Ilovalar darajasi.
IMS etalon arxitekturasining yuqori darajasi ilovalar serverlari to‘plamini o‘z ichiga oladi, ular asosan IMS ning elementlari bo‘lib hisoblanmaydi. Yuqori tekislikning bu elementlari o‘z tarkibiga SIP protokoli negizidan IP-multimedia ilovalari kabilarni ham, virtual uy muhiti negizida mobil tarmoqlarda amalga oshiriluvchi ilovalarni ham oladi. IMS ilovalari arxitekturasi nihoyatda murakkab, lekin bu erda asosiy narsa yangi ilovalarni yaratishda va an’anaviy ilovalar bilan integratsiyada yuqori darajada moslashuvchanlik hisoblanadi. Masalan, ma’lumotlarni uzatish muhiti telefon chaqiruvining an’anaviy xossalarini, masalan, teskari chaqiruv va chaqiruvni kutishni Internet chaqiruvi bilan integratsiyalashi mumkin. Buni bajarish uchun IMS arxitekturasi juda ko‘p xizmatlarni ishga tushirishga va ular orasidashi tranzaksiyalarni boshqarishga imkon beradi.
SOIM (Service Capability Interaction Manager) – IMS ilovalari tekisligi va yadrosining o‘zaro ta’sirlashuvini boshqarishni ta’minlaydi.
SIP AS (SIP Application Server) – SIP protokoliga asoslangan xizmatlarni bajarish uchun xizmat qiluvchi ilovalar serveri. IMS dagi barcha yangi xizmatlar aynan SIP AS joylashadi deb kutiladi.
OSA-SCS (Open Service Access – Service Capability Server) – bo‘lishi mumkin bo‘lgan xizmatlar serveri, u xizmatlarga ochiq kirishga asoslangan xizmatlarga interfeysni ta’minlaydi (OSA - Open Service Access). Maqsad xizmatlarga standart dasturiy interfeys ilovalari vositasida tarmoq fuknsiyalariga kirish imkonini ta’minlash hisoblanadi.
IM-SSI (IP Multimedia – Service Switching Function) – xizmat kommutatsiyasi serveri, u IMS qism tizimini mobil tarmoq tizimining mantiqini yaxshilash uchun ilovalardan foydalanuvchiga moslashgan tizimdagi xizmatlar bilan biriktirish uchun xizmat qiladi (CAMFI – Customized Applications for Mobile Network Enhanced Logic). Gap GSM global mobil aloqa tizimi uchun ishlab chiqarilgan xizmatlar to‘g‘risida bormoqda, IM-SSI funksiya (xizmatlarni kommutatsiya qilish funksiyasi) yordamida mazkur xizmatlardan foydalanish IMS da ham mumkin.
TAS (Telephony Application Server) – telefon ilovalari serveri SIP protokoli axborotlarini qabul qiladi va qayta ishlaydi, shuningdek, chiquvchi chaqiruv qay tarzda tashkil etilishi mumkinligini aniqlaydi. TAS servis mantiqi chaqiruvlarni qayta ishlashning tayanch servislarini ta’minlaydi, shu jumladan, raqamlar tahlili, marshrutlash, chaqiruvlarni belgilash, kutish va yo‘nalishni o‘zgartirish, konferens aloqa va h.k. larni ta’minlaydi. Agar chaqiruv UFTT da initsirlangan yoki terminlangani uchun TAS server TDM (TfON) nutq oqimi bitlarini N RTP oqimga o‘zgartirishga va uni tegishli IP telefonning IP-adresiga yo‘naltirishga mediashlyuzlarga buyruq berish uchun MOSE funksiyasiga SIP signalizatsiyasi uchun javob beradi. IMS ning bitta xabarida abonent qurilmalarining turli xillariga ma’lum xizmatlar taqdim etuvchi bir necha TAS to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Masalan, bitta TAS serveri IP xizmatlarni ko‘rsatadi (raqamlashning xususiy rejalari, umumiy ma’lumotnomalar, chaqiruvlarni avtomatiktaqsimlash va h.k.), boshqa server UATS qo‘llab-quvvatlaydi va VPN xizmatlarini taqdim etadi. Bir necha ilovalar serverlarining o‘zaro ta’sirlashuvi turlicha sinfdagi abonent qurilmalari orasidagi chaqiruvlarni tugatish uchun SIP-I signalizatsiya vositasida amalga oshiriladi.
HSS (Home Subscriber Server) – GSM tarmoqlari elementi - HLR (Note Location Register) serveriga o‘xshash uy abonentlari serveri foydalanuvchilar ma’lumotlari bazasi bo‘lib hisoblanadi. HSS serveri xizmatlar bilan bog‘liq foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlariga nisbatan yozuvni o‘qish rejimida ochiq kirishni ta’minlaydi. Kirish turli xil chetki oxirgi nuqtalardan, jumladan, telefon, WEB va SMS ilovalar, set top box turidagi televizion pristavkalar va h.k. kabilar orqali amalga oshiriladi. HSS da, shuningdek, SLF (Subscription Locator Function) funksiyasi amalga oshirilib, u I-CSCI modulidan yoki ilovalar serveridan savolga javob tariqasida aniq bir abonentning ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasining holatini aniqlaydi. Nihoyat, HSS serveri tarkibiga HLR va AuC (Autentification Center) modullari 2G tarmoqlari bilan ishlash uchun kiradi.
IMS muhitida HSS serveri har bir foydalanuvchi va abonent tomonidan ishga tushirilgan xizmatlar to‘g‘risidagi ochiq ma’lumotlar bazasi sifatida ishlaydi: foydalanuvchi qanday xizmatlarga obuna bo‘lgan, bu xizmatlar yuklatilganligi, foydalanuvchi tomonidan qanday boshqaruv parametrlari o‘rnatilgan edi.
Xulosa
Men bu mavzuda o’zimga yetaricha ma’lumotga ega bo’ldim. IMSning arxitekturasini qurishda foydalanuvchilardan ko’p darajali yondoshuvlarni jalb etadi. IMS arxitekturasining satxlari transport, boshqarish va ilova satxlaridan iborat ekan. Transport satxi abonentlarni IMS infratuzilmasida foydalaniladigan qurilma vositasida ulanish uchun javob berar ekan. Boshqarish satxi IMS funksiyalarining aloqa seanslarini boshqarish bo‘yicha barcha amallarni bajaruvchi yig‘indisi hisoblanar ekan. IMS etalon arxitekturasining yuqori darajasi ilovalar serverlari to‘plamini o‘z ichiga oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
http://lib.samtuit.uz
https://wikipedia.com
https://sites.google.com
https://hozir.org/multimedia-va-internet.html
Do'stlaringiz bilan baham: |