Faoliyatni amalga oshirish hududi
bo‘yicha trest–maydonlar, shahar,
viloyat va mamlakat miqyosida xududida ish olib boradigan trestlar bo‘ladi.
Trest – maydonlar
oldingi davrda bitta maydonda yirik hajmdagi ishlarni
bajarish uchun sanoat miqyosidagi ishlab chiqarish maqsadlaridagi qurilishlarda
tashkil qilingan.
Shahar turidagi trestlar
bir shahar doirasidagi ishlarni bajarishlari,
hududiy
trestlar
esa – bir aniq hudud doirasida ish bajarishi qayd qilinadi.
Uy–joy qurilishi kombinati
(UJQK) – qurilish tashkilotlari va sanoat
miqyosidagi ishlab chiqarish korxonalarining alohida o‘ziga xos tashkiliy
birlashgan shakli hisoblanadi. O‘zbekistonda bu turdagi zavodlar hozir mavjud
emas, ammo xodisa sifatida ta’riflanishi shart. Uy-joy qurilishi kombinati
funksiyalari tarkibiga fuqarolik turar-joylar uchun mo‘ljallangan binolarining
(asosan, turar joy uylari) xususiy tayyorlangan materiallar (yirik panelli, hajmiy
va shu kabi turdagi) asosidagi qismlardan industrial uslubda qurilishi kiritiladi.
Tashkil qilishning bu shaklida bitta korxona yopiq tavsifli texnologik sikl
bo‘yicha qurilishga oid ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishga yo‘naltiriladi –
ya’ni, qismlarni tayyorlashdan ularni qurilish maydonlariga tashib, yetkazib
berish, ob’yektlarni qurishgacha va ularni foydalanishga topshirishgacha
64
bajariladi. Uy–joy qurilishi kombinatida barcha ixtisoslashtirish turlari rivoji
ifodasini topadi:
Sohaga oid
– ma’lum bir aniq seriyadagi turar joy uy inshootlari; ma’lum
bir zavod, sexlarda va bir joylarda alohida qismlarning ko‘p seriyali – ya’ni,
qismlar bo‘yicha; tayyorlanishi
texnologik
– doimiy tarkibdagi jamoalar
(brigadalar, oqimlar, boshqarmalar) tomonidan alohida turdagi ishlarning
(montaj pardozlar va boshqa turdagi ishlar) bajarilishi qayd qilinadi. Uy – joy
qurish kombinati qurilishning kombinatsion tavsifli shakli bo‘lib, turli
korxonalarni birlashtirish yo‘li bilan yig‘ishga asoslangan yakuniy mahsulot
ishlab chiqarishga qaratilgan, yagona maqsad asosida birlashtirilgan majmuaviy
korxona hisoblanadi.
Uy–joylar qurilishi kombinati ommaviy tavsifdagi qurilishning nisbatan
samarali uslubi bo‘lib, zamonaviy industrial qurilish ishlab chiqarish tashkiliy
shakliga misol bo‘la oladi. Materiallarni tayyorlash, tashish, yetkazib berish,
yig‘ish va boshqa ishlarning uzluksiz texnologik jarayoni qurilishda oqimli
tashkillashtirishni vujudga keltirish uchun optimal shart-sharoit hisoblanadi.
Ixtisoslashish darajasining oshirilishi zavodda, tashish va yetkazib berish hamda
qurilish jarayonida yuqori ko‘rsatkichlarni ta’minlash, bajarish davri
muddatlarini qisqartirish va qurilish sifatini oshirish imkonini beradi.
Uy–joy qurilishi kombinatida maydon birligiga nisbatan hisoblangan
mehnat sarf–xarajatlari an’anaviy uslubda qurilish trestlari bilan solishtirganda
20–30% pastligi, shuningdek maydonlarning ko‘tarish qurilmalari minoralariga
chiqish darajasi 1,7 – 1,8 martagacha yuqori, apparat tarkibi son miqdori 15 –
17%ga kam bo‘lishi va rentabellik qiymati esa – 1,6 – 1,7 martagacha yuqori
bo‘lishi qayd qilinadi. Shunga qaramay O‘zbekiston sharoitida bunday turdagi
kombinatlar tugatilgan bo‘lib, ular tarkibidagi ayrim korxonalar (zavodlar)
faoliyat yuritadilar. Deyarli barcha uy qurish kombinatlari subpudratchilar
sifatida o‘rin tutib, ular bir holda quriladigan uyning yer usti qismi bo‘yicha
65
barcha ishlar majmualarini bajarsa, boshqa holda – faqat, montaj ishlarini
bajarishi uchinchi holda – montaj va umumiy qurilish ishlarining bir qismini,
bundan tashqari ixtisoslashtirilgan ishlarni bajarishi mumkin. Ayrim uy–joylar
qurish kombinatlari binolarning yer osti qismini qurish bilan ham
shug‘ullanadilar. Uy – joy qurish kombinatlari uchun bosh pudratchi – kvartal
qurish hududiy trestlari bo‘lib, ular hududni muhandislikka oid tayyorlash uchun
ishlar majmini amalga oshirib, binolar yer osti qismlarini bunyod etadi,
qulayliklar yaratadi, bundan tashqari madaniy – maishiy maqsadlarda
foydalanishga mo‘ljallangan va boshqa turdagi, yashashga mo‘ljallanmagan
ob’yektlar qurilishini amalga oshiradi (Sankt – Peterburg miqyosida) yoki faqat,
nolinchi bosqich ishlarini bajaradigan, poydevor qurilishini amalga oshiruvchi
trest sifatida faoliyat olib boradi (Moskva va boshqa shaharlar hududlarida). Bu
holda massivda joylashgan boshqa binolar o‘zga tashkilotlar tomonidan quriladi.
Shu bilan birga, bosh pudratchi bo‘lgan uy–joy qurish kombinatlari ham mavjud
(Sankt – Peterburg, Quyi Novgorod va boshqa hududlarda), bunda umumiy
qurilish va ixtisoslashtirilgan tashkilotlar subpudratchilar bilan tuzilgan
shartnoma bo‘yicha hududning nolinchi bosqichidan boshlab va hududni
tayyorlash ishlarini, ixtisoslashtirilgan maxsus ishlar va barcha pardozlash
ishlarini yoki ularning bir qismini amalga oshiradilar. Uning tuzilmasi va
xo‘jalik xususiyatlari va shuningdek, ma’muriy– huquqiy qoidalar, uning
tarkibidagi korxonalarga bog‘liq holda uy–joylar qurilishi kombinatlari uchta
turga ajratiladi.
Leningradcha turdagi
uy – joy qurish kombinatlari ular tashkil etilgan joy
nomidan kelib chiqqan bo‘lib, ularda yagona tavsifdagi qurilish balansi mavjud.
Kombinat ichida korxonalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ichki xo‘jalik
hisobi tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Boshqaruv tizimi ikki zvenoli
tavsifga ega: ya’ni, kombinat boshqaruvida ishlab chiqarish sexlari, qurilish va
ixtisoslashtirilgan uchastkalar (oqimlar) bo‘ysunadi.
66
Do'stlaringiz bilan baham: |