59
xususiyati xosdir. Bunda chiziqli tavsifga ega bo‘lgan rahbariyat o‘z kenja
bo‘linmalarining faoliyati natijalari uchun to‘liq javob beradi.
So‘nggi vaqtlarda yangi turdagi boshqaruv tuzilmalari rivojlanishi qayd
qilinadi: jumladan,
matritsa tavsifidagi tuzilma
deb nomlangan – vaqtinchalik
(ma’lum bir davrida tashkil qilinuvchi) organlar va loyiha (ob’yekt, masala,
ishlanma) bo‘yicha boshqaruv tuzilmalari vujudga kelishi kuzatiladi.
Boshqaruvning matritsa tavsifidagi tuzilmasi
(3.4-rasm) dasturiy –
maqsadli boshqaruv tamoyillariga asoslangan bo‘lib, bunda bajariladigan
vazifalar doirasida funksional va chiziqli tavsifga ega bo‘lgan kenja
bo‘linmalarning o‘zaro bog‘lanishlarini ta’minlovchi aloqalar ko‘rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: