kiradi:
-
vijdonan raqobat qilish va yakka hokimlikka qarshi muvofiqlashtirish talablarini
bajarish;
-
davlat, rahbar xodim va organlar tomonidan yuklatilgan talablarni baholash va ularga bo‘ysunish;
-
belgilangan tartibda buxgalterlik va statistik ma'lumotlar hamda hisobotlarni tegishli idoralarga o‘z
vaqtida yetkazib berish.
Bulardan tashqari investitsiya faoliyatining har bir ishtirokchisi maxsus ishlarni bajarish uchun
litsenziyaga ega bo‘lishi lozim. Litsenziya olish uchun bajarish lozim bo‘lgan ishlarni ro‘yxati
va ularni
amalga oshirish tartibi mumkin qadar qonunchilikda belgilanadi.
Investitsiyalashning asosiy bosqichlari quyidagilardir:
1)
resurslarni kapital xarajatlariga aylantirish, ya'ni investitsiyalarni aniq investitsiya faoliyati
ob'ektlariga
investitsiyalash;
2)
qo‘yilgan mablag‘larni kapital qiymatining o‘sishiga aylantirish, bu investitsiyalarni
pirovard
iste'moli va yangi iste'mol qiymatini olish bilan harakatlanadi;
3)
kapital qiymatini foyda ko‘rinishida o‘sishi, ya'ni investitsiyalashning
yakuniy maqsadi
amalga oshiriladi.
Shunday qilib, boshlang‘ich va yakuniy bo‘g‘inlari birlashib, yangi o‘zaro bog‘liqlikni
yaratadi,
daromad-resurs-yakuniy natija (samara), ya'ni jamg‘arish jarayoni qayta takrorlanadi.
Kapitalni o‘sish manbasi va investitsiyalash maqsadida amalga oshirilayotgan loyihalardan olinadigan
daromaddir.
Amaliyotda investitsiyalarning samaradorligini (IS) aniqlash uchun foyda massasining (F) investitsiya
xarajatlariga (IX) bo‘lgan nisbati foiz ko‘rinishida olinadi.
Investitsiya xarajatlarini foyda bilan solishtirish jarayoni doimiy ravishda investitsiyalash
amalga
oshgunga qadar (investitsion loyihaning biznes-rejasi ishlab chiqarish davrida), investitsiyalash davrida
(ob'ektni qurilishi davrida) va investitsiyalashdan so‘ng (yangi ob'ektdan foydalanish davrida) davom etadi.
Umuman olganda, korxona moliyaviy resurslarining barcha manbalarini quyidagi ketma-ketlikda aks
ettirish mumkin:
- o’z shaxsiy moliyaviy resurslari va ichki xo’jalik zaxiralari;
- qarz moliyaviy mablag`lari;
- aksiyalarni sotish, pay va boshqa
turdagi badallardan olinadigan, jalb qilingan moliyaviy mablag`lar;
- korxonalar uyushmalari tomonidan markazlashtirilgan moliyaviy mablag`lar;
- nobyudjet fondlari mablag`lari;
- davlat byudjeti mablag`lari;
- chet el investorlari mablag`lari.
O’z moliyaviy resurslari. O’z moliyaviy resurslarining tuzilmasi 4.1.-rasmda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: