Toshkent davlat agrar universeti agro biznes va logistika fakulteti



Download 244,05 Kb.
bet1/2
Sana09.12.2019
Hajmi244,05 Kb.
#29088
  1   2
Bog'liq
Mamasoliyev X. Kurs ishi.docx

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUSTA‘LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSETI AGRO BIZNES VA LOGISTIKA FAKULTETI

“Agrologistika” fafedrini

KURS ISHI

MAVZU: I’stemol bozorida ma’lumotlarni to’plash, taxlilini takomillashtirish va talabni o’rganish

Ilmiy rahbar: Ochilov I. ToshDAU dotsenti

Bajaruv: Mamasoliyev X. 4-kurs Marketing talabasi

REJA:


KIRISH

I BOB. I’stemol bozorida ma’lumotlarni to’plash, taxlilini va talabni o’rganish

    1. I’stemol bozori haqida.

    2. Iʼstemol bozori qismi boʼyicha oziq-ovqat maxsulotlari.

II BOB. Oziq ovqat maxsulotlari

2.1 Oziq-ovqat maxsulotlari boʼyicha umumiy malumotlarni toʼplash.

2.2 Oziq-ovqat maxsulotlari bozorida maʼlumotlarni taxlil qilish.

III BOB. Oziq-ovqat maxsulotlari bozorida talabni va taklifni oʼrganish

3.1 Oziq-ovqat maxsulotlari bozorida talabni oʼrganish.

3.2 Oziq-ovqat maxsulotlari bozorida taklifni oʼrganish.

XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Kirish

Dunyoning koʼplab mamlakatlari bozor iqtisodiyotiga oʻtmoqda. Shu qatori Oʻzbekiston Respublikasi ham oʻzi oldiga bozor iqtisodiyotiga oʼtishni oʼz oldiga maqsad qilib qoʼygan. Respublikamiz asta sekinlik bilan oʼzida bozor iqtisodiyotining barcha maxanizimlarini va tamoyillarini qoʻllamoqda. Shu sababli hukumat tamonidan koʼplab qonun va normativ huquqiy hujjatlar ishlab chiqilmoqda va amalga joriy etilmoqda. Bular mamlakatamizning bozor iqtisodiyotiga toʼlaqonli oʼtishi, bozor mexanizimlarini toʼliq ishlashi uchun xizmat qilmoqda. Joriy qilinayotgan islohatlar oʼz navbatida mamlakat hududidagi barcha bozorlarning raqobat muhitini va zamonviy marketing tamoyillarini olib kirmoqda.

Mamlakat aholisining farovon yashashi avvalo aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taminlash zazuziyati tugʼuladi. Bu oʼz navbatida yurtimizdagi iʼstemol bozorlarining rivojlanishiga olib keldi. Yurtimizda istemol bozorlarini yanada rivojlantirish va ulardagi talabni inobatga olgan holda, ularni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʼldirish uchun barcha choralar koʼrilmoqda.

Hozirgi kunda davlatimizning islohatlarining asosiy yoʼnalishining belgilab beruvchi 02.07.2017-yilda PF-4947 qabul qilindi. Bu 2017-2021-yillar uchun ishlab chiqilgan ʻʻ Harakatlar strategiyasini ” ning boʼlib uning 3-bobi iqisodiyotga bagʼishlangan boʼlib yaʼni ʻʻIqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” hisoblanadi. Ushbu farmonning 3-boʼlimida esa iqtisodiyotni va mamlakat aholisining moddiy holatini yaxshilash orqali istemol bozorini rivojlantirish rejalashtirilgan.

Shu bilan birga mamlakatimizda istiʼmol bozorining koʼplab tarkibiy qismlarini rivojlantirishga doir qaror va farmonlar ishlab chiqilmoqda. Shular jumlasiga “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oziq-ovqat, charm-poyabzal va farmatsevtika sanoatida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 6-yanvardagi PQ-2718-sonli qarori” kiradi.

Shu kabi islohatlar natijasida istemol bozorlarida ham horizgi kunda juda murakkab raqobat jaroyonini mavjud. Bunday kuchli raqobatni yutish uchun firma va korxonalar oʼz marketing strategiyasini ishlab chiqishi va amalda samarali qoʼllashi zarur hisoblanadi. Korxona va firmalar oʼz marketing strategiyalarini foydali va natija olib keladigan qilib ishlab chiqishda bozorlar va bozorning istemolchilari tabini oʼrganish, u yerning geografik holaridan kelib chiqqan hollarda maʼlum shartlarni inobatga olish, bozor tashkil qilingan joydagi aholinig asosiy ehtoyijlari haqida asosiy maʼlumotlarni yegʼish va ularni taxlil qilishi, taxlillar natijasida bozorda aniq talabni ishlab chiqishi zarur.



Tadqiqot manbalari:

Eng avvalo birinchi tadqiqot manbalari Oʼzbakiston Respublikasining qonun hujjatlari, amaldagi oliy taʼlim vazirligi tamonidan tavsiya etilgan darsliklar, mavzu doirasidagi internet resurslari, mavzu boʼyicha amalga oshirilgan tadqiqot natijali yuzasidan olingan xulosalar va yechimlar.



Ishning maqsad va vazifalari:

Mazkur kurs ishimizning asosiy maqsadi ramonaviy murakkab raqoabt jarayonida marketing strategiyarini ishlab chiqishda tovarlar haqidagi zaruriy maʼlumotlarni toʼplash, ularni toʼgʼri taxlil qilish va ular asosida bozordagi mavjud talabni toʼgʼri ishlab chiqish.



Ishning tuzilishi:

Kurs ishi: kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyot va manbalar ro‘yxatidan iborat.



I BOB. I’stemol bozorida ma’lumotlarni to’plash, taxlilini va talabni o’rganish.

1.1. I’stemol bozori haqida

Iste’mol bozori – bu tovarlarni va xizmatlarni o’zining shaxsiy ehtiyoji uchun sotib oladigan yakka shaxslar va oilalar majmuidan iborat bo’lib, ommaviy iste’molchilarga egaligi, raqobatning xilma-xilligi va markazlashmagan strukturaga ega ekanligi bilan xarakterlanadi. Iste’mol bozori inson hayot kechirishi va rivojlanishi uchun zarur boʼlgan barcha bozorlarni oʼz ichiga oladi. Masalan oziq – ovqat maxsulotlari bozori, kiyim kechak maxsulotlari bozori, farmaseftika mahsulotlari bozori va boshqa koʼplab bozorlarni oʼz ichiga oladi.

Isteʼmol bozorda keng iste’mol buyumlari, madaniy, maishiy va kommunal xizmatlar oldi-sotdi qilinadi. Amalda iste’mol tovarlari bozori savdo shahobchalaridan iborat bo’lib, ularga magazinlar, savdo uylari, firmalar, supermarket, iste’mol maxsulotlari do’konlari, oshxona, nonvoyxona, turli xil ustaxonalar, dehqon bozorlari, kosib va hunarmandlar rastalari kiradi.

Odatda, iste’mol tovarlari bozori bir qancha belgilariga qarab turkumlanadi va o’rganiladi. Iktisodchi olimlar tovarlarni iste’mol qilish davriyligiga qarab 3 guruhga ajratadilar: uzoq muddatli iste’mol tovarlari; qisqa muddatli iste’mol tovarlari; xizmat turlari1 . Iste’mol tovarlari bilan savdo qilish xususiyatiga qarab ularni: kundalik iste’mol tovarlari; dastlabki tanlov asosida olingan tovarlar; alohida talabga ega bulgan tovarlar; passiv talabdagi tovarlarga ajratish mumkin.

Demak, iste’mol bozori iste’mol mahsulotlarini sotuvchilar va iste’molchilar o’rtasidagi o’zaro iktisodiy aloqalarni ta’min etuvchi hudud hisoblanib, tovap-pul munosabatlapini rivojlantiradi va bu jarayon uzluksiz pavishda davom etadi. SHu bilan bir vaqtda, iste’mol bozorida ayirboshlash vositasi hisoblangan iste’mol mahsulotlarining o’ziga xos xususiyatlari bo’lib, savdo-sotiq jarayonini tashkil etishda hisobga olishni taqozo etadi. Bular:

– iste’mol mahsulotlarining aksariyat qismi insonlar iste’moli uchun juda ham zarur bulgan ne’matlardandir. SHuning uchun ham narx-navoning o’sishi holatida ham bu mahsulotlarga bulgan talab kamaymaydi. Mamlakatning o’zida ishlab chikarilayotgan mahsulotlar insonlar faoliyati bilan chambarchas bog’langan bo’lib, faqat iktisodiy samaradorlik bilan o’lchanib qolmasdan, balki u yoki bu mahsulotning yo’qligi hayot-mamotni hal qilishi mumkin. Iste’mol mahsulotlarining ishlab chikarilishi va taklifi faqat yuqori darajadagi ijtimoiyiktisodiy ahamiyati bilan o’lchanmasdan, balki samaradorlik nuqtai nazaridan ham hisobga olinadi. Bu milliy xavfsizlikni ta’minlaydigan yo’nalishlar orasida iste’mol majmuasi rivojlanishini yuqori o’rinlardan biriga qo’yadi;

– iste’mol mahsulotlarini iste’mol qilishda fiziologik, tarixiy, milliy, hududiy, iqlim, intellektual xususiyatlarga asoslangan chegarasi mavjud bo’lib, bozorlarning mahsulotlar bilan to’ldirilishi natijasida aholining daromadlari o’sishi kuzatiladi va mahsulotlarga talabning ortiqcha namoyon bo’lmasligini kursatadi. Natijada, iste’mol iste’moli uchun sarflangan xarajatlar ulushi kamayadi, daromadlar bo’yicha salbiy egiluvchanlik kuzatiladi va boshqa tovarlarga e’tibor qaratilib, tovarlar va xizmatlarni ishlab chikarish rag’batlantiriladi;

– ko’p asrlar, yillar davomida qishloq xo’jaligida er asosiy ishlab chikarish vositasi bo’lib kelgan. SHu sababli ham iste’mol mahsulotlari elastikligi yuqori bo’lmagan, ya’ni ishlab chikarishni kengaytirish uchun katta mablag’, mehnat va vaqt sarflash talab qilingan, lekin hamma vaqt ham buning iloji bo’lmagan. Fantexnika rivojining kuchayishi bilan, qishloq xo’jaligining erga bog’liqligi ham nisbatan kamayib bordi. Ayniqsa, chorvachilik mahsulotlarini etishtirishda bu jarayon erga bog’liq bo’lmay qoldi. Shunga qaramasdan, er qishloq xo’jaligida asosiy predmet va qurol bo’lib qolaveradi;

1.2. Iʼstemol bozori qismi boʼyicha oziq-ovqat maxsulotlari

Iste’mol bozoridan foydalanuvchi sub’ektlar tovarlarni etkazib beruvchilar va tovar xarid qiluvchilar hisoblanadi. Ularning har ikkalasi uchun ham xizmat kursatish bozorning asosiy funktsiyasi hisoblanadi. Iste’mol mahsulotlarini ishlabchikaruvchilar iste’mol bozorida savdo-sotiq jarayonini amalga oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lib, ular mehnati hisobiga yana boshqa ko’plab sotuvchilar guruhi paydo bo’lmoqda-ki, bu jarayon respublikada mavjud bulgan katta bir muammoning hal qilinishiga bevosita ta’sir kursatmoqda. Aholini ish bilan ta’minlashda, iste’mol bozorlari salohiyati juda yuqoridir. SHuning uchun ham savdo o’z faoliyatida juda ko’plab ijtimoiy va iktisodiy vazifalapni bajapadi, ulapni to’pt gupuhda ifodalashimiz mumkin

Isteʼmol bozori vazifalari

1. Savdo-sotiq jarayonini tashkil etish

2. Sotuvchilarga xizmat koʼrsatish

3. Xaridorlarga xizmat koʼrsatish

4. Boshqa huquqiy va huquqiy boʼlmagan shaxslarga xizmat koʼrsatish Isteʼmol bozori qismi boʼyicha oziq-ovqat maxsulotlari.

Isteʼmol bozori ichida oziq – ovqat alohida oʼrinni egallaydi. Sababi oziq – ovqat mahsulotlari insonning birlamchi ehtiyojlarini qondirish vositasi hisoblandi. Mamlakatimizda oziq – ovqat mahsulotlarini yetishtirish yildan yilga koʼpayib bormoqda. Hukumatimiz tamonidan ham bu ishlarni amalga oshirish uchun koʼplab ishlar qilinmoqda va bular yillar davomoda oziq – ovqat maxsulotlarining oʼsishiga yaxshi taʼsir koʼsatib kelmoqda. Bunga misol tariqasida:

2000 yilda asosiy turdagi dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan fermer xo`jaliklarining ulushi 4,2-18,3 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2016 yilda mos ravishda 23,1-99,5 foizga teng bo`ldi.

Bu ko`rsatkichlar mos ravishda dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklari bo`yicha 2000 yilda 18,6-80,1 foizni, 2016 yilda 18,3-76,1 foizni, qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 2000 yilda 15,7-81,7 foizni, 2016 yilda 0,5-2,1 foizni tashkil etdi.

2000-2016 yillardagi qishloq xo`jaligi ekinlari maydonlari tuzilmasidagi o`zgarishlar tahlili, umumiy ekin maydoniga nisbatan don ekinlari mos ravishda 42,7 foizdan – 45,6 foizgacha, kartoshka 1,4 foizdan – 2,3 foizgacha, sabzavotlar 3,4 foizdan – 5,5 foizgacha, poliz 1,0 foizdan – 1,6 foizgacha ko`payganligini, shu bilan birga, texnik ekinlar 40,0 foizdan 36,0 foizgacha, ozuqa ekinlari 11,4 foizdan 9,0 foizgacha kamayganligini ko`rsatdi.



Qishloq xo`jaligi ekinlarining yig`ib olingan yalpi hosili – barcha qishloq xo`jaligi ekinlari ekilgan maydonlar (asosiy, takroriy, oraliq, qator oralig`i ekinlari)dan yig`ib olingan mahsulot. Qishloq xo`jaligi ekinlarining yig`ib olingan yalpi hosili birlamchi kirim qilingan (fizik) vaznda hisobga olinadi va alohida har bir ekin turi bo`yicha hamda ekinlar guruhlari bo`yicha umumlashtiriladi.

Respublikada oziq-ovqat ekinlari yetishtirish hajmlarini ko`paytirish va shu asosda aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan talabini qondirish bo`yicha tizimli choralarning amalga oshirilishi natijasida, 2016 yilda respublikaning barcha toifadagi xo`jaliklarida jami don – 8261,3 ming tonna (2000 yilga nisbatan 2,0 marta ko`p), kartoshka – 2958,4 ming tonna (4,0m.), sabzavotlar – 11275,8 ming tonna (4,3m.), poliz – 2044,9 ming tonna (4,5m.), mevalar va rezavorlar – 3042,8 ming tonna (3,8m.), uzum – 1735,8 ming tonna (2,8m.) ishlab chiqarilishiga erishildi. 2016 yilda 2959,0 ming tonna paxta xom-ashyosi ishlab chiqarilib, bu 2000 yilga nisbatan 98,6 foizni tashkil etdi



Asosiy turdagi dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarish

(ming tonna)

Tez sur`atlarda o`sib borayotgan mamlakat aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlash maqsadida, oziq-ovqat ekinlari maydonlarining kengaytirilishi natijasida, 2016 yilda 21,0 mln.tonna meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarildi



2016 yilda meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish

Bu koʼrsatkich 2017-yilga kelib 21,4 million tonna meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirildi. Shundan 11,4 million tonnasi sabzavot, 2,1 million tonnasi poliz, 3 million tonnasi kartoshka, 3,1 million tonnasi meva bo‘lsa, 1,8 million tonnasini uzum tashkil etdi.
Download 244,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish