Toshkent arxitektura-qurilish instituti rahimov qodir ergashevich kommunal infratuzilma


Qarorda “cheklovchi omil” printsipini inobatga olinganligi



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/55
Sana20.07.2022
Hajmi1,62 Mb.
#828244
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55
Bog'liq
fayl 1721 20210831

Qarorda “cheklovchi omil” printsipini inobatga olinganligi.
Bunda bir 
nechta alternativalar ichidan muhimi tanlab olinayotganda odam cheklovchi yoki 
hal qiluvchi omillarga e`tibor berib ularni aniq anglashi kerak. 


82 
6.5-§. Boshqaruv qarorlarini optimallashtirish usullari va ular bajarilishini 
tashkil etish 
Boshqaruv qarorlarining asosi deb optimal variantga eng yaqin bo’lgan, eng 
zo’r variant qabul qilinadi. Bu variant mehnatni, moliyaviy-texnik resurslarni va 
vaqtni eng kam sarf qilgan holda, korxonadagi mavjud holat haqidagi mantiqiy 
axborotlarni yig’ib, tahlil qilish orqali kelib chiqadi.
Optimal qarorni yoki unga yaqin qarorni tanlashda kerakli usul va uslubni 
qo’llash darkor. Boshqaruv amaliyotida qarorlarni qabul qilish va ular bilan 
ishlashning quyidagi usullari mavjud:
- tizimli-iqtisodiy va ijtimoiy tahlil, statistik javoblar va baholar usuli;
- variantli qatorlarning, ya`ni reja - ishlab chiqarish kabi modellarni tahlili, 
rivojlanish tendentsiyalarini va ishlab chiqarishning mavsumiy xarakterini aniqlash 
usuli;
- tajriba javoblarini statistik tahlilini o’z ichiga olgan, tajribaviy 
modellashtirish usuli. Yechilayotgan muammolarni, jarayonlarni modellashtirish 
usuli, elektron hisoblash va iqtisodiy-matematik metodlar orqali bajarilsa, xo’jalik 
yurituvchi subyektning faoliyatidagi kamchilik va yutuqlarini optimal ravishda 
kuzatish mumkin.
- matematik dasturlash usuli;
- maqsadlarni baholash va kutilayotgan xavf nazariyasi usuli. Bu usul 
o’qitish va motivatsiya nazariyasini hisobga olib tabiatni o’lchash va bashorat 
qilish uchun ishlatiladi;
- modellashtirish va tadbirkorlikka oid o’yinlar usuli. Bu usul kompyuterlar 
ishlatilishini taqozo etadi;
- noaniqlik sharoitida individual qaror qabul qilishga har-hil yondashishlarni 
o’z ichiga olgan qidirishlar nazariyasi;
- xarajatlar usuli. Bu usul ya`ni, axborotlar yig’ish, tahlil qilish va ishlatish 
juda ko’p mablag’ talab etadi, bunda boshqaruvchi agar bu usul optimal javob 
topishga yordam bersa, xarajatlar oldida to’xtashi kerak emas;


83 
- noma`lum va noaniq vaziyatlarni baholash va tahlil qilish, odatda, mavjud 
ishonchli ma`lumotlar orqali amalga oshiriladi. Bu holda qabul qilinadigan qaror 
korxona o’z oldiga qo’ygan maqsadga bog’liq. Ba`zan qaror qabul qilish iqtisodiy-
ijtimoiy tizimining rivojlanish qonuniyatiga va tendentsiyasi, shuningdek tahliliy 
hisob-kitoblar asosida amalga oshirilishi mumkin bo’ladi. Boshqa hollarda albatta 
muammoning chuqur tahlili va har tomonlama birlashuvi kerak bo’ladi, ya`ni 
muammoning turiga qarab kerakli tahlil va hisob-kitoblar o’tkaziladi;
- qaror qabul qilish jarayonini soddalashtirish boshqaruv jarayonidagi 
mehnat doirasini pasaytiradi. Agar tizimli tahlil doimo o’tkazilsa, qarorlarni ishlab 
chiqish usuli borgan sari soddalashib aniq holatga keladi. Soddalashgan holdagi 
qarorlar qabul qilish va ularning samarasini baholash ko’pincha korxona 
faoliyatining tahlili takrorlanuvchi holatida qo’llaniladi.
- mutaxassislar bahosi, mutaxassislar tahlili asosida olinadi. Bu narsa 
xatolarni oldini olish uchun qilinadi. Shundan so’ng mutaxassislar mavjud qarorlar 
ro’yxati, mavjud fikrlar, takliflar va xulosalar bilan tanishib chiqadilar hamda 
o’zlarining yakuniy xulosalarini beradilar;
- bir guruh mutaxassislar tomonidan qandaydir qiyin muammoni ijodiy 
muhokama qilish. Bu usul jamoa tajribalari va jamoaning bilimlari Boshqaruvning 
yechimlariga asoslanishi va shu bilan birga yaxshi g’oyalarning yuzaga kelishiga 
muhit yaratish hamda muhokamadagi ishtirokchilarning yaxshi tanlanganligi 
alternativ yechimni topishga va muammoni to’g’ri hal qilishga katta ta`sir 
ko’rsatadi. 
Qabul qilingan qarorlarning maqsadga muvofiq holda bajarilishi uchun 
ishlab chiqarish jarayonida maxsus maqsadga yo’naltirilgan dasturlar, tarmoqli 
grafiklarni, matritsali boshqaruv tizimini ishlab chiqarish zarur. Bu marosimlarning 
3 ta guruhga ajratish mumkin:
Qarorlarni o’z vaqtida bajaruvchilarga yetkazib berish;
Kadrlar va resurslarni optimal joylashtirish, operativ zahiralarni 
shakllantirish;
Qarorlarni bajarilishini nazorat qilish.


84 
Birinchi guruh marosim - qarorlarni o’z vaqtida bajaruvchilarga yetkazib 
berish. Bu yerda uni o’z holiga tashlash mumkin emas. Qarorlarni bajaruvchilarga 
bir oy-ikki oyda yetib borishini kuzatish mumkin. Bu holda u o’z faolligini va 
mazmunini yo’qotadi. Chunki u kech yetib boradi.
Bajaruvchilarning fikrlarini keng tarqalgan shakllaridan biri ularni qaror 
qabul qilishga jalb qilish. Shu asosda ishlab chiqarishning ishtirokchilari qaror 
kontseptsiyasi va masalalar yechimlari bilan tanishadilar. Ba`zan shu maqsadda 
ishlab chiqarish novatorlari va sardorlaridan komissiya tuziladi. Kelgusidagi ijro 
etuvchilar qarorlarni tayyorlashda ishtirok etishadi va bu Yechimlarni haqiqatga 
yaqinroq qilishadi. Chunki ular ishlab chiqarish jarayonini chetdagilarga qaraganda 
yaxshiroq bilishadi.
Shuningdek, kollektiv ishchilarining muhokamada, seminarlarda, yoki 
loyiha rejalashtirishni qabul qilishda qatnashishganida ijobiy natijalarga 
erishadilar. Lekin, bu kollektivlilik faqatgina ayrim shartlar bajarilganda amalga 
oshiriladi, qachonki yakkaboshchilik va aniq personal javobgarlikka ega bo’lganda
Ikkinchi guruh marosimi - bu kadrlar va resurslar manyovri, shuningdek 
operativ rezervlar. Har bir Yechim moddiy ta`minotga muhtoj bo’lib, odamlarning 
qayta oriyentatsiyasi va ularning qayta tayyorlashga va almashtirishga to’g’ri 
keladi.
Shuning uchun ishlab chiqarishdagi yirik dasturlarning realizatsiyasi va 
ishlab chiqarishni qayta qurish ishlarining uslub va formalarini keskin o’zgarishiga 
olib keladi. Bu kadrlar strukturasiga ham ta`sir ko’rsatadi.
Uchinchi marosimlar guruhi - bu nazorat, ya`ni chuqur malakali tahlil. 
Tizimli nazoratsiz yuqori natijalarga erishib bo’lmaydi. Boshqaruvning yuqori 
darajasida, bunday nazoratni tashkilot aniq maqsadga va kerakli mexanizmga 
erishish uchun talab qiladi. 
Qabul qilingan qaror
 
amalda qo’llanib bir natija bermaguniga qadar 
qarorning sifatiga baho berish qiyin. 


85 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish