6. Qatqaloqni yumshatish va begona o’tlarni oldini yo’qotish F. Teshayev, F.Xasanova,B.Niyazaliyev, A Shamsiyev,Sh. Abdualimov.O’zbekiston qishloq va suv xo’jaligi jurnali № 5. 2019 6 bet.
7. G’o’za qator oralariga sifatli ishlov berish kuzgi xosil salmog’ini oshiradi. G’o’za qator oralariga ishlov berish jarayonida yangi o’sib chiqgan begona o’tlar yo’qoladi, qattiq yomg’irdan kiyin xosil bo’ladigan qatqaloq bartaraf etiladi, qatorlar orasidagi tuproq yumshatiladi, qator (pushta) larning yon tomonlariga va egatlarning o’rtasiga mineral o’g’it solinadi.hamda sug’orish egatlari olinadi. Begona o’tlarni yo’qotish. Qator oralaridagi begona o’tlarni yo’qotish maqsadida kultivatorga quydagi ishchi organlarni o’rnatish: disksimon yumshatgich- 8 dona ( 4 tasi chap kesuvchi, 4 tasio’ng kesuvchi), nixollardan 9-10 sm uzoqlikda va 6-8 sm chuqurlikda : strelkasimon panjalarni (g’ospanjalar)-5 dona, egatning o’rtasida 12-14 sm chuqurlikda o’rnatish.
7. Qatqaloqni yumshatish va begona o’tlarni oldini yo’qotish M. Toshboltayev, A.Ibragimov O’zbekiston qishloq va suv xo’jaligi jurnali. № 4.2019. 6bet
8.Begona o’tlarga qarshi mexanizatsiyalashgan kurash choralari. Bu yilgi bahorning seryog’in iliq kelishi tufayli paxta maydonlarida g’o’may, ajriq, salomalikum, qo’ypechak kabi begona o’tlar g’oza nihollari bilan bir vaqtda unib chiqadi. Bilamizki, g’o’zaning nixollari sekin, begona o’tlar esa tez rivojlanadi. Chunki g;omay yoki ajriq aslida begona emas yerning o’ziniki, g’o’za uning vaqtinchalik “mexmon”dir.Begona o’tlar tuproqdagi g’ozaga atalgan oziq moddalar ( azot, fosfor,kaliy) va namlikning ko’p qismini o’zlashtirib oladi; o’rgimchakkana, kuzgi tunlam, g’oza tunlamalari uchun ozuqa manbai; poyalari va urug’lari bilan kuzdapaxta hosilini ifloslantiradi, balki qo’lda teriladigan hosil sifati va salmog’ini ham keskin pasaytirib yuboradi.Bunday noxush holatlar g’ozaning butun vegetatsiya davrida begona o’tlargaqarshi tizim kurash choralarini ko’rishni taqazo etadi. Shunday samarali choralardan biri- begona o’tlarga qarshi gerbitsid eritmasini purkash orqali amalga oshirishdir. Begona o’tlarga qarshi agrotexnik kurash tadbirlaridan yana biri- bu paxta maydonlariga ventelyatorli OVX-600,VR-1,shtangali OSHU-50,OPSHH-12/5 hamda M-1600 pnevmatik quvurli purkagichlar yordamida gerbitsid eritmasini sepishdir. Buning uchun davlat kimyo kamissiyasi tomonidan ruxsat etilgan Stopm kabi tanlab ta’sir etadigan gerbitsidlardan foydalaniladi. Stomp dorisi xar gektariga 1-2l miqdorda qo’llaniladi. Qator oralarining kengligi 90 sm bo’lgan bir gektar paxta maydoni uchun 150 l, 60 sm bo’lganda 200 l ishchi eritma tayyorlanadi, purkagich barglariga solinadi va purkaladi. Eritmaning yelkaga osiladigan ORPD12M (12litrli bak ) yoki OG-101 “Aida” rusumli (16 litrli bak) yengil qurollar yordamida tasma usulida bevosita nihollar ustiga sepish mumkun. Samara juda yuqori bo’ladi.Eritma g’oza bargi va poyasiga tekkach, uning ichiga singib kiradi, ildizi tomon harakatlanadi va ma’lum vaqt o’tgandan kiyin o’simlikni sarg’aytirib qurishga majbur etadi. Purkagichlar sepayotgan dori zarralarining maydaligi, eritmaning agregat qamrov kengligi bo’yicha bir tekis taqsimlanishi ta’minlash uchun quydagi talablar bajarilishi zarur: Purkagichlar texnik jixatdan soz bo’lgan paxtachilik chopiq traktorlarining biri osiladi; nasos,reduktor va manometrdagi moy satxi tekshiriladi.Manometr korpusi ichida eritma bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi; barcha birikmalar maxkamlanadi, rezena shlanglardan eritma tomchilamasligi, havo so’rilmasligi kerak; traktor osish mexanizmining markaziy tortqisi yordamida ventelyator o’qining tik holatidan orqaga ( traktor xarakatiga teskari tomonga) qiyalanish burchagi, 10-12 gradusga teng bo’lsin; suyuqlik to’zitgichlarni soploning o’rtasiga tik xolatda o’rnatigan quvurdagi rezbali teshiklarga qo’lda qotiring. Barcha to’zitgichlar yuzalariquvurga parallel bo’lsin; bosim regulyatorni traktor kabinasining o’ng tomoniga shunday o’rnatingki, bunda uning dastagini qo’lda burash qulay bo’lsin va monometr shkalasi traktorigacha yaqqol ko’rinib tursin. Dastak soat strelkasi yo’nalishida buralsa, sestemadagi bosim va eritma sarfi oshadi, teskarisiga buralsa, kamayadi. Purkagichning hamma qismlari soz va to’g’ri rostlangan bo’lsa, sestemadagi suyuqlik bosimi 2-4 atm.chegarasidan chiqmaydi.Manometr strelkasi 1 atmosferadan past bosimni ko’rsatganda filtr ifloslangan yoki nasos buzulgan yoxud baglar bo’shagan bo’ladi; agregatni baklarga eritma tamom bo’lguncha ishlatish also mumkun emas, bu xolda nasos tez ishdan chiqadi; to’zitgichlarni sim bilan tozalash man etiladi.Shunday qilib, paxta dalalaridagi begona o’tlarga qarshi mexanizatsiyalashgan kurash choralarini qo’llash muhim vazifalardab biri hisoblanadi.
8. adabiyot. Begona o’tlarga qarshi mexanizatsiyalashgan kurash choralari M.Toshboltayev, A. Qoraxonov, A.Ibragimov.
Do'stlaringiz bilan baham: |