8–qumli-shag‘allito‘kilmaqatlam;9–g‘ovaksimon blok;10– tayanchflanets. Har bir quduq egri depressiyalari birlashib, umumiy depressiya egriligini hosil qiladi. Har bir depressiyadan hosil bo‗lgan aylana shu depressiyaning radiusini tashkil qiladi (4.10 a-rasm).
Oqova suv drenaj kollektori- tik drenaj tizimi turkumidan bo‗lib, u sizot suv sathini pasaytirishga xizmat qiladi (4.11-rasm). Bu turdagi drenajlar zamin qatlamining gidrogeologik xususiyatlari murakkab bo‗lgan hollarda qo‗llanilib, sizot suvlarini yig‗ib oladi. Shunda zaminning yuqori qatlamidan sizot suvlarni pastki qatlamga o‗tishi uchun imkon yaratiladi.
4.11-rasm.Tikdrenajningko„rinishi: 1 – nasos; 2 – quvur tarmog‘i; 3 – drenaj qudug‘i; 4 – drenajning kuzatuv qudug‘i; 5 – pastfiltratsiyakoeffitsientli grunt;6–vakuumlinasosga qaytish;7– qabulqilishkamerasi; 8–so‘rib chiqaribtashlovchiquvur; 9– osmaqozon. Kollektorlarda suv to‗lib ketmasligi maqsadida uning suv qabul qilgichi va nasoslar hududining nishabligi bo‗yicha pastki sathiga quriladi.
Havosiz drenajlar– yer osti suv sathi 6 metrdan pastda bo‗lgan holatlarda qo‗llaniladi. Ushbu drenaj ikki usulda qo‗llaniladi.
Sifon usuli - to‗plangan sizot suvlarni nasoslar yordamida chuqurlikdan bosim ostida tortib olib, suv havzalariga yoki oqova suvlar tarmog‗iga uzatiladi. Nasosning uzluksiz ishlashini ta‘minlash maqsadida uni boshqarib turiladi.
Zamin qatlami oralig‘ida joylashtirish usuli- yakka holdagi imorat va inshootlar zaminidagi sizot suvlar sathini pasaytirishga mo‗ljallanib, ular poydevorning sizot suvlar ta‘siridan saqlashga qaratilgan. Qatlam oralig‗i drenaji maydon va tarmoq turlariga bo‗linadi. Tarmoq turidagi drenajlarga yirik yer osti kommunikatsiya kollektorlari misol bo‗lishi mumkin(5.8-rasm). Bu turdagi drenajga yo‗l osti drenajlarini ham kiritsa bo‗ladi. Qatlam oralig‗i drenaji suv o‗tkazmaydigan qatlam chuqur bo‗lmagan imoratlar yerto‗lasi ostida hosil bo‗lgan suvlarni quritishda devor oldi drenaji bilan birgalikda o‗rnatilishi mumkin (4.7-rasm).
Qatlam oralig‗i drenaji joyning mahalliy xususiyatlariga qarab loyihalanadi va hisoblanadi. Xuddi shuningdek, qurilishda vaqtincha elektr yordamida faoliyat ko‗rsatuvchi harakat qiluvchi elektrodrenaj ham qo‗llaniladi.
Drenajlar sizot suvlari oqimi kuchiga va uning sarfi qo‗llanishiga qarab quyidagi turlarga bo‗linadi:
bir tarmoqli, yotiq holda yoki tik teshiklardan iborat;
Sizot suvlari paydo bo‗lishi, sathining ko‗tarilishini hisobga olib ishlatilishi va ahamiyatiga ko‗ra drenajlar quyidagi turlarga bo‗linadi:
boshdrenaj– shahar tomonga yo‗nalgan sizot suvni o‗zida ushlab qolib, shahar hududini sizot suvlari ta‘siridan saqlaydi (4.12a - rasm);
aylana (konturli) drenaj – biror imorat atrofini yoki bir nechta imoratlar atrofini o‗rab oladi, ushbu drenajlar imoratlar poydevorlarini suv ta‘siridan
asrashga xizmat qiladi (4.12g - rasm);
v) maydonbo‘ylabtarqalgandrenajlar– shahar hududidagi katta maydonlarda sizot suvlari sathini pasaytirishga xizmat qiladi (4.12d- rasm);
g) qirg‘oq drenajlari – shahar atrofidagi daryo va ko‗llar ta‘sirida paydo bo‗ladigan sizot suvlardan shahar hududini saqlash uchun xizmat qiladi (4.12b- rasm);
d) maxsus drenajlar– jarliklar va ko‗chkilarni obodonlashtirishda hamda rekratsion hududlarni sizot suvlari ta‘siridan saqlashda, sport inshootlarini, tirgak va qirg‗oq devorlarini, yer osti tonnellarini muhofaza qilishda ishlatiladi (4.12a,b - rasm).