Toshkent arxitektura-qurilish instituti rahimov qodir ergashevich kommunal infratuzilma


-§. Boshqaruv qarorlarining tayyorlanish jarayoni va ularni qabul qilish



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/55
Sana20.07.2022
Hajmi1,62 Mb.
#828244
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   55
Bog'liq
fayl 1721 20210831

6.4-§. Boshqaruv qarorlarining tayyorlanish jarayoni va ularni qabul qilish 
bosqichlari 
 
Amaliyotda boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy 
etishning ko’plab shakl va metodlari yig’ilgan. Savollarning murakkabligi va 
mazmuniga qarab, boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilishda, iqtisodiy 
tahlil, eksport baholash kabi usullardan foydalanishda rahbar faoliyat harakatining 
ketma-ketligini umumiy sxemasi mavjud, uni bilish konkret qarorlarni ko’rib 
chiqishga yordam beradi. Qaror qabul qilishdan oldin rahbar quyidagilarni aniqlab 
olish shart: 
- harakat maqsadi va unga erishish yo’llarini.
- muammoning muhim taraflarini;
- kerakli moddiy, pulli va mehnat resurslarini;
- bajaruvchilarning vazifalarini;
- vazifa bajarilishini tashkil etish tartibini.
Ma`lumki, har bir rahbar faoliyati, u qabul qilgan qarorlarda aks etadi. 
Boshqaruv qarorlari jamoa demokratiyasi va o’zini boshqarish printsipi asosida 
jamoani qaror qabul qilishda qatnashuvida amalga oshadi. O’zini boshqarish 
asosida ishlab chiqarish kuchlarini birlashtirishi va ular fikrlarini rivojiga olib 
keladi.
Tashkilot faoliyati bilan bog’liq boshqaruv qarorlari bevosita rahbar 
tomonidan ishlab chiqiladi, bu qarorlar tashkilot mezoni va qonunchilikka zid 
kelmasligi kerak. Jamoa «kengashi» qabul qilinadigan qarorlarni ishlab 
chiqilishining barcha bosqichlarida faol ishtirok etadi. Har bir murakkab qarorlarni 
qabul qilish jarayoni o’z ichiga quyidagilarni oladi:
- maqsadni aniqlanishi, muammoni tushunish va kerakli axborotni yig’ish;
- yig’ilgan axborotni klassifikatsiya qilish, tahlil qilish va baholash, ya`ni 
axborotni qayta ishlash;
- qarorlarni turli variantlarini ishlab chiqish;
- variantlarni tahlil qilish, muhokama qilish va baholash;


78 
- oxirgi va optimal variantni qabul qilish;
- har bir qarorni kerakli shaklda hujjatlashtirish;
- qarorlarni muhrlab qo’yish;
- qarorni bajaruvchiga qo’yilishi;
- qabul qilingan qarorlar bajarilishini tashkil qilish;
- qaror bajarilishini nazorati va hisobi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda qaror qabul qilishning bosqichlarini 
ko’rib chiqamiz:
Birinchi bosqichda jamoadagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayon tahlil qilinadi. Bu 
bosqich rahbar va jamoa orasidagi o’zaro munosabatga bog’liq, rahbar bu 
bosqichda ishlab chiqarish uzluksizligini ta`minlash maqsadida ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolarni Yechishga katta e`tibor berishi kerak;
Ikkinchi bosqichda yig’ilgan axborot klassifikatsiyalanadi, tahlil qilinadi va 
baholanadi. Bu bosqich murakkab jarayon bo’lib, malaka, bilim va tadbirkorlikni 
talab qiladi;
Uchinchi boqichda axborotni yig’ish davom etib, uning haqiqiy 
imkoniyatlari baholanib, bir necha o’zaro almashuvchan variantlar, ya`ni 
alternativalar ishlab chiqiladi. Alternativ variantlar mas`ul shaxslar tomonidan 
ishlab chiqilib, bevosita rahbar nazorati ostida bo’ladi.
To’rtinchi bosqichda alternativ qarorlarning tahlili va har tomonlama 
muhokamasida qarorlar ishlab chiqiladi. Qanchalik alternativ ko’p bo’lsa, 
shunchalik qarorni optimal variantini tayyorlash samarali bo’ladi. Boshqaruv 
qarorlarining turli variantlarini tahlil qilish va baholash odatda kompyuter 
dasturlari orqali amalga oshiriladi. Keyin diqqat bilan har bir variantning bahosi 
ko’rib chiqiladi, shuning asosida oxirgi va optimal variant tanlanadi (5-bosqich);
6- va 7-bosqichlarda, shuningdek kam ahamiyatli mazmunga ega bo’lgan, 
tanlangan qarorga aniq tasvir beriladigan bosqichdir. Bu jarayonda hujjatning ikki 
qismi ko’rib chiqiladi: analitik va konstruktiv. Analitik qismida muammoni kelib 
chiqish sabablari, konsruktivlikda esa muammoni Yechish uchun vositalar va 


79 
resurslar, asosiy yo’llar va uslublar ko’riladi. Qaror ishbilarmonlik xususiyatiga 
ega bo’lishi kerak.
Oxirgi va eng zarur bosqich bu 8-, 9- va 10-bosqichlar bo’lib, ular qabul 
qilingan qarorni batafsil jarayonini tashkil etish bilan bevosita bog’liqdir. 
Boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilish jarayonini aniq tizimli 
yondashishni nazorat qilishni talab qiladi. Ya`ni, axborotning yagona kompleks 
tizimini yaratish. U ishlab chiqarish jarayonining tarkibiy qismlarini qamrab oladi, 
o’z vaqtida va korxonaning aniq iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik ahvolini tavsiflaydi. 
Qarorning eng yaxshi variantini tanlash uchun maqbul rejalashtirish 
uslublari, operatsiyalarni tekshirish uslubi, tizimli tahlil, tarmoqli boshqarish va 
rejalashtirshi uslubi, evristik va algoritm uslublari ishlatiladi.
1. Maqbul rejalashtirish usuli turli ishlab chiqarish masalalarini Yechish 
uchun iqtisodiy-matematik uslublarini hamda elektron-hisoblash texnikasini 
ishlatadi. Maqbul rejalashtirishning har xil modellarining katta qismi chiziqli 
dasturlash masalalarini Yechishda ishlatiladi. Chiziqli dasturlashning ishlab 
chiqarishni boshqarishda ishlatiladigan variantlari quyidagilardir.
A) Ishlab chiqarishni yiriklashtirilgan rejalashtirilishi. Ishlab chiqarish 
umumiy xarajatlarini kamaytirish jadvallarini tuzish. Bu jadvallar miqdor foizlarini 
va mehnat resurslari va zahira me`yorlarini o’rnatilgan cheklanishlarini hisobga 
olib tuziladi.
B) Mahsulot assortimentini rejalashtirish, Mahsulotni maqbul assortimentini 
aniqlash, uning har bir turiga o’zining xarajatlari va resurslarga bo’lgan talab 
to’g’ri keladi. Masalan, tabiiy gaz, suyultirilgan gazlarni ishlab chiqarish uchun 
kerak bo’lgan komponentlar tarkibini aniqlash.
S) Texnologik jarayonni boshqarish. Chiqindilarni eng kam miqdorga 
keltirish.
D) Yangi obyektni qulay joylashadigan maydonini aniqlash. Bunday joy, 
transport, mahsulot bilan ta`minlash va sotishga ketgan xarajatlar bilan aniqlanadi.
2. Operatsiyalarni o’rganish uslublari. Ular yordamida miqdoriy tahlilni 
amalga oshirish mumkin.


80 
Bunga ommaviy xizmat ko’rsatish nazariyasini, matematik statistikasini, 
ehtimollar nazariyasini kiritish mumkin. Ularning barchasi qarorni turli variantini 
tuzishni va taqqoslashga kerakligini tanlab olishga qaratilgan. Ommaviy xizmat 
ko’rsatish nazariyasi yordamida va xizmat ko’rsatish jarayonini yaxshi tashkil 
qilish hisobiga ishlab chiqarish ichida mehnat unumdorligini oshirish va 
xarajatlarni kamaytirish imkoniyatlarni topish mumkin.
3. Tizimli tahlil qaror qabul qilish jarayonida eng samarali yordam ko’rsatish 
vositasi hisoblanadi. Umumiy ko’rinishda tizimli tahlilni boshqaruv sohasidagi 
yirik muammolar majmuasini Yechish uslubiyati deb tavsiflash mumkin.
Tizimli tahlil yordamida har qanday muammo bo’yicha izlanish olib borish 
mumkin, unda faqat miqdor omillarinigina hisobga olmasdan, balki sifat omili 
e`tiborga olinadi.
4. Tarmoqli rejalashtirish va boshqarish - ishlab chiqarishni boshqarishda 
samarali ilmiy uslubdir. Tarmoqli rejalashtirish va boshqarish tarmoqli modelini 
qurishga asoslangan. Ular barcha ishlarni bajarish vaqti bo’yicha aniq bog’lashga, 
har qanday vaqtda topshiriq bajarishga ta`sir etuvchi muhim ishlarni izlab topishga, 
moddiy va mehnat resurslarini to’g’ri taqsimlashga va jarayonni yaxshi 
boshqarishga imkon beradi.
5. Evristik uslublar. Axborot Yetarli darajada to’la va aniq emasligi hamda 
va ehtimolli vaziyatlarda ishlatiladi.
6. Algoritm uslublari. Yetarli hajmdagi axborotlar bo’lganda, ish natijalari 
avvaldan tuzilgan algoritm asosida ma`lum bo’lgan hollarda ishlatiladi.
Qaror qaysi turga taalluqliligidan qat`iy nazar, ularda normativ talablar 
saqlangan bo’lishi lozim. Bular: 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish