning qadrsizlanishi
ehtimoli bilan bog`liq bo’lgan,
investitsiyaviy tavakkalchilik;
- fond bozoridagi bozor foiz stavkalari va valyutalar kurslarining o’zgarishi ehtimoli bilan bog`liq
bo’lgan, bozor tavakkalchiligi;
- mamlakatdagi barqaror bo’lmagan siyosiy vaziyat tufayli investorlar uchun yuzaga kelishi mumkin
bo’lgan noxush voqealar bilan bog`liq siyosiy tavakkalchilik.
Do'stlaringiz bilan baham: