-birinchidan, sarmoyador, homiy, hissador va bankirlarning pul mablaglarini ishlab chiqarishga jalb
etish;
-ikkinchidan o‘z
xodimlarini maqsad, vazifa va istiqbolga ishontirish va qiziqtirish;
-uchinchidan, o‘z goyalarining foyda keltirishga ishonib, rejali va samarali boshqarishni tashkil etish.
Biznes rejaning bozor iqtisodiyoti davrida dolzarbligi kuyidagi omillar ta'sirida shakllanadi:
-
birinchidan, qishloq xo‘jalik korxonalari iqtisodiyotiga yangi mulk shakllari, ishlab chiqarish
munosabatlari kirib kelishi bilan o‘rta va kichik tadbirkorlik hamda fermer, ijarachi-pudrat- chilarning yangi
avlodlari shakllanmoqda. Ular uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni boshqarish, tashkil
etish va iqtisodiyot bilan bogliq bo‘lgan muammolarni hal etish
biznes- rejasiz mumkin emas;
-
ikkinchidan fermerlar, o‘rta va kichik tadbirkorlik uchun ishlab chiqarishni tashkil etish va
boshqarishda tamoman yangicha munosabat - tavakkalchilik, raqobat, raqobatga chidash va unda yengib
chiqish sir-sinoati ham biznes reja orqali hal etiladi;
-
uchinchidan, xorijiy mamlakatlar investitsiyalarini jalb etmasdan ishlab chiqarishni kengaytirish,
yangilash va samaradorli- gini ko‘tarish juda kagga muammoga aylanmoqda.
Shunday bir davrda xorijiy
mamlakatlar investorlariga buyurtmalarni dolzarb va sa- maradorligini isbotlab berish va ularga
sarflanadigan mab- lag‘larning yuksak darajada foyda berishini har jihatdan ko‘rsata bilish uchun ham
biznes-reja zarurdir.
Yuqorida qayd etilgan muommolarni turli shakldagi qishloq xo‘jalik korxonalarida yechimini
topishda, biznes-rejaning o‘zi kifoya qilmaydi. Biznes-reja dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarida
ishlab chiqarishni rejalashtirish uchun zarur bo‘lgan texnologik xaritalar, me'yoriy hujjatlar va birlamchi
agronomiya, zooveterenariya ham buxgalteriya hisob-kitoblari bilan to‘ldirilishi shart.
Biznes-reja quyidagi vazifalarni yechishga qaratilishi lozim:
-
dehqon va fermerlar, ijarachi va pudratchi jamoalari o‘z ishlarini qanday
boshlash;
-
qanday qilib ishlab chiqarishni samarali yurgizish va tovarni bozorg‘a olib chiqish;
-
yangi ishlab chiqarishni kimlar bilan tashkil etish va qachon dastlabki daromadlarni olish;
-
tavakkalchilik xavf-xatarini qanday kamaytirish;
-
oyoqqa turib olish hamda rakobat kurashida yutib chiqish.
Biznes-reja tuzish yordamida ijarachi va oila pudrati jamoalari dehqon va fermerlar uzlari uchun
kuyidagilarni bilib oladilar:
-
biznes-rejani tuzish jarayonida o‘z ishlab chiqarish moliya faoliyatini har tamonlama tashkiliy-
iqtisodiy va sotsial jihatdan tahlil qilish, o‘zi boshlayotgan ishni puxta bilishga, kelajakda ishlab chiqarishni
rivojlantirishga va xolisona baholashga olib kelinishini;
-
biznes-reja bu - tadbirkor bajaradigan faoliyatning tayyor rejasi ekanligini.
Uni ishbilarmonlarning
o‘z korxonalarini samarali boshqarishga hamda o‘ylagan ishlarini muvaffaqiyatli o‘tishiga
yordamlashadigan ishchi dastur sifatida xizmat qilishini;
-
biznes-reja tadbirkorning o‘z goyasini boshqa hamfikrlariga, sarmoyadorlarga va bankirlarga
yetkazadigan eng yaxshi sinalgan usul va shuningdek, moliyaviy faoliyatni aniq rejalashtirish ekanligini.
Biznes-reja tuzishda ijarachi va oila pudrati jamoalari, dehqon va fermerlarning,
birinchi navbatda,
rahbarlari, mutaxassislar va ilmiy maslahatchilar yordamidan foydalanib tuzishlari talab etiladi. Chunki,
rahbar xodim o‘z kelajak faoliyatini loyihalashtirishi, xomcho‘t qilishi, o‘z g‘oyasining to‘griligi hamda
uni amalga oshirish uchun barcha zarur sharoitlar mavjudligiga yana bir marta ishonch hosil qilish
imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Biznes reja uning xulosa qismini yoritishdan boshlanadi. Shuni aytish kerak-ki, biznes-rejaning xulosa
qismi uning boshqa qismlari ishlab chiqilgandan keyingina to‘la shakllanadi. Shunga qaramasdan, ijarachi
va oila pudrati jamoalari dehqon va fermerlar o‘z hamfikrlari, xodimlari va chetdan
taklif qilingan ilmiy
maslahatchilar bilan birgalikda, eng avvalo, o‘z faoliyatlari dasturini amalga oshirish yo‘llarini to‘la va
ravshan tasvirlashga harakat qilmoqlari lozim. Xulosa qismida yoziladigan fikr va mulohazalar, taklif va
g‘oyalar tushunarli, ko‘zlangan maqsadga erishish yo‘llarini bir o‘qishda tushunishga imkon beradigan
xolda yoritilishi lozim. Bayon qilinadigan g‘oya va fikrlarda tadbirning maqsadi nima? Odamlar, tadbirni
amalga oshirishdan ko‘zlangan qanaqa mahsulotni olishlari kerak? Bu mahsulotning o‘ziga o‘xshash
bo‘lgan mahsulotlardan farqi nimada? kabi savollarga javob berish lozim.
Xulosaning oxirgi qismi tadbirni amalga oshirishdan ko‘zlangan moliyaviy natijalarga bagishlangan
bo‘lib, unda yaqin davr ichida sotilishi mumkin bo‘lgan
mahsulotlar hajmi, sotishdan tushadigan naqd pul
daromadi, ishlab chiqarishga qilinadigan xarajatlar, daromad, foydalilik darajasi va nixoyat
sarmoyadorlardan olgan qarzni uzish muddatlari haqida axborot berish talab etiladi.
Biznes-reja tuzishda ijara va oila pudrati jamoalari va dehqon-fermer xo‘jaliklari rahbarlarining o‘rni:
Do'stlaringiz bilan baham: