Toshkent arxitektura qurilish instituti


 Quduqni loy quyqasi ichiga o’rnatish



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/30
Sana25.02.2022
Hajmi1,05 Mb.
#465021
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
pastlashuvchi quduq yordamida yer osti inshootlari barpo etishda gruntning ishqalanish kuchini hisoblash

3.2.6. Quduqni loy quyqasi ichiga o’rnatish 
Yuqoridagi II–bobda keng to’xtalib o’tilgan Pastlashuvchi quduq o’rnatishga 
oid ushbu usul hozirgi vaqtda xorijiy davlatlar amaliyotida keng qo’llanib 
kemoqda (
3.1
j
-rasm
). 
Loy quyqasi ichida quduq o’rnatish usuli 1945-yilda N.V.Ozerov tomonidan 
taklif etilgan. Ushbu usul dastavval Vengriyada Budapesht mopoliteni 
qurilishida qo’llangan (1952-yil). So’ng oradan ko’p o’tmay Shvesariyaning 
Perlen shahrida suv to’plagich inshooti qurilishida qo’llangan. Rossiyada ushbu 
usuldan foydalanib 1965-yilda Pastlashuvchi quduq barpo etilgan. Bizning 
Respublikamizda ushbu usul hozirgi kungacha qo’llanilgan emas. 
Loy quyqasi yordamida quduq o’rnatishning mohiyati quyidagidan iborat. 
Quduqning tashqi sirti bilan grunt orasida hosil bo’luvchi bo’shliq loyli 
grunt quyqasi bilan to’ldiriladi. Ushbu quyqa gruntni buzilishdan saqlabgina 


64 
qolmay quduqning sirtiga ta’sir etuvchi ishqalanish kuchini keskin kamaytiradi. 
Quduq loyihada ko’rsatilgan chuqurlikka borib yetgach loyli quyqa tamponaj 
yoki ko’p hollarda qum-sement qorishmasi bilan almashtiriladi. Ushbu usul 
grunt bilan quduq orasidagi ishqalanish kuchlarini sezilarli darajada kamaytirishi 
bois quduqning devorini 2-3 martta kichraytirish imkonini ham beradi. Bu esa 
o’z navbatida quyma temir beton o’rniga yig’ma qurilmalardan foydalanish 
imkonini yaratadi.
Loy quyqasidan foydalanish quduq barpo etish sarf-harajatlarini sezilarli 
kamaytiribgina qolmay undagi murakkablikni va qurilish muddatini ham 
qisqartirishi ko’plab qurilishlarda o’z isbotini topgan. 
Shu bilan birga usul ba’zibir kamchiliklardan ham holi emas. Masalan, 
undan qish faslida foydalanish birmuncha qiyinchiliklar olib keladi. Ushbu usul 
qo’llanish jarayonida quduqning egilishi, qiyshayishi holatlari yuz berishi 
mumkin. Undan doimiy muzlik bilan qoplangan zaminlarda, karst va bo’shliq 
bor qatlamlarda foydalanib bo’lmaydi. 
Ushbu usulni eng ko’p ko’zga tashlanadigan kamchiliklaridan yana biri loy 
quyqasini xandaq ichiga oqib ketishi bilan bog’liq. Mazkur holat ko’pincha 
quduqni cho’ktirish jarayonida qiyshayib ketishi, quduqning qirquvchi qismi 
ostidan ortiqcha grunt qazib olish, grunt tarkibida yirik tashkil etuvchilar (yirik 
toshlar va b.) ning uchrashi va b. Loyqaning toshib ketishi, ayniqsa, 
foydalanishda bo’lgan inshootlar yaqinida quduq o’rnatishga xos bo’lib, ushbu 
holatda eski inshoot zaminidagi gruntlarda qo’shimcha cho’kish, o’pirilish kabi 
noxushliklar kelib chiqishi mumkin.
Silliq sirtli yirik zarralar aralashtirilgan loyli quyqalardan foydalanish quduq 
o’rnatishda uning turg’unligini ta’minlaydi va quyqa oqib ketganda ham 
kutilajak xavfni kamaytiradi (

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish