6-BOB. KOMMUNAL INFRATUZILMA KORXONALARINI
BOShQARISHDA QAROR QABUL QILISH TEXNOLOGIYASI
Tayanch iboralar:
qaror, boshqaruv qarori, qaror qabul qilish, strategik
qaror, operativ
qaror,
texnik qaror, ijodiy qaror, murakkab qaror, oddiy qaror,
umumiy qaror, xususiy qaror, shaxsiy qaror, majmuaviy qaror,
standart qaror,
nostandart qaror, maqsadni aniqlash, muammoni tushunish, axborot yig’ish,
qarorning samaradorligi, qarorning asoslanganligi.
6.1-§. Kommunal infratuzilma korxonalarini boshqarishda qaror qabul qilish
texnologiyasi mohiyati va ularning tasnifi
Har bir fuqaro qabul qilayotgan
qarorlarimiz
real
foyda
berayotganini sezishi kerak.
Shavkat Mirziyoyev
Kommunal infratuzilma korxonalari boshqaruv faoliyatining samaradorligi
ko’pincha qabul qilinayotgan qarorlarga bog’liq. Kommunal infratuzilma
korxonalaridagi butun savol va muammolar zanjiri ularning aniq Yechimi va
boshqaruvchiga yuklangan, ishlab chiqarish, texnik, ijtimiy, iqtisodiy, marketing
va huquqiy vazifalar bo’yicha qarorlarni to’g’ri qabul qilish va o’z vaqtida
bajarilishiga bog’liqdir. Yechilayotgan muammolarning hammasi har qanday
boshqaruvchi tomonidan hisobga olinadi va bu narsa uning boshqaruv uslubida
hamda butun boshqaruv jarayonida aks etadi.
Inson faoliyati davomida shunday vaziyatlar bo’ladiki, bunday holatda bir
necha harakatlar variantlaridan bittasi tanlanadi. Har bir kishi kun davomida
yuzlab, minglab qaror qabul qilishiga to’g’ri keladi.
Masalan, qarorlarni qabul qilishga uncha ahamiyatga ega bo’lmagan ish
kiyimini tanlash, ish joyini tanlash, umr yo’ldoshni tanlash va boshqalar ham
70
kiradi. Boshqa qarorlarga kelsak, masalan, universitetni tugatgandan so’ng qayerda
yashash, yoki qanday yashash masalalari bizni kunlab, oylab, yillab o’ylab va
undan keyin qaror qabul qilamiz. Ba`zi bir qarorlarni biz daqiqalarda qabul
qilamiz.
Ba`zan aql bovar qilmaydigan qaror qabul qilamiz. Masalan, ba`zi bir
odamlar bir juft poyafzal sotib olish uchun haftalab ezilib yuradilar va qiymati 25-
30 ming dollar turadigan turar-joyni esa, bir necha soat ichida sotib olishi mumkin.
Ammo boshqaruvda qaror qabul qilish shaxsiy hayotga qaraganda ko’proq
tizimlashgan jarayondir.
Boshqaruvchi faqat o’zi uchun emas, balki korxona va boshqa ishchilar
uchun ham harakat yo’nalishini tanlaydi. Yirik kommunal infratuzilma
korxonalarining boshqaruvchilari ba`zida yuz millionlab so’m bilan bog’liq
qarorlar qabul qiladilar. Boshqaruv qarori ko’plab insonlar, har bir xodim hayotiga
ta`sir ko’rsatadi. Masalan, boshqaruvchi 20 minutdan ortiq kechikkan xodimni
yoki ish vaqtida jamiyat ishlari bilan shug’ullanuvchilarga jarima solishi mumkin.
Boshqa bir rahbar esa bu kabi masalalarda ortiqcha qattiqqo’llik ruhiy muammolar
kelib chiqishiga, pirovard natijada ishga kechikish, kadrlar qo’nimsizligiga
iste`molchilarga ko’rsatiladigan xizmat sifatiga, unumdorlik va mahsulot sifati
pasayib ketishiga olib keladi degan qarorga kelish mumkin.
Qaror
– ma`lum bir faoliyatni amalga oshirish uchun shart bo’lgan
vazifaning aniq bir tartibini belgilab berish uchun rahbar tomonidan bildirilgan
xulosaviy munosabat hisoblanadi (6.1-rasm).
Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga
kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma
majlisida “Albatta, biz rejalashtirayotgan barcha o’zgarishlarning nihoyatda
ko’pqirrali va o’ta muhim ekanini men chuqur tushunaman.
Biroq, yo’limizda qanday to’siq va qiyinchiliklar, keskin va dolzarb
muammolarga duch kelsak ham, shoshma-shosharlik bilan, pala-partish qarorlar
71
qabul qilishga, yaxshi o’ylab ko’rilmagan xatti-harakatlarga yo’l qo’yishga
haqqimiz yo’q
20
”, deya qat`iy ta`kidlagan edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |