69
II Bo‘lim. SANOAT BINOLARINING KONSTRUKSIYALARI
2.1. Bir va ko‘p qavatli sanoat binolari va ularning sinchlari
Bir qavatli sanoat binolarining sinchlari (karkaslari) asosan ustun va yuk
ko‘taruvchi tom yopma konstruksiyalaridan tashkil topgan (balka ferma, arka va
boshqalar) ko‘ndalang ramalardan va bo‘ylama elementlardan (poydevor, kranosti,
bog‘lovchi to‘sinlar, to‘sin osti to‘sinlaridan, tomyopmalar, bog‘lovchilar va
boshqalar) tashkil topadi. Agar tomyopmalar har xil gumbazlardan (kupolo),
obolochkalardan va shuncha o‘xshash konstruksiyalardan tashkil topgan bo‘lsa ular
bir vaqtning o‘zida ham ko‘ndalang, ham bo‘ylama sinch elementlari bo‘lib
hisoblanadi. Sinchlar asosan temirbetondan, ayrim hollarda po‘lat yog‘och, aluminiy,
tosh konstruksiyalardan tashkil topadi. Temirbeton sinchlarning afzalliklari:
yong‘inga chidamligi yuqori, deformatsiyalanishi kam, iqtisod bo‘ladi, ko‘p chidaydi,
ishlatilishida ko‘p xarajat talab qilmaydi. Uning kamchiligi: massasi juda og‘ir,
ulanishida ko‘p
mehnat ketadi, quymalarini qishda tayorlash qiyinchiliklarni
tug‘diradi. Po‘lat sinchlarning afzalliklari: temirbetonga nisbatan yengil, yuk
ko‘tarish qobiliyati yuqori, hajmi kichik,
transportda tashish oson, yuqori darajada
indrustrlashgan. Kamchiliklari: tez karroziyalanadi, yuqori temperaturalarda yuk
ko‘tarish qobiliyati pasayadi, metal sarfi yuqori. Shuning
uchun ham qurilishlarda
alohida aytilgan joylarda qo’llaniladi. Aluminiy sinchlarning afzalliklari: yuk
ko‘tarishi yuqori, yengil, karroziyaga yaxshi chidaydi, past temperaturada mo‘rtligi
po’latga nisbatan ancha past, qattiq narsalar bilan urilganda uchqun chiqarmaydi.
Kamchiliklari: issiq tasirida kengayadi, temperatura koeffitsentining kattaligi, bir-
biriga biriktirishning og‘irligi. Yog‘och sinchlarining afzalliklari:
vazni yengil,
temirbeton va po‘latga nisbatan ancha arzon, ishlov berilganini chidamligi yuqori.
Kamchiliklari: Tez chiriydi, tez yonadi, yuk tasirida deformatsiyalanadi, quriganda va
nam bo‘lganda shishishi natijasida yoriladi. Tom konstruksiyalar kichik oraliqli
binolarda, tayanchlarga yuk kam tushganda ishlatilishi mumkin. Afzalliklari:
yong‘inga chidamli, juda arzon. Kamchiliklari: ularni ishlatish katta mexnat talab
70
qiladi, qishda ulardan foydalanish qiyinchilik tug‘diradi.
Plastmassa konstruksiyalar
asosan binolarni to‘suvchi konstruksiyalari sifatida ishlatiladi. Afzalliklari: yengil,
karroziyaga chidamli, industrlashgan. Kamchiliklari: yong‘inga chidamsiz,
deformatsiyalanishi yuqori, tez chiriydi, narxi esa ancha qimmat turadi. Sanoat
binolarining yuk ko‘taruvchi konstruksiyalari asosan temirbetondan tayorlanadi.
Metal konstruksiyalar agar sanoat binosining prolyotlari 30m va undan ortiq bo‘lsa
ko‘priksimon kranning yuk ko’tarishi 50t dan ortiq bo‘lsa, og‘ir ish rejimi bo‘lsa, 8
balli zonada prolyot 24m va undan oshsa, uzoq va borishi qiyin bo‘lgan tumanlarda
sanoat
binolari qurilsa, doimiy dinamik kunlar binoga ta’sir etib tursa, ustunlarning
balandligi 18m dan oshsa ishlatiladi. Ayrim xollarda aralash sinchlar ham ishlatilishi
mumkin: vertikal elementlar temirbeton va tomdan, yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar
po‘lat va yog‘ochdan bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: