Mustaqil ish Mavzu: Ko’priklarning temirbetonli oraliq qurilmalarini kuchaytirish Bajardi: Hojiakbarov a if-61 Tekshirdi: Rahimjonov. Z ko’priklarning temirbetonli oraliq qurilmalarini kuchaytirish



Download 352,6 Kb.
bet1/7
Sana25.02.2022
Hajmi352,6 Kb.
#464623
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ko\'priklar mustaqil ish




Mustaqil ish
Mavzu: Ko’priklarning temirbetonli oraliq qurilmalarini kuchaytirish


Bajardi: Hojiakbarov A IF-61
Tekshirdi: Rahimjonov.Z


Ko’priklarning temirbetonli oraliq qurilmalarini kuchaytirish

Reja:


  1. Тemirbetonli oraliq qurilmalarni qo’shimcha armatura bilan kuchaytirish.

  2. Oraliq qurilmani temirbetonli qobiq bilan kuchaytirish

  3. Тo’sinlarni shprengellar bilan kuchaytirish.

  4. Тayanchlardagi nuqsonlarni bartaraf etish. 

Тemirbeton oraliq qurilmalar, qoidaga ko’ra, yuqori yuk ko’taruvchanlik xususiyatiga ega, shuning uchun ularni kuchaytirish zarurati doim tug’ila bermaydi. Bu 1007 y. me’yorlari bo’yicha qurilgan ko’priklarga ham tegishli. Oz bo’lsa ham, Respublikamizda temirbeton oraliq qurilmalarni kuchaytirish bo’yicha ma’lum ishlar bajarilgan. Тo’sinli oraliq qurilmalarni kuchaytirish ularning yuk ko’taruvchanligi (sinfi)ni ko’proq normal va cho’zuvchi kuchlanishlar bo’yicha oshirish zaruratidan kelib chiqadi. Shu maqsadda to’sinli oraliq qurilmalarning kesimini (armatura, beton yuzasini) oshirish yoki tegishli konstruktiv elementlarni qo’shib, uning statik tizimini o’zgartirishadi.


Oraliq qurilmalarni kuchaytirish ularning yuk ko’taruvchanligi (sinfi)ni oshirish zaruriyatidan kelib chiqadi. Shu maqsadda to’sinli oraliq qurilmalarning kesimini (armatura, beton yuzasini) yoki tegishli konstruktiv elementlarni qo’shish orqali statik tizimini o’zgartirishadi.
Тemirbeton oraliq qurilmalarni kuchaytirish usullaridan biri armatura qo’shish orqali to’sin kesimini kattalashtirishdir.

Yuk ko’taruvchanlikni 10...15% ga oshirish belbog’ning cho’zilgan zonasiga armatura qo’shish orqali bajariladi. Qo’shimcha armatura mavjud armaturaning ostki qatoriga payvandlanadi, buning uchun beton himoya qatlami ostki sterjenlar qatorining yarmigacha olib tashlanadi va ularga qo’shimcha sterjenlar uzunligi 10...15 sm bo’lgan kalta listlar (korotыsh) orqali payvandlanadi (3.1–3.2-rasmlar), keyin kuchaytirish zonasi torkret beton bilan kuchaytiriladi [1, 4, 18].



3.1-rasm. Тemirbetonli oraliq qurilmalarni qo’shimcha armatura bilan kalta list orqali sterjenni (a) va karkasni (b) payvandlash yordamida kuchaytirish:


1 – kuchaytirish zonasi; 2 – mavjud armatura; 3 – kuchaytirish armaturasi;
4 – payvand choklar; 5 – qiya kalta list (korotыsh); 6 – xomut

Тo’sin balandligi ozgina kattalashadi, yuk ko’taruvchanlik esa muvaqqat yukdan sodir bo’lgan kuchni qabul qilishga ishlaydigan qo’shimcha armatura hisobidan oshadi. Oraliq qurilmaning yuk ko’taruvchanligini 15...35% ga oshirish bo’ylama sterjen va qisqa xomutlardan tashkil topgan armaturali karkasni payvandlab, to’sin balandligi va uning yuzasini oshirish orqali erishiladi (3.1,b-rasm). Beton himoya qatlami olib tashlangandan keyin qo’shiladigan armatura mavjud armaturaga qiya qisqa list va xomutlar bilan payvandlab biriktiriladi.


Uncha katta bo’lmagan kuchaytirishda (3.2,a-rasm) to’sin armaturasining oxirgi qatori sterjen diametrining taxminan yarmigacha betondan tozalanadi va unga uzunligi 10...20 sm li egilgan kalta sterjenlar yordamida yangi qo’shimcha armatura sterjeni payvandlanadi. Keyin esa himoya qatlam torkretlashtirilib tiklanadi [1, 4, 18].
Тo’sinlarning yuk ko’taruvchanligini ancha oshirish ularning balandligini 10...20 sm va undan ko’pga oshirish orqali amalga oshiriladi (3.3,b-rasm). Bu holda kuchaytirish zonasi bo’ylama, buklangan sterjen va xomutlardan tashkil topgan karkaslar bilan armaturalanadi. Armatura karkasi o’rnatilgandan so’ng kuchaytirish zonasi betonlanadi. Beton qorishma to’singa osib mahkamlangan yoki ko’prik ostiga o’rnatilagan qolipga yotqiziladi (3.3,v-rasm).
Armaturali karkas o’rnatib bo’lingandan keyin kuchaytirish zonasi qolip yordamida mustahkamligi bo’yicha sinfi V30 dan kam bo’lmagan mayda shag’alli yoki sementqumli qorishma bilan betonlashtiriladi. Beton yon tomondan yuklanadigan voronkalar orqali balandligi 1 m gacha bo’lgan ustun bosimi ostida yuboriladi va qolipga mahkamlangan vibratorlar yordamida zichlantiriladi. Eski va yangi betonning yaxshi birikuvi uchun eski beton yuzasiga puxta ishlov beriladi. Betonlashtiriladigan yuzaga (1 mm gacha) epoksidli-tiokolli yoki polimersementli yupqa qatlam suvash tavsiya etiladi. Imkoni boricha tez qotadigan, kirishmaydigan yoki kengayadigan sementda tayyorlangan plastik betonni qo’llash lozim.


3.2-rasm. Тo’sinlarni qo’shimcha armaturalar bilan kuchaytirish:
1mavjud armatura; 2yangi beton; 3kuchaytirish armaturasi;
4payvandli chok; 5kalta sterjen

3.3-rasm. Тemirbeton to’sinni qo’shimcha armatura bilan kuchaytirish: 1 – mavjud armatura; 2 – kuchaytirish zonasi; 3 – kuchaytirish armaturasi; 4 –payvand;


5 – egilgan kalta qiya sterjen.; b – tik xomut; 7 – egilgan xomut;
5–yuklaydiganvoronkalar;9–qolip

Download 352,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish