ravishda amalga oshiriladigan investitsiyalardir.
5.
Hududiy belgisi bo’yicha mamlakat ichidagi va mamlakat tashqarisidagi investitsiyalar
farqlanadi.
Investitsiyalar o’z ob'ekti bo’yicha ham quyidagicha turkumlanishi mumkin:
- kapital (real aktivlarga);
- innovatsion (texnika va yangi texnologiyalarning yangi avlodini ishlab chiqishga yo’naltirilgan);
- ijtimoiy (inson
salohiyatini, ishlab chiqarish tajribasini rivojlantirish, nomoddiy boyliklarning
boshqa shakllariga kiritiladigan).
Bundan tashqari, loyiha boshlanishida korxona xarid qilishda amalga oshiriladigan boshlang`ich yoki
netto-investitsiyalar mavjud. Reinvestitsiyalar bilan birgalikda ular brutto-investitsiyalarni tashkil etadi.
Reinvestitsiyalar - yangi ishlab chiqarish vositalarini yaratish yoki xarid qilishga va boshqa
maqsadlarda
foydalaniladigan, qayta bo’shagan investitsiyaviy resurslardir. Bunday investitsiyalar mavjud
ob'ektlarni yangilash, texnologik uskunalarni zamonaviylashtirish, yangi mahsulot turlarini ishlab chiqish,
yangi bozorlarni tashkil etish va boshqa maqsadlarga yo’naltirilishi mumkin.
Ishlab chiqarishga, qimmatli qog`ozlarga va boshqa turdagi investitsiyalarni amalga oshirish quyidagi
hollardagina maqsadga muvofiq bo’ladi:
- ushbu qo’yilmadan olinadigan sof foyda, mablag`larni bank depozitiga qo’yish
orqali olinadigan sof
foydadan yuqori bo’lsa;
- investitsiyalar rentabelligi inflyatsiya darajasidan yuqori bo’lsa;
- pullarning vaqt oralig`idagi qiymatini hisobga olgan holda, mazkur loyiha rentabelligi, boshqa
alternativ loyihalar rentabelligidan yuqori bo’lsa;
- loyiha amalga oshirilgandan so’ng korxona aktivlarining rentabelligi oshsa (yoki kamaymasa) va har
holda qarz mablag`lari bo’yicha o’rtacha hisob stavkasidan yuqori bo’lsa;
- ko’rib chiqilayotgan loyiha, ishlab chiqarishning ratsional tuzilmasini
shakllantirish, xarajatlarni
qoplash muddatlari, moliyaviy manbalarning mavjudligi nuqtai-nazaridan korxonaning bosh maqsadlariga
muvofiq kelsa.
Shuni ham ta'kidlab o’tish lozimki, mazkur umumiy tamoyillar bo’lishiga qaramasdan, u yoki bu
xo’jalik faoliyatini yurituvchi sub'ekt uchun investitsiyaviy siyosatning asosiy mezonlarini aniqlash juda
ham sub'ektiv va muayyan bosqichdagi strategik moliyaviy maqsadlarga bog`liq bo’ladi.
Ammo sub'ektivlikning har qanday darajasida investitsiyalar bo’yicha qaror
qabul qilinayotganda,
moliyaviy menejer pullarning vaqt oralig`idagi qiymatini, loyiha tavakkalchiligi darajasini, loyihaning
alternativ loyihalardan ustunligini va boshqa ko’plab omillarni e'tiborga olishi lozim.
Shunday qilib, investitsiyalar to’g`risida qaror qabul qilish kutilayotgan daromadlilik va tavakkalchilik
nisbati tahliliga asoslanadi.
Shuning uchun ham, investitsiyalar mohiyati to’g`risida gap yuritayotganda,
ularning turli xil tavakkalchilik va kutilayotgan daromadga bog`liq ekanliklarini esdan chiqarmaslik lozim.
Pullarning daromad olib kelish qobiliyati ularning kelib chiqish manbai va iste'mol yo’nalishlari, ya'ni pul
qayerdan kirib kelishi va nimaga investitsiya sifatida qo’yilishiga bog`liq bo’ladi. Demak, kapital
manbalarining ishonchliligi va mablag`larni to’g`ri investitsiya qilish o’rtasida uzluksiz aloqa kuzatiladi.
Ushbu belgilari bilan investitsiyalar boshqa qo’yilmalardan farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: