48
2.11
a
-rasmda zichlagichning eng oddiy shakli ko’rsatilgan. Agar quduqning
o’lchamlari yirik bo’lgada, yoki uning foydalanishdagi inshoot yaqinida
joylashirish kerak bo’lganda, yoki esa loy quyqasining
yorib chiqish holati
yuzaga kelish ehtimoli bo’lganda zichlagichning bir muncha murakkab
shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiq (2.11
b.d
-rasm). Ushbu holatlarda
manjetni bir yoki bir necha qatlamli brezentdan
yoki transport tasmasidan
tayyorlash yaxshi natija beradi. Qorishmani oquvchan holatdagi mahalliy
loylardan tayyorlash bir muncha arzonga tushadi. Ushbu qorishmani zichligini
oshirish maqsadida uning ichiga tosh va shag’al aralashtirish ham mumkin.
Quduq cho’ktirishdan oldin betonlanadigan ichki
devorlari va tomyopmasi
uning tashqi devorlari bilan rom shaklidagi bikr tugunlar shaklida birlashtiriladi.
Agar devorlar yig’ma panellardan tashkil topgan bo’lsa tashqi va ichki
devorlarini birlashtirish zakladnoy detallar yoki petlyalar orqali bajariladi (
2.12-
rasm
).
Pastlashuvchi quduq o’rnatilib bo’lingandan so’ng uning ichki devorlari va
tomyopmalari asosan yig’ma temirbetondan barpo etiladi. Ichki yig’ma
temirbetonli devorlar tashqi quyma devorlar bilan bog’lanadi. Ushbu amal tashqi
devorga beton quyish jarayonida maxsus qildiriladigan teshiklar orqali
bajariladi. Tomyopmaning plitalari va to’sinlari
devorning tokchalariga yoki
tashqi devordan turtib chiqqan konsollarga o’rnatiladi.
Quduq tagining plitasi quyma temirbetondan barpo etiladi. Agar lozim
bo’lgan taqdirda ushbu plitalarga temirbetondan yasalgan stakanlar ham
o’rnatiladi. Ushbu stakanlarga ichki qurilmalarning yig’ma
temirbetonli
ustunlari o’rnatiladi.
Quduq tagida to’planib qolgan suvlarni yoki ba’zi hollarda gidrostatik
bosimni kamaytirish maqsadida quduq tagidagi plitada maxsus chuqurchalar
qoldiriladi. Ularga to’plangan suvlar nasos yordamida so’rib olinadi. Ushbu
holatlarda quduq ichidagi xonalarning tag to’shamalari yuqorida aytilgan
chuqurchalar tomon 0,01 nishab bilan yotqizilishi maqsadga muvofiqdir.
49
2.12-rasm. Tashqi va ichki devorlarning ilgakli choklari.
1-armatura setkasi; 2-yaxlitlovchi beton; 3-ichki devor.
Quduq ostiga quyiluvchi betonning markasi В15 dan, agar suv ostida
betonlash zarur bo’lsa В20 dan kam bo’lmasligi kerak.
Quduq osti plitasiga ikki qavat armatura joylashtiriladi: yuqori va ostki. Har
qavat armaturalar o’zaro kesishuvchi setkalardan tashkil topadi.
Tag plitaning
qalinligi 1 mdan ortiq bo’lganda betonlash ishlari yaruslanib olib boriladi.
Betonlash jarayonida gorizontal choklar bo’ylab armaturalarning uchlari
tashqariga chiqib turishi nazarda tutiladi (
Do'stlaringiz bilan baham: