Toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti



Download 51,29 Kb.
bet1/4
Sana14.06.2022
Hajmi51,29 Kb.
#668789
  1   2   3   4
Bog'liq
MAT mus ish 4


TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI
Multimedia aloqa tarmoqlari” fanidan


MUSTAQIL ISH 4


Mavzu: IMS arxitekturasi, tugunlari va ularning funksiyalari.
Bajardi: Aliqulov A.
Tekshirdi: Xidirov A.
Samarqand - 2021
Reja:
1. Kirish
2. Asosiy qism
1. IMS arxitekturasining asosiy xususiyatlari.
2. IMS arxitekturasining satxlari.
3. IMSni transport, boshqarish va ilova satxlari.
3. Xulosa
4. Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
IP Multimedia Subsystem konsensiyasi
Telekommunikatsiya qurilmalari va tizimlari, protokollar va ilovalarning doimiy ravishda murakkabligining ortib borishiga qaramay universal tarmoq infratuzilmasini yaratish yo‘nalishidagi ishlar integral xizmat ko‘rsatishli tor polosali raqamli tarmoqlari (ISDN tarmoqlari) ning bosqichlarini ketma-ket bosib o‘tib davom etmoqda. Nihoyat, IMS multimedia keng polosali ISDN tarmoqlarining (B-ISDN), yangi avlod tarmoqlari (YAAT)ning IP ga yo‘naltirilgan aloqa qism tizimining yaratilishi – ishlab chiqaruvchilar qurilmasi, operatorlar va standartlashtirish tashkilotlarining fikriga ko‘ra shunday universal tarmoq infratuzilmasini ko‘rishga yo‘l ochadi.
IMS arxitekturasini standartlashtirish
IMS arxitekturasini standartlashtirish xalqaro tashkilotlarning vazifasi hisoblanadi.
IMS konsepsiyasi uning hozirgi ko‘rinishida YAATga tomon yo‘nalishdagi tarmoqlar evolyusiyasida IMS ning asosiy roli tufayli standartlashtirish bo‘yicha uchta xalqaro tashkilot: 3GPP, 3GPP2 va ETST ning ish natijasidir.
3GPP hamkorligi 1998 yilning oxirida rivojlanuvchi GSM tarmoqlariga asoslanuvchi 3-avlod mobil aloqa tarmoqlari (UMTS tarmoqlari) uchun texnik spetsifikatsiyalar va standartlarni ishlab chiqish maqsadida ETSI instituti tashabbusi bo‘yicha tashkil etilgan edi.
3GPP2 hamkorlik 1998 yilda Xalqaro Elektraloqa Ittifoqi sha’feligida yaratilgan IMT-2000 loyihasi doirasida 3G tarmoqlar (CDMA-2000 tarmog‘i) standartlarini ishlab chiqish uchun ETSI va XEI tashabbusiga ko‘ra ham paydo bo‘ldi. U xuddi 3GPP holi kabi deyarli o‘sha tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan edi. 3G mobil tarmoqlar uchun standartlar rivojida 3GPP2 tashkilotning asosiy ulushi Multimedia Domain (MMD) umumiy nomdagi spetsifikatsiyada tavsiflangan CDMA-2000 tarmog‘ida (IP-transport, SIP-signalizatsiya) IMS konsepsiyasining tarqatilishi hisoblanadi.
Ikkala hamkorlik IETE qo‘mitasi tomonidan standartlashtirilgan IP-ga yo‘naltirilgan protokollarning keng qo‘llanilishiga mo‘ljal qilgan holda va YAAT tarmoqlar arxitekturasining asosiy g‘oyalaridan foydalanib 3G tarmoqlari standartlarini ishlab chiqadi.
IMS konsepsiyasi birinchi marta 3GPP Release 5 hujjatida (2002 yil mart) taqdim etilgan edi. Unda uning asosiy maqsadi – IP protokoli negizida mobil tarmoqlarda multimedia xizmatlarini qo‘llab-quvvatlash ifodalangan edi va 2G simsiz tarmoqli IMS arxitekturasi negizida 3G mobil tarmoqlarining o‘zaro aloqa mexanizmlari ixtisoslashtirilgan edi.
3G tarmoqlar arxitekturasi IMS konsepsiyasiga muvofiq transport, chaqiruvlarni boshqarish va ilovalar darajalari bo‘yicha bo‘linib, bir necha daraja (tekislik) ga ega bo‘ladi. IMS qism tizimi kirish texnologiyalaridan to‘la mustaqil bo‘lishi va bir necha mavjud tarmoqlar – mobil va statsionar telefon, kompyuter va h.k. tarmoqlar bilan o‘zaro aloqani ta’minlashi kerak.
3GPP Release 6 hujjatida (2003 yil dekabr) IMS ning bir qator konsepsiyalari aniqlashtirilgan, simsiz mahalliy tarmoqlar bilan o‘zaro aloqa va axborotni himoya qilish (kalitlardan, abonentlar sertifikatlaridan foydalanish) masalalari ko‘shilgan edi.
6-7-relizlarda SIPvositasida IP kommunikatsiyalarni amalga oshirish ideologiyasi belgilangan. Unga muvofiq SIP bevosita mobil terminaldan boshlanadi.
Release 7 spetsifikatsiyasi ikkita asosiy vazifalarni qo‘shadi, ular statsionar tarmoqlarda muhim hisoblanadi.
Abonentlar autentifikatsiya mexanizmi ta’minlaydigan va statsionar tarmoqlarda zarur bo‘lgan Network Attachment, chunki ularda foydalanuvchini identifikatsiya qilish SIM-kartalari bo‘lmaydi.
Resource Admission, u aloqa seanslarini ta’minlash uchun statsionar tarmoqlarda tarmoq resurslarini zahiralaydi.
IMS konsepsiyalarini statsionar tarmoqlarni kengaytirishni yo‘naltirilgan ishlar TISPAN qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladi. ETSI tomonidan IMS arxitekturasiga qiziqish taniqli TIPHON (Telecommunications and Internet Protocol Harmonization Open Networks) guruhini va statsionar tarmoqlarni standartlashtirish uchun javob beruvchi SPAN (Services and Protocols for Advanced Networks) texnik qo‘mitani birlashtirgan (2003 yil) yangi ishchi guruhni yaratishga olib keladi.
TISPAN (Telecommunication and Internet Converged Services and Protocols for Advanced Networking) nomini olgan yangi guruh zamonaviy va istiqbolli konvergensiyalanuvchi tarmoqlarni standartlashtirish uchun, shu jumladan, VoIP va SSP, shuningdek, IMS arxitekturasi bilan bog‘liq barcha masalalar uchun javob beradi.

Download 51,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish