Toshkent arxitektura-qurilish instituti rahimov qodir ergashevich kommunal infratuzilma



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/55
Sana20.07.2022
Hajmi1,62 Mb.
#828244
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55
Bog'liq
fayl 1721 20210831

Qaror qabul qilish 

bu ishning eng qulay bajarish yo’lini tanlab olishda bir 
fikrga kelishish.
Boshqaruv qarorlarining asosiy unsurlari qo’yilgan masala, masalani 
Yechish vositalari, mas`ullik va muddatdan iborat.
Asoslangan qaror boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlarning obyektiv 
qonuniyatlariga va aniq vaziyatlar xususiyatlariga asoslanadi.
Hozirgi vaqtda har xil masala bo’yicha ko’plab qarorlar qabul qilinadi, 
ammo ularning natijasi qoniqarsizdir. Masalan, bugungi kunda yirik kommunal 
infratuzilma korxonalarining rahbarlari kadrlarni tayyorlash va joy-joyiga qo’yish 
masalasida, turli bo’limlar orasidagi o’zaro munosabatlar masalasida qarorlar qabul 
qilishda sezilarli qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqdalar. Bu esa bilim va 
tajribaning Yetishmasligi hamda rahbarning shaxsiy qobiliyatlariga bog’liqdir.
6.2-§. Boshqaruv qarorlari turlari va ularning tasnifi 
 
1. Ta`sir ko’rsatish davri bo’yicha - strategik va operativ (joriy) turlariga 
bo’linadi.
Strategik qaror – bu oliy muammolarni hal etishda maqsadli dasturlarni 
ishlab chiqishda ishlatiladi. Ular uzoq muddatga, odatda bir necha yilga 
hisoblanadi va strategik maslalarni hal etilishida ishlatiladi, shuning uchun uni 
istiqbol rejasi deb ataydilar.


73 
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida bu qarorlar korxonaning faoliyatidagi 
yangicha yondashuvlar, keskin burilishlarni silliq o’tishini ta`minlaydi. Strategik 
qarorlar korxona, hudud, soha darajasida jamiyatdagi yangi manbaalar xisobiga 
butun iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni Yechishga yordam beradi.
Taktik qaror - bu bosqichma-bosqich qabul qilinadigan qarorlar bo’lib, ular 
o’rtacha davrga rejalashtirilgan strategik maqsadlar va vazifalarni alohida 
elementlaridir.
Operativ qarorlar - bu mohiyati bo’yicha xo’jalik boshqaruv qarorlaridir. 
Ular boshqariladigan obyektni uzluksiz ishlash jarayonini qo’llab-quvvatlashi 
uchun joriy shaxsiy muammolar bo’yicha qabul qilinadi. Ya`ni, uning murakkab 
mexanizmini struktura va o’zaro aloqalarni o’zgartirmasdan ushlab turishdir. Bu 
qarorlarni rahbar maxsus tayyorgarliksiz Yetarlicha tez qabul qiladi. Bunday 
qarorlarga xodimlarni ishga olish va bo’shatish, ularning ish haqlarini o’zgarishi, 
korxonani qishga tayyorlash haqidagi va shu kabi hujjatlarni kiritish mumkin.Ular 
oliy va o’rta saviyadagi rahbarlar tomonidan bir yildan ikki yilgacha bo’lgan 
davrga qabul qilinadi.
2. Ma`nosi va tafsir qilish bo’yicha - ijtimoiy-iqtisodiy, texnik, ijodiy 
turlariga bo’linadi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy qarorlar harakat xususiyatlariga ko’ra mehnat jamoalarida 
jamoa a`zolarini ijodiy faolligini, faoliyat samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan.
Texnik qarorlar ishlab chiqarishda texnika siyosatini taraqqiyot toptirishga 
yo’naltirilgan.
Ijodiy qarorlar birlamchi qarorlardir. Ular ish ahvolini o’rganib chiqishni, 
maxsus izlanishlar talab qiladigan materiallarni jalb qilishni, maxsus hisob-kitoblar 
bajarilishini talab qiladi. Bu qarorlar ko’proq erkin harakat qilishni ko’zda tutadi.
3. Mehnat hajmining ko’lami va darajasiga ko’ra murakkab va oddiy 
qarorlarga bo’linadi.
Murakkab qarorlar — bu maxsus bilim va katta tayyorgarlik ishlari talab 
qiluvchi qarorlardir.


74 
Oddiy qarorlar - katta tajriba va maxsus bilim talab qilmaydigan qarorlar. 
Ular uchun javob hamma vaqt tayyor bo’lmog’i kerak.
4. Takrorlanishi va yangilik darajasiga ko’ra oddiy va ijobiy qarorlar.
Oddiy qarorlar - bu qarorlar oddiy an`anaviy holatda qabul qilinadi. Ularni 
ta`siri oldindan ma`lum bo’ladi. Masalan, korxonaning ishlab chiqarish dasturini 
ishlab chiqish.
Ijodiy qarorlar - bu birinchi marta paydo bo’layotgan va aniq tahlil talab 
qiluvchi qarorlardir. Masalan, korxonaning ba`zi bir tarmoqlari uchun soliq 
siyosatini ishlab chiqish.
5. Boshqaruv subyekti tasarrufidagi axborotning to’lalik darajasiga qarab 
aniq, tavakkal, noaniq sharoitda qabul qilingan qarorlar.
Aniq sharoitda qabul qilingan qarorlar. Bunda rahbar tanlab olingan qarorlar 
variantlarining natijasini aniq biladi. Masalan, ortiqcha naqd mablag’ni 10%ini 
depozit sertifikatiga qo’yish.
Tavakkalchilik sharoitidagi qarorlar - bular natijasi noaniq bo’lgan 
qarorlardir. Ushbu qarorni amalga oshish ehtimolini darajasi 0 dan 1 gacha teng 
bo’lishi mumkin.
Noaniq sharoitida qabul qilingan qarorlar — potentsial natijalar ehtimolini 
aniqlash mumkin bo’lmaganda yuzaga keladi.
6. Muhimligi bo’yicha bir lahzali va kechiktirilgan qarorlar.
Bir lahzali qarorlar. Bu tezda bajariladigan qarorlardir. Rahbarda vaziyatni 
o’ylab ko’rishga, fikrlashga vaqt Yetishmaganda qabul qilinadigan qarorlar.
Kechiktirilgan qarorlar. Bu o’z vaqtida qabul qilinmagan qarorlardir.
7. Obyektga nisbatan tashqi va ichki qarorlarga bo’linadi.
Tashqi qarorlar — bular yuqori idoralar tomonidan qabul qilinadigan 
qarorlar.
Ichki qarorlar — bu ushbu tizim ichida qabul qilinadigan qarorlar.
8. Mazmuni va paydo bo’lishi manbaiga qarab — standart va nostandart 
qarorlar.


75 
Standart qarorlar. Bu qarorni qabul qilinishi protsedurasi va qaror tuzilmasi 
ishlab chiqilgan qarorlardir.
Nostandart qarorlar. Bu ijodiy qarorlar. Hozir ko’p ishlatilmoqda. Ularga 
dasturlashtirilmagan quyidagi qarorlar kiradi: tashkilotni maqsadini, mahsulotni 
yaxshilash yo’llarini, boshqaruv bo’linma tarkibini takomillashtirish usullarini 
belgilashga doir qarorlar.
9. Ta`sir sohasi bo’yicha umumiy va xususiy qarorlarga bo’linadi.
Umumiy qarorlar. Barcha jamoaga ta`sir ko’rsatadi. Xususiy qarorlar-bitta 
guruhda, bitta brigadada ishlatiladi.
10. Qarorni qabul qilinishi usuliga qarab shaxsiy, boshqaruv va majmuaviy 
turlarga bo’linadi.
Shaxsiy qarorlar. Ishchining o’z mehnat faoliyati to’g’risidagi qarorlari.
Boshqaruv qarorlar. Faqat korxona rahbarlari tomonidan qabul qilinadigan 
qarorlardir.
Majmuaviy qarorlar — bu jamoa qarorlaridir. Bu Yerda muammoni Yechish 
uchun turli soha mutaxassislari; huquqshunoslar, sotsiologlar, psixologlar, 
iqtisodchilar, moliyachilar va boshqaruvchilar jalb qilinadi.

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish