-
chet el fuqarolari, xususiy firmalar, assotsiatsiyalar, kompaniyalar va huquqiy shaxslar hamda
boshqa davlatlar tomonidan;
- qo‘shma korxona ko‘rinishida mahalliy va chet el fuqarolari, huquqiy shaxslar va davlatlar bilan
hamkorlikda.
Mulkchilikni turli shakllarini rivojlanishi, tadbirkorlik va ishbilarmonlikni yo‘lga qo‘yilishi, jahon
iqtisodiy aloqalari taraqqiy etishi, qo‘shma korxonalarni iqtisodiyotni barqarorlashtirishda roli ortishi,
investitsiya faoliyatini to‘la tashkil etish uchun zarur bo‘lgan imkoniyatlarni yaratadi. Mulkchilikning turli
shakllari vujudga kelishi, o‘z navbatida tadbirkorlikning rivojlanishi, chet el kapitalining kirib kelishi
investitsiya faoliyatini tashkil etish yo‘nalishlarini ham aniqlab beradi.
Investitsiya faoliyati to‘rt asosiy yo‘nalishlarda bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda, turli xil
mulkdorlar tomonidan olib boriladi. Investitsiya faoliyatini tashkil etishning bu yo‘nalishlari o‘z navbatida
bir nechta tip va shakllarda amaliyotga tatbiq etiladi.
Samara yoki daromad keltiradigan mulkiy va intellektual boyliklar, ya'ni investitsiyalar quyidagi
shakllarda bo‘lishi mumkin:
1.
Pul mablag‘lari, banklardagi maqsadli jamg‘armalar, paylar, aksiyalar va boshqa qimmatbaho
qog‘ozlar;
2.
Harakatdagi va harakatda bo‘lmagan mulklar (binolar, inshootlar, asbob-uskunalar hamda boshqa
moddiy boyliklar);
3.
Mualliflik huquqi, nou-xaulardan tashkil topgan mulkdorlik huquqlari va boshqa intellektual
boyliklar;
4.
yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari hamda mulkchilik huquqlari;
5.
Boshqa boyliklar.
Investitsiyalarning qayd etilgan turlari va shakllari asosida tadbirkorlik, ishbilarmonlik va boshqa
davlat tomonidan taqiqlanmagan faoliyatlarni barcha investorlar tomonidan amaliy ravishda yo‘lga qo‘yish,
mablag‘lar sarflash va ularni amaliyotga tatbiq etish chora tadbirlarining yig‘indisi investitsiya faoliyatini
anglatadi. Bozor iqtisodiyotida investitsiya faoliyatini fuqarolar, huquqiy shaxslar (korxonalar, firmalar,
aksioner jamiyatlari va boshqa tipdagi mulk egalari) va davlat yuritadi. Investitsiya faoliyatini yo‘lga
qo‘yishda har bir mulk egasi, birinchi navbatda o‘z manfaatini ko‘zlab yagona maqsadga, ya'ni foyda olish
va samaraga erishishni rejalashtiradi.
Bozor sharoitida investitsiya faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish jismoniy, huquqiy shaxslarni va
davlatni, foyda olish maqsadida tadbirkorlik, ishbilarmonlik va boshqa faoliyatlarini qaytadan tiklashga
qaratilgan. Bu boradagi asosiy maqsad investitsiya faoliyatini tashkil etib iqtisodiyotni inqirozdan olib
chiqish, uni barqarorlashtirish, dunyo bozoriga kirib borish, jahon xo‘jalik aloqalarini mustahkamlash va
aholi turmush darajasini yaxshilashdir.
Bozor iqtisodiyotida investitsiya faoliyatini moliyalashtirish investorlar tomonidan moliyaviy
resurslarni jalb etish yo‘li bilan kreditlar evaziga, muomalaga, qonunchilikda belgilangan holda qimmatli
qog‘ozlar va zayomlar chiqarish hisobiga olib boriladi. Davlat mulkini xususiylashtirish tufayli mamlakat
miqyosidagi manbalar tarkibida mablag‘lar kamayib borishi kuzatilmoqda. Aksincha, turli mulk egalarining
mablag‘lari, yangidan tashkil etilayotgan fondlarni ulushi, chet el investitsiyalarining miqdori ortib boradi.
Albatta, bu borada har bir mamlakatning investitsiya siyosati hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Investitsiya
manbalarini tashkil etishda mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi, milliy valyuta birligini konvertrlanishi,
tashqi iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi, aholi ehtiyojini ishlab chiqarish hisobiga qondirilishi va
boshqalar muhim rol o‘ynaydi.
Investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirishning muhim yo‘nalishida qulay sharoitlar yaratishga
qaratilgan. Avvalambor, ijtimoiy rivojlantirish, ishlab chiqarishni texnik jihatdan takomillashtirish, yangilik
va ixtirolarni tatbiq etish asosida ijtimoiy talablarni qondirishga qaratilgan. Bu borada muvofiqlashtirishni
tashkil etish investitsiya faoliyatini sharoitlarini aniqlash yo‘li bilan davlat investitsiyalarini boshqarish
bilan birga olib boriladi. Davlat tomonidan investitsiya faoliyati sharoitlarini muvofiqlashtirish bir qator
chora va tadbirlarni qo‘llash va hayotga tatbiq etish negizida amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi.
Hujjatda ko‘rsatilgan chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
-
soliqlar tizimini qulaylashtirish. Soliq sub'ektlari, ob'ektlarini hamda uning miqdorlarini
tabaqalash va yengilliklar berish;
-
amortizatsiya siyosatini tubdan o‘zgartirish, shu jumladan asosiy fondlar amortizatsiyasini
tezlashtirish (iqtisodiyot sohalari, ba'zi tarmoqlari, asosiy fondlarning qismlari, asbob-uskunalar turlari
bo‘yicha tabaqalashgan holda amortizatsiya yangiliklari o‘rnatiladi);
Do'stlaringiz bilan baham: