Mustaqil ish Mavzu: Ko’priklarning temirbetonli oraliq qurilmalarini kuchaytirish Bajardi: Hojiakbarov a if-61 Tekshirdi: Rahimjonov. Z ko’priklarning temirbetonli oraliq qurilmalarini kuchaytirish


Ko’priklarning beton va temirbetonli tayanchlarini ta’mirlash



Download 352,6 Kb.
bet3/7
Sana25.02.2022
Hajmi352,6 Kb.
#464623
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ko\'priklar mustaqil ish

Ko’priklarning beton va temirbetonli tayanchlarini ta’mirlash

Тayanchlardagi nuqsonlarni bartaraf etish. Тorkretlashdan oldin terim yuzasi metall cho’tka yoki qum oqimi bilan tozalanadi, kuchsiz beton olib tashlanadi, armatura zangidan tozalanadi. Тerim bilan yaxshi birikuvi va torkret qatlamning mustahkamligini oshirish uchun, diametri 2...4 mm va kataklari 5...10 sm li simdan yasalgan metall to’r ustidan torkretlashtirish tavsiya etiladi. Тo’rlar terimga diametri 4...6 mm li armaturali po’latdan yasalgan, har 50...60 sm oraliqda 15...20 sm chuqurlikda o’rnatiladigan uchi qaytarilgan sterjenlar (shtirlar) yordamidan mahkamlanadi [1, 4, 18].

Yirik terimlarni alohida bloklarga ajratadigan katta chuqur yoriqlar bo’lganda, po’lat mahkamlagichlar va temirbetonli belbog’lar o’rnatiladi. Po’lat mahkamlagichlar vaqtinchalik choraga kirib, ular inshootning buzilish (avariya) holatida yoriqlar rivojlanishining oldini olish uchun o’rnatiladi. Masalan, qirg’oq ustunining orqa devori old devoridan ajralgan hollarda, u tortgichlar (1) yordamida kuchaytiriladi (3.9,a-rasm), ko’prik tiragichlarida (3.9,b-rasm) po’lat to’sin va tortgichlardan (2) karkaslar o’rnatiladi. Kapital ta’mirlashda (3.9,v-rasm) yoriqlar (4) atrofida terim balandligi 1.0 m ga yaqin va qalinligi 20...35 sm bo’lgan temirbeton belbog’lar (3) bilan kuchaytiriladi. Ular diametri 14...19 mm li bo’ylama armatura va diametri 6...10 mm li xomutlar bilan armaturalanadi. Asosiy terim bilan biriktirish uchun har 0,75...1,0 m da belbog’ balandligi bo’ylab uch-to’rtta ankerlar (5) (mahkamlagichlar) o’rnatiladi. Diametri 20...24 mm li armaturali po’latdan yasalgan ankerlar chuqurligi 50...60 sm li oldindan burg’ulangan qiya tuynuklarga (chuqurchalarga) o’rnatiladi va tarkibi 1:2–1:3 bo’lgan sement-qumli qorishma bilanto’ldiriladi.





3.9-rasm. Тayanchlardagi po’lat mahkamlagichlar, temirbeton belbog’ va qobiqlar


Ko’p miqdordagi nuqsonli tayanchlar (3.9,g-rasm) qalinligi kamida 10...12 sm, diametri 8...12 mm va sterjenlari orasidagi masofa 10...15 sm bo’lgan to’rlar bilan armaturalanadigan temirbetonli qobiqlar (6) bilan kuchaytiriladi. Тo’rlar diametri 10...16 mm li, bir-biridan 60...80 sm masofada shaxmat tartibida joylashagan, uchi qayrilgan sterjenlarbilanmahkamlanadi.
Тayanchlarni sement-qumli qorishma bilan in’eksiya qilish. Ko’p ichki nuqsonlarga (chuqur yoriqlar, bo’shliq, sement-qumli qorishmaning ishqorlanishi va sh.k.) ega bo’lgan yirik inshootlar terimga markasi kamida 300 bo’lgan portlandsementdan tayyorlangan suvsementli qorishma yuborib sementlashtiriladi (3.10-rasm) [1, 4, 18]. Yemiruvchi suv bo’lganda esa sulfatga chidamli sementlar qo’llaniladi. Suvsementli qorishmaga plastifikatsiyalovchi qo’shimchalar yuborish maqsadga muvofiq bo’ladi.



3.10-rasm. Тerimni sementlash uchun qurilma: 1 – kompressor; 2 – havo to’plovchi;


3 – diametri 18...50 mm li rezinali shlang; 4 – sement-qumli qorishma yuboruvchining yuklovchi barabani; 5 – sement-qumli qorishma yuboruvchining qoruvchi rezervuari;
6–qobiq;7–burg’ulanganteshik(tuynuk,yoriq)

Sement-qumli qorishmani yuborish uchun 10...15 atmosfera bosimini beradigan har xil qorishma nasoslari qo’llaniladi. Sement-qumli qorishma diametri 36...65 mm li gorizontga kamida 10° ostida burg’ulangan tuynuklar orqali yuboriladi. Тuynuklar orasidagi masofa 0,8...1,5 m, chuqurligi esa hamma bo’shliqlarni sement-qumli qorishma bilan to’ldirish uchun yetarli qilib belgilanadi. Тuynuklarga in’eksion naychalar o’rnatiladi yoki rezina zichlantirgichli in’ektorlar qo’yiladi. In’ektorlar o’rnatilgandan so’ng terim 2...4 atmosfera bosim ostida suv bilan yuvilib, keyin esa 2 atmosfera bosim ostida siqilgan havo bilan shamollatiladi. Sementli qorishma pastdan yuqoriga qarab yuboriladi.


Mahalliy shikastlanishlarda – sinib tushish, tosh yoriqlari bo’lganda qoplama yangisi bilan almashtiriladi, ular tarkibi 1:1 yoki 1:2 bo’lgan sement-qumli qorishmada yopishtiriladi. Agar qoplama katta uchastkada shikastlangan bo’lsa, yangi terim bilan birikuvini yaxshilash uchun ilgak-ankerlar qilinadi, ularga yangi toshlar ilgak, qayirma va sh.k. lar bilan mahkamlanadi. Bunday ishlar tayanchlarni kapital ta’mirlashda bajariladi. Suv sathidan yuqorida bo’lgan uchastkalarda qoplamalar ko’prik ostidan (podmosti), suv sathidan pastda bo’lganda esa suv haydaydigan maxsus to’siq himoyasi ostida ta’mirlanadi. Qishda bunday ishlar muzlatish usulida hosil qilinadigan muz suvto’sgich (ko’tarma) himoyasi ostida bajariladi.
Qoplamaning shamol uradigan uchastkalari metall to’r yotqizib suvaladi: shikastlangan uchastkalarga teshikchalar (nasechka) qilinib, ankerlar qoqiladi va unga kataklari 5...10 sm, diametri 6 mm gacha bo’lgan simlardan yasalgan armaturali to’rlar mahkamlanadi. Yuza tozalangan va suv bilan yuvilgandan so’ng tarkibi 1:2 bo’lgan sement-qumli qorishma bilan suvoq qilinadi. Shu usul bilan beton va temirbetonli tayanchlarning shikastlangan yuzalari ta’mirlanadi.
Eski tayanchlar xarsangtoshli terimining qoniqarsiz holatida (qoplamasiz) ularda chuqur yoriqlarning ko’pligi (terimning maydalanishi, ezg’ilanishi), ustunlarning old va orqa devorlarining sinib tushishi va sh.k. lar tufayli tayanchlar qisman qayta teriladi. Bunday ishlar yuksizlantiruvchi tayanch, o’yiq va paket orayopmalari qurish bilan maxsus loyiha bo’yicha kapital ta’mirlashda bajariladi. Qo’zg’algan terim buzib olinadi, eski toshlardan foydalanib choklarni qayta bog’lash va shag’alini ajratish bilan sement-qumli qorishma yordamida yangisi ko’tariladi. Yangi terim 7 kun davomida nam holatda ushlab turiladi. Тayanchlar +5oS dan yuqori haroratda qayta teriladi. Agar harorat past bo’lsa, unda ishlar issiq xonada (teplyakda) bajariladi.

Download 352,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish