,
bu formula (10.10) formulaning
dagi ifodasidir.
24-MAVZU. INVESTITSIYAVIY LOYIHA KAPITAL QIYMATINI BAHOLASH
Investitsiya faoliyatidagi jarayonda sub'ektlar o‘rtasida bo‘ladigan munosabatlar
shartnomalar asosida
muvofiqlashtiriladi. Shartnomalar tuzish, sheriklarni tanlash, majburiyatlarni aniqlash va boshqa xo‘jalik
munosabatlarini o‘rganish ular qabul qilgan qonunlarga zid bo‘lmasa, faqat investitsiya faoliyati sub'ektlari
zimmasida bo‘ladi. Har ikki tomonning kelishuviga binoan, shartnomalar investitsiya faoliyatining umumiy
muddatiga tuziladi.
Qabul qilingan qonunlarda investorning qator majburiyatlari bor.
13
Bu majburiyatlar davlat idora va
muassasalari oldida bajarilishi lozim bo‘lib quyidagilardan iboratdir:
-
investorlar investitsiyalar hajmi va ularning manbalari to‘g‘risida moliya organlariga
deklaratsiya
topshirishlari lozim.
-
kapital qo‘yilishni amalga oshirish uchun, tegishli rahbar va maxsus xizmat organlari tomonidan
ruxsat olinishi kerak;
-
investitsiya loyihasining sanitariya-gigiena va ekologik talablarga javob berishi to‘g‘risida
ekspertiza xulosasiga ega bo‘lishi shart.
Yuqorida qayd qilinganlardan tashqari, investitsiya sub'ektlarining majburiyatlariga
quyidagilar ham
kiradi:
-
vijdonan raqobat qilish va yakka hokimlikka qarshi muvofiqlashtirish talablarini bajarish;
-
davlat, rahbar xodim va organlar tomonidan yuklatilgan talablarni baholash va ularga bo‘ysunish;
-
belgilangan tartibda buxgalterlik va statistik ma'lumotlar hamda hisobotlarni tegishli idoralarga o‘z
vaqtida yetkazib berish.
Bulardan tashqari investitsiya faoliyatining har bir ishtirokchisi maxsus ishlarni bajarish uchun
litsenziyaga ega bo‘lishi lozim. Litsenziya olish uchun bajarish lozim bo‘lgan ishlarni ro‘yxati va ularni
amalga oshirish tartibi mumkin qadar qonunchilikda belgilanadi.
Investitsiyalashning asosiy bosqichlari quyidagilardir:
1)
resurslarni kapital xarajatlariga aylantirish, ya'ni investitsiyalarni aniq
investitsiya faoliyati
ob'ektlariga investitsiyalash;
2)
qo‘yilgan mablag‘larni kapital qiymatining o‘sishiga aylantirish, bu investitsiyalarni pirovard
iste'moli va yangi iste'mol qiymatini
olish bilan harakatlanadi;
3)
kapital qiymatini foyda ko‘rinishida o‘sishi, ya'ni investitsiyalashning yakuniy maqsadi
amalga oshiriladi.
Shunday qilib, boshlang‘ich va yakuniy bo‘g‘inlari birlashib, yangi o‘zaro bog‘liqlikni yaratadi,
daromad-resurs-yakuniy natija (samara), ya'ni jamg‘arish jarayoni qayta takrorlanadi.
Kapitalni o‘sish manbasi va investitsiyalash maqsadida amalga oshirilayotgan loyihalardan
olinadigan
daromaddir.
Amaliyotda investitsiyalarning samaradorligini (IS) aniqlash uchun foyda massasining (F) investitsiya
xarajatlariga (IX) bo‘lgan nisbati foiz ko‘rinishida olinadi.
Investitsiya xarajatlarini foyda bilan solishtirish jarayoni doimiy ravishda investitsiyalash amalga
oshgunga qadar (investitsion loyihaning biznes-rejasi ishlab chiqarish davrida), investitsiyalash davrida
(ob'ektni qurilishi davrida) va investitsiyalashdan so‘ng (yangi ob'ektdan foydalanish davrida) davom etadi.
Kapital qo‘yilmalarning iqtisodiy samaradorligi ularning foydalanish ko‘rsatkichlaridan bo‘lib,
mablag‘larni ijtimoiy-ishlab chiqarishning u yoki bu tarmog‘iga sarf qilishdan tutiladigan maqsad
hisoblanadi.
Davlat kapital qo‘yilmalarni xalq xo‘jaligining
turli sohalariga sarflar ekan, albatta uning yordamida
ishlab chiqarishni kengaytirishni, ya'ni ishlab chiqarish quvvatlarini ishga solishni, va shu orqali
mahsulotlarini miqdorini ko‘paytirishni,
uning sifatini yaxshilash, raqobatbardoshliligini oshirishni maqsad
qilib qo‘yadi.
13
.,
.,
.
:
:
.-3-
. - .:
, 2004.
Do'stlaringiz bilan baham: