Toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti



Download 51,29 Kb.
bet3/4
Sana14.06.2022
Hajmi51,29 Kb.
#668789
1   2   3   4
Bog'liq
MAT mus ish 4

Boshqarish tekisligi

Boshqarish darajasi – bu IMS funksiyalarining aloqa seanslarini boshqarish bo‘yicha barcha amallarni bajaruvchi yig‘indisidir.


Asosiy elementlari:
CSCF (Call Session Control Function) – chaqiruvlar va seanslarni boqsharish funksiyalari bo‘lgan element CSCF funksiya IMS-platformasini boshqarish tekisligida asosiy hisoblanadi. CSCF moduli SIP protokolidan foydalanib, IP transport vositasida real vaqt xizmatlari to‘plamini etkazib berishni ta’minlovchi vazifalarni bajaradi. CSCF funksiya tarmoq resurslarini (chegaraviy qurilmalar, shlyuzlar va ilovalarning serverlari) foydalanuvchilarning va ilovalarning profiliga bog‘liq holda samarali boshqarish uchun dinamik axborotdan foydalanadi. CSCF moduli uchta asosiy funksiyalarni o‘z ichiga oladi:

  • Serving CSCF (S-CSCF) – CSCF ga xizmat ko‘rsatuvchi chetki qurilmalar almashinadigan barcha SIP-xabarlarni qayta ishlaydi;

  • Proxy CSCF (P-CSCF) – u orqali IMS tizimiga barcha foydalanuvchilar profili kelib tushadi;

  • Interrogating CSCF (I-CSCF) – CSCF ni talab qilib oluvchi. U uy tarmog‘i bilan ulanish nuqtasini ifodalaydi. I-CSCF aniq bir abonent uchun S-CSCF ni topish uchun IISS ga murojaat qiladi.

S-CSCF IP transportning multimediali xabarlarini etkazib berish seanslarini boshqarishni ilovalar va foydalanuvchining profiliga bog‘liq holda ta’minlaydi, shu jumladan, terminallarni ro‘yxatga olish, IISS serveri bilan ikki tomonlama o‘zaro aloqa (undan foydalanuvchilar ma’lumotlarini olish), xabarlarni tahlil qilish, marshrutlash, tarmoq resurslarini boshqarish (shlyuzlar, serverlar, chegaraviy qurilmalar).
P-CSCF – mazkur tarmoqning IMS terminallari uchun IMS yadrosi ichida signal darajasidagi birinchi kontak nuqtasini yaratadi. P-CSCF funksiya terminaldan yoki terminalga talabni qabul qiladi va uni IMS yadrosi elementlariga marshrutlaydi. Foydalanuvchining xizmat ko‘rsatiladigan terminali qayd qilishning butun vaqtiga tarmoqda ro‘yxatga olishda P-CSCF ning funksiyasiga mahkamlanadi. P-CSCF moduli foydalanuvchini autentifikatsiya qilish bilan bog‘liq funksiyalarini amalga oshiradi, hisobga olish yozuvlarini shakllantiradi va ularni to‘lovni hisoblash serveriga uzatadi. P-CSCF ning elementlaridan biri Policy Decision Function (FDE) hisoblanadi – axborot trafigi tavsiflari bilan amallar bajaruvchi (masalan, talab qilinadigan o‘tkazish qobiliyati) va seansni tashkil qilish yoki uni man qilish imkoniyatini, seans parametrlarini o‘zgartirish zaruriyatini va h.k. ni aniqlovchi siyosatni tanlash funksiyasi.
I-CSCF mazkur tarmoqning abonentlari bilan barcha tashqi ulanishlar uchun IMS yadrosi ichida signal darajasida birinchi kontakt nuqtasini yaratadi. I-CSCF modulining asosiy vazifasi – tashqi abonentning xizmatlardan foydalana olish bo‘yicha imtiyozlarni identifikatsiya qilish, ilovalar serverini tanlash va unga kirishni ta’minlashdir.
BGCF (Breakout Gateway Control Function) – shlyuzlarni boshqarish funksiyasi, kanallar kommutatsiyasi domeni (UFTT yoki GSM) va IMS tarmog‘i orasidagi chaqiruvlarni qayta uzatishlarni boshqaradi. Mazkur modul telefon raqamlari asosida marshrutlashni amalga oshiradi va IMS tarmog‘i orqali (BGCF serveri joylashgan joyda) UFTT yoki GSM bilan o‘zaro aloqada bo‘ladigan kanallar kommutatsiyasi (KK) domenida shlyuzni tanlaydi. SHuningdek, KK tarmoqlari abonentlari uchun to‘lovni hisoblash uchun tegishli hisob yozuvlarini qo‘llab-quvvatlash amalga oshiriladi.
MGCF (Media Gateways Control Function) shlyuzlarni boshqarish funksiyasi (Media Gateways) – MEGACO dan foydalanib IMS transport shlyuzlaridan birikishlarni boshqaradi.
SGW (Signaling Gateway) – signal shlyuzi UFTT signalizatsiyani MGCF ga tushunarli ko‘rinishga o‘zgartirishni ta’minlaydi. IMS yadrosi bilan SIG-IRAN protokollar guruhi interfeyslari orqali bog‘langan.
RACS (The Resource and Access Control) – resusrlar va kirishni boshqarish tizimosti – kirishni boshqarish (ixtiyorida bo‘lgan mavjud resurslar, mahalliy siyosat asosida yuklash) va tarmoqqa shlyuzni boshqarish yordamida kirish (Gate Control), shu jumladan, tarmoq adreslari va portlarini almashtirishni boqsharish va ustuvorlikni biriktirish.
PDF (Policy Decision Function) – axborot profili tavsiflari bilan amallarni bajaruvchi (masalan, talab etiladigan o‘tkazish qobiliyati) va seansni tashkil etish mumkinligini yoki uni ta’qiqlash mumkinligini, seans parametrlarini o‘zgartirish zarurligini va h.k. larni aniqlovcht siyosatni tanlash funksiyasi.
NASS (Network Attachment Subsystem) – tarmoqning ulanish qism tizimi – uning asosiy vazifalariga IP-adreslarni dinamik tayinlash (DHCP dan foydalanib – Dynamic Host Configuration Protocol), IP darajasida autentifikatsiya, tarmoqqa kirishni yuklash, IP darajasida turgan joyni boshqarish kiradi.

Download 51,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish