Pul tushumlari
|
Pul to‘lovlari
|
Olingan foizlar va dividendlar
|
To‘langan foizlar va to‘langan dividendlar
|
Aksiyalarni chiqarishdan yoki xususiy kapital bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa instrumentlardan kelgan pul tushumlar
|
Aksiyalarni chiqarishdan yoki xususiy kapital bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa instrumentlardan kelgan pul tushumlar
|
Uzoq va qisqa muddatli qarzlarning olinishi
|
Uzoq va qisqa muddatli kredit va qarzlarning to‘lanishi
|
Moliyaviy faoliyatning boshqa pul tushumlari
|
Moliyaviy faoliyatning boshqa pul to‘lovlari
|
Soliqqa tortish – xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan to‘langan foyda solig‘i va boshqa soliqlar hamda majburiy to‘lovlar summasining chiqib ketishi natijasida yuzaga keladi (6-jadval).
6-jadval
Soliqqa tortish bo‘yicha pul mablag‘larining harakati
Pul tushumlari
|
Pul to‘lovlari
|
Ortiqcha to‘langan foyda solig‘i bo‘yicha pul tushumlari
|
To‘langan foyda solig‘i
|
Ortiqcha to‘langan boshqa soliqlar bo‘yicha pul tushumlari
|
To‘langan boshqa soliqlar
|
Ortiqcha to‘langan majburiy to‘lovlar bo‘yicha pul tushumlari
|
To‘langan majburiy to‘lovlar
|
Mazkur faoliyat turlari bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlarda pul mablag‘lari oqimini tahlil qilish uchun quyidagi 7-jadval ma’lumotlarini o‘rganishimiz lozim bo‘ladi.
7-jadval ma’lumotlari asosida “Sharq” fermer xo‘jaligida investitsiya faoliyati, moliyaviy faoliyat va soliqqa tortish faoliyatlaridan ko‘rilgan pul mablag‘larining harakatiga baho berishimiz mumkin bo‘ladi. Bizga ma’lumki, har bir xo‘jalik yurituvchi subyektda pul mablag‘lari harakatining asosiy qismi, ya’ni 90-95 foizi asosiy xo‘jalik jarayonlariga to‘g‘ri keladi. Shu sababli ham 7-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, fermer xo‘jaligining mazkur faoliyat turlari bo‘yicha pul mablag‘larining jami kirimi 4630 ming so‘mni tashkil etgan xolos.
Mazkur faoliyatlardan ko‘rilgan jami pul mablag‘larining chiqimi esa 19500 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lib, uning ulushi to‘langan soliqlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, fermer xo‘jaligida investitsiya faoliyati, moliyaviy faoliyat va soliqqa tortish faoliyatlaridan sof pul oqimi 29648 ming so‘mni tashkil qilgan. Ya’ni, ushbu faoliyat natijalaridan so‘ng fermer xo‘jaligida sof pul mablag‘larining kirimi birmuncha kamayganligini kuzatishimiz mumkin.
Bundan ko‘rinadiki, fermer xo‘jaligida mazkur faoliyatlar natijasida asosan pul mablag‘larining kirimiga qaraganda pul mablag‘larining chiqimining hissasi yuqori bo‘lgan. Albatta bunday natijalarni fermer xo‘jaligi uchun ijobiy holat sifatida baholab bo‘lmaydi.
7-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |