Toshkent arxitektura-qurilish instituti rahimov qodir ergashevich kommunal infratuzilma



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/55
Sana20.07.2022
Hajmi1,62 Mb.
#828244
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   55
Bog'liq
fayl 1721 20210831

Nazorat uchun savollar 
 
1. Qaror nima? 
2. Qaror qabul qilish deganda nimani tushunasiz? 
3.
Boshqaruv qarorlarining asosiy unsurlari nimalardan iborat? 
4.
Boshqaruv qarorlarining qanday turlari bor? 
5.
Kommunal infratuzilma korxonalarida boshqaruv qarorlari qanday talablarga 
javob berishi kerak? 
6.
Qaror qabul qilishdan oldin rahbar nimalarni aniqlab olish shart? 
7.
Qarorning eng yaxshi variantini tanlashning qanday uslublari bor? 
8.
Qaror qanday normativ talablarga mos bo’lishi kerak? 
9.
Boshqaruv qarorlarini optimallashtirish usullarini aytib bering. 
10. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish bosqichlarini aytib bering. 
 


86 
7-BOB. KOMMUNAL INFRATUZILMA KORXONALARINING 
TASHKILIY TUZILMALARI 
 
Tayanch iboralar:
tashkiliy tuzilma, boshqaruv bo’g’inlari, boshqaruv 
bosqichlari,
mehnat taqsimoti, maqsad, vazifa, chiziqli tuzilma, funktsional 
tuzilma, chiziqli-shtabli tuzilma, chiziqli-funktsional tuzilma, matritsali tuzilma,
tashqi muhit, ichki muhit, chiziqli munosabatlar, funktsional munosabatlar.
7.1-§. Kommunal infratuzilma korxonalarining tashkiliy tuzilmalari va 
ularning turlari
 
Tashkiliy tuzilma deganda korxona boshqaruvi funktsiyalarini bajaruvchi 
turli xil bo’lim, xizmat va bo’linmalar tarkibi, o’zaro munosabatlari va bir-biriga 
bo’ysinishini tushunish lozim. Tashkiliy tuzilma boshqaruvning tizim va alohida 
faoliyat turi sifatidagi bir butunligini ifodalaydi. U boshqaruv organlarining 
ma`lum bir tartibini, hokimiyat va bo’ysinish aloqalarini, vertikal va gorizontal 
mehnat taqsimotining integratsiyalashuvini talab etadi. 
“Tuzilma” lotincha “structura” so’zidan olingan bo’lib, “tuzilish”, 
“joylashish”, “tartib” degan ma`nolarni anglatadi. Ya`ni, narsalar tarkibiy 
qismlarining o’zaro bog’liqlik ravishda joylashishi, tuzilishini bildiradi.
Boshqaruv tuzilmasi deganda boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va 
funktsiyalarni bajaruvchi bir-biri bilan bog’langan turli boshqaruv organlari va 
bo’g’inlarining majmui tushuniladi. 
Boshqaruvning u yoki bu vazifalarini hal qilish uchun muayyan organlar 
tuziladi. Boshqaruv organlari tizimi, quyi organlarning yuqori organlarga 
bo’ysunishi va ular o’rtasidagi o’zaro aloqa boshqaruv tuzilmasi tushunchasini 
tashkil etadi. Bunday tuzilma odatda boshqaruv apparati tuzilmasi deb yuritiladi. U 
biron-bir boshqaruv organining (vazirlikning yoki korxonaning boshqaruv apparat 
va h.k.) bo’limlari tarkibini bildiradi. 


87 
Boshqaruv tuzilmasi ishlab chiqarish tuzilmasi bilan ham ifodalanadi. Bunda 
boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish 
jarayoni bo’lib hisoblanadi. U o’zaro bog’langan asosiy, yordamchi hamda xizmat 
ko’rsatuvchi jarayonlardan iborat bo’lib, bu jarayonlar bo’limlar va xodimlar 
o’rtasida mehnat taqsimoti talab qilinadi. Shu masala ishlab chiqarish bo’limlari 
va ularga xos boshqaruv apparati tuziladi. Bo’limlar yig’indisi, ularning tarkibi va 
o’zaro aloqa shakllari korxonalarning ishlab chiqarish tuzilmasini tashkil etadi. Har 
bir korxona o’ziga xos ishlab chiqarish tuzilmasiga egadir. 
Shunday qilib, boshqaruvning maqsadi, funktsiya, vazifa, obyekt va 
organlari uning tashkiliy tuzilmasini belgilab beradi. 
Boshqaruv tuzilmasi dinamik tarzda bo’ladi. U ishlab chiqarish kuchlari va 
munosabatlarining rivojlanishi, boshqaruv obyektlarining qarama-qarshiliklari va 
qonuniyatlari haqidagi bilimlarimiz darajasining o’sishiga bog’liq holda o’zgarib 
boradi. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasiga korxonaning hajmi, uning 
ixtisoslashuvi va kooperatsiya aloqalari, mulkchilik shakli, qaysi tarmoqqa 
tegishliligi, joylashgan hududi kabi omillar katta ta`sir ko’rsatadi. 
Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasi 
bilan aloqada va ko’p jihatdan unga bog’liq bo’ladi. Korxona qanchalik katta, 
ishlab chiqarish va unda foydalanuvchi mehnat qurollari va texnologiyalar 
qanchalik murakkab bo’lsa, boshqaruvning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmasi, 
shuningdek, 
korxona 
boshqaruv 
apparatining 
funktsiyalari 
shunchalik 
murakkablashadi. 
Boshqaruv elementlari va bo’g’inlari o’rtasidagi aloqalarning shakli, 
tuzilmaviy bo’linmalarning moslashuvchanligi va bir-biriga bo’ysinuvchanligiga 
ko’ra, boshqaruvning quyidagi tashkiliy tuzilmalari mavjud: 

chiziqli; 

funktsional; 

aralash (chiziqli-funktsional); 

matritsali.
 


88 
Chiziqli tuzilma boshqaruv tuzilmasining eng ko’p tarqalgan turi bo’lib, 
unga ko’ra boshqaruvning har bir bo’g’ini o’zidan yuqori turuvchi faqat bitta 
boshqarmaga ega bo’ladi va barcha masalalar bitta aloqa kanali orqali hal etiladi. 
Bunday tuzilmada boshqaruv bo’g’inlari tizimi to’laligicha ishlab chiqarish 
bo’g’inlari tizimi bilan mos tushadi. Har bir ishlab chiqarish jamoasi tepasida 
rahbar turadi va korxona xodimlari unga bevosita bo’ysinadilar. Barcha boshqaruv 
funktsiyalari rahbar qo’lida mujassamlanadi. 
Boshqaruvning chiziqli tuzilmasi hal qilinayotgan masalalar ko’lami 
unchalik katta bo’lmaganida samaraliroq bo’ladi. Shu sababli bunday tuzilmadan 
asosan sex, ishlab chiqarish uchastkalari va kichik korxonalarni boshqarishda 
foydalaniladi. Bunday tuzilmaning quyidagi afzalliklari mavjud: 
- boshqaruvning har bir bo’g’ini uchun rahbar tayinlashning nisbatan 
osonligi; 
- boshqaruv qarorlarini tayyorlash va bajarishning tezkor (operativ) amalga 
oshirilishi; 
- boshqaruv funktsiyalarini bajarishning nisbatan osonligi. 
Biroq boshqaruvning bu tizimida bir qancha kamchiliklar ham mavjud 
bo’lib, ularning asosiylari gorizontal aloqalarning tarqoqligi, boshqaruvdagi 
haddan tashqari qattiqlik va ishlab chiqarishning diversifikatsiyasi sharoitlaridagi 
cheklangan imkoniyatlarida namoyon bo’ladi. 
Boshqaruvning chiziqli tizimi quyidagi hollarda qo’llanadi: 
- xodimlar soni 300-500 kishini tashkil qiluvchi hamda predmetli va 
texnologik ixtisoslashuv darajasi yuqori korxonalarda (metallga ishlov berish, 
yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarish, yig’ish, bir turdagi xizmat ko’rsatish va 
hokazo); 
- mahalliy sanoat korxonalarida (masalan, yog’ochni qayta ishlash, mahalliy 
xom ashyodan mahsulot tayyorlash va hokazo). 
Boshqaruvning mazkur strukturasi tavsifini 7.1- va 7.2-rasmlarda ko’rsatish 
mumkin:


89 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish