Toshkent arxitektura qurilish instituti «arxitektura» fakulteti


Amir Temur va temuriylar davrida mintaqadagi savdo yo’llari qaytadan tiklanib boshladi



Download 66,09 Kb.
bet5/10
Sana11.06.2022
Hajmi66,09 Kb.
#656562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-2-BOB

Amir Temur va temuriylar davrida mintaqadagi savdo yo’llari qaytadan tiklanib boshladi. Amir Temur Movarounnahrda hokimiyatni o’z qo’liga olgach, xalqaro karvon yo’llari xavfsizligini to’liq ta’minlashga erishdi. XIV asrning 70-yillaridan boshlab Buyuk ipak yo’lining Movarounnaxr orqali o’tgan yo’nalishlari bo’ylab xalqaro savdo aloqalar yuksaldi. Amir Temur va temuriylar davri O’rta Osiyoning karvon yo’llari tizimi va keng ko’lamdagi halqaro iqtisodiy-madaniy aloqalari rivoji tarixida muhim bosqich bo’lib, Movarounnahr va Xuroson shaharlari bu jarayonda yetakchi rol o’ynaganlar.
So’nggi o’rta asrlarda O’rta Osiyo tarixida inqirozli xususiyatlar ko’zga tashlanadi. yevropani Hindiston va Xitoy bilan bog’lovchi suv yo’llari ochilishi, Buyuk ipak yo’li bo’ylab savdo aloqalari zaiflashishi Buyuk ipak yo’li orqali olib borilgan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. XVI-XIX asrlarda O’rta Osiyo xonliklarining asosiy siyosiy va iqtisodiy hamkori sifatida Rossiya davlatining mavqei oshib bordi. Bu o’z navbatida, O’rta Osiyoni Volgabo’yi va Sibir shaharlari bilan bog’lovchi karvon yo’llari faoliyatini kuchaytirdi. So’nggi o’rta asrlarda mintaqa Sharqiy Turkiston va Xitoy, Eron, Afg’oniston va Hindiston bilan an’anaviy aloqalarini ham saqlab qoldi.
O’rta asrlarda mintaqaning karvon yo’llari tarmoqlari barcha yirik shaharlar va qishloqlarni qamrab olgan edi. Xalqaro aloqalar mintaqa shaharlari rivojiga, savdo-sotiq va hunarmandchilik taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi
Movorounnahrning Samarqand,Buxoro,Toshkent,Shohruxiya Termiz, Shahrisabz, Qarshi va boshqa ko’pgina shaharlari hunarmandchilik markazlariga aylanadi. Hunarmandchilik rivoj topib ,uning turli-tumantarmoqlari boyicha ixtisoslashning kuchayishi shaharlarni ham o’zgartirib yubordi.Ko’pgina shaharlarda zargarlik ,misgarlik, ignasozlik, sovutsozlik, toshtoravshlovchilar, shishasozlar,konchilik kabi hunarmandchilik mahallalari bo’lgan.
Hunarmandchilik sohasida to’qimachilik,kulolchilik,chilangarlik,temirchilikva binokorlikyetakchi o’rinni egallagan.Ipakdantoqilgan nafis futadan salla,belbog’ va aslzoda yoshlarkiyimkechaklari tikilgan.Mahalliy va chetdan keltirilgan ipakdan turlinav shoyi gazmollar duxoba to’qish keng yo’lga qo’yilgan edi.
XV asrda temirbuyum,qurol yarog’ va asboblar yashash yuqori darajaga ko’tarilgan.Metal buyum yasovchilarning aksariyati uy-ro’zg’or buyumlarni ,qurol yorog’llar va asbob –uskunalar yasovchi temirchilardan iborat edi.Ular orasida mix yasovchilar,taqachilar,sim sozuvchilar pichoqchilar kabi turli xil buyumlar yasovchi ustalar bo’lgan Shaharlarda ,hususan Samarqand va Hirotda zargarlik rivoj topgan.Sahar zargarlari orasida oltin ,kumush va jez qotishmalaridan turli xilzeb-ziynatva qimmatboxo buyumlar yasaydigan va ularga nozik did beradigan mohir ustalar soni ko’paydi.O’rta asr hunarmandchiligida kulolchilik eng rivoj topgan ser tarmoq sohaga aylandi. U kosagaarlar,hum va humchavozlar va tandirsozlar kabi bir necha tarmoqlarga bo’linadi.
Bu davrda mamlakatning yirik viloyat shaharlari Samarqand va Hirotda qurilish ishlari avj oldi.Binokor ustalar kasblariga ko’ra g’isht terib imorat qaddini bino qiluvchilar “banno”deb ,peshtoq-u ravoq hamda toqilarga parchin va girixlar qoplab imoratga pardoz beruvchilar ‘ustod’deb yuritilgan.
XV asrda shishasozlik ham ancha muncha taraqqiy topgan . Samarqandda hatto shishasozlik mahallas ibo’lgan.
XVasrda temuriylaruzoq va yaqin qator qo’shni mmlakatlar: Xirot,Hindiston,Tibet,Eron,Rus,Volgabo’yi va Sibir bilan muntazam savdo sotiq qilardi.Xitoydan asosan ipak ,shoyi matolari xuxusan atlas va parchinlar chinni,lal,gavhar va mushk;Hindistondan nafis oq rangli ip matolar,nil boyoqlar,xushbo’y ziravorlar:Erondan surp,marvarid,durlar,Russiya,Tatariston va Sibirdan qimmarbaho mo’yna ,teri va mum olib kelingan .Yevropa mamlakatlaridan Samarqandga olib kelingan molar orasida farang gazmoli,movuti cherkas pichogi bor edi.1418 yilda Ardasher boshliq shohrux elchilari Xitoyga bordi.1419 yildabunga javoban Li-Do va Jong-Fu Xitoydan Samarqand va Hirotga


Elchi bolib keladilar.1420 yilda Shohrux va Ulug’bek 530 nafardan iborat elchilik karvoni Xitoyga jo’natildi.,1422yilda o’z vatanlariga qaytib keldi. Shohrux va Ulug’bek zamonida Tibet va Hindiston bilan yaxshi qoshnichilik munsbtda bo’lgan.1421 yida tibetdan Buxoro va Samarqandga elchilar keldi.1441-1442 yillarda Shohrux Hindistonga Vijayanagar saroyigatarixchi Abdurazzoq Samarqandiy boshchiligida elchi yubordi.U Kermon va Fors qo’ltigi orqali Hindistonga qilgan sayohatin iyozib qoldiradi.


Iqtisodiy taraqiyot malum darajada shu davrda o’tkazilgan pul islohatiga bog’liq.Ulig’bek 1428 yilda muomilaga fulusiy pullar islohatini amalgam oshirdi.Ulug’bek yengil vaznda zrb etilgan va muomilada yuritilgan chaqa pullarni man etdi.Eski chaqalar yangisi bilan almashtirildi.Shu bilan birga Ulug’bek tashqi savdodan davlat xazinasiga tushadigan daromatni ko’paytirish maqsadida tamg’a solig’ini burmuncha oshirdi.Ulug’ek davrida hunarmandchilik ,ichki va tashqi savdo rvojlandi.
Markaziy Osiyo hududida, ayniqsa, temuriylar davlatida ilm, fan, madaniyat hamda sanʼatning yuqori darajada rivojlanishiga katta ahamiyat berilib, kerakli sharoitlar yaratilgan edi. Amir Temur ulkan va qudratli saltanat barpo etib, maʼnaviyat va madaniyatning yuksalishi, gullab-yashnashi, oʻtmishdagi ajoyib anʼanalarning yangi tarixiy vaziyatda qayta tiklanishi uchun sharoit yaratdi. Sohibqiron ijtimoiy faoliyatining ana shu buyuk yuksalish xususiyati badiiy madaniyat sohasida yaqqol namoyon boʻldi. Hozirgi Oʻzbekiston hududidan Buyuk ipak yoʻli boʻylab necha asrlar davomida qatnagan karvonlar orqali Sharq va Gʻarbga bir qator buyumlar olib oʻtilgan. Bular orasida hunarmandlar tomonidan yaratilgan goʻzal namunalar ham bor edi. XV asr oxiri va XVI asr boshlarida hunarmandchilikning turli tarmoqlari rivoj topib, isteʼmol mollarini ishlab chiqarish gʻoyat koʻpaydi. Bu davrda Movarounnahrning Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shoxruxiya, Andijon, Termiz, Shahrisabz, Qarshi va boshqa koʻpgina shaharlari oʻzining topografik qiyofasi, aholisining kasb-kori, ichki va tashqi aloqalari bilan oʻrta asr Sharqining hunarmandchilik va gavjum savdo markazlariga aylandi.
Shaharlarda hunarmandchilik mahallalarining soni ortib, kasb-hunar bilan bogʻliq boʻlgan yangi-yangi guzarlar, koʻchalar, bozor rastalari vujudga keladi. Hunarmandchilik sohasida toʻqimachilik, kulolchilik, kandakorlik, yogʻoch oʻymakorligi, tosh oʻymakorligi, gilamdoʻzlik va binokorlik yuksak darajada rivojlangan edi. Bu davrda shahar va qishloq aholisi oʻrtasida toʻqimachilik mahsulotlariga talab gʻoyat yuqori boʻlgan. Shaharlarda ip, ipak, jun, zigʻir va kanop tolasidan turli rangdor, guldor hamda nafis va dagʻal gazmollar toʻqib chiqarilgan. Mahalliy va chetdan keltirilgan ipakdan turli nav shoyi gazlamalar toʻqish keng yoʻlga qoʻyilgan. Manbalarda atlas, kimxob, banoras va duxobalar qatorida tovlanuvchan, yaltiroq xoro, nafis va guldor debo kabi shoyidan toʻqilgan gazmollarning nomlari uchraydi. Gazlamalar sifati va bezagiga qarab ayni shu matodan kiyim kiygan shaxslarning ijtimoiy jihatdan qaysi tabaqaga mansubligini aniqlash mumkin boʻlgan. Bu davrda jundan har xil gulli, qalin patli va taqir gilamlar, paloslar ham toʻqilar, namatlar bosilar edi. Namat uy-roʻzgʻorda faqat toʻshama sifatida emas, balki harbiy kiyim-boshlar tayyorlashda ham keng ishlatilgan. Gilam, palos va namatlar shaharlik hunarmandlardan tashqari, qishloq aholisi, xususan, chorvadorlar tomonidan ham tayyorlangan. Sirkor kulolchilik rivojidagi beqiyos yuksalish ham XIV asr oxiri — XV asr boshlariga toʻgʻri keladi. Amir Temur va temuriylar davrida kulolchilikning yangi turi — mahalliy koshindan foydalanish asosida Xitoydan keltirilgan chinniga taqlid paydo boʻldi.
Amir Temur va temuriylar davri sopol buyumlarining farqi ranglar uygʻunligida, bezak lar majmuida va texnologik usullarda oʻz ifodasini topgan. Rangiga koʻra idishlar monoxrom va polixrom turlarga boʻlinadi. Monoxrom turida idish asosan koʻk rangda naqshlanadi, bu eng ommaviy tur hisoblangan yoki qora rang bilan naqshlangan idish ustidan havorang sir berilib, u kam uchraydi. Polixrom turida koʻk, toʻq jigarrang va havorang boʻyoqlar yetakchilik qiladi. Temuriylar davriga kelib kulolchilik madaniyatida katta oʻzgarishlar roʻy berdi, eski uslubdan voz kechildi. Shu bilan birga yangi uslub, shakl, ranglarga oʻtildi. Shu kungacha saqlanib qolgan moviy rang temuriylar davridan buyon sevimli rangga aylanib qolganki, u uy-roʻzgʻor sopol buyumlarida hanuz ishlatiladi. Ushbu davrda metallga badiiy ishlov berish sanʼati ham nihoyatda rivoj topdi. Movarounnahr va Xuroson shaharlari oltin, kumush va bronzadan yasalgan xilma-xil idishlar, misdan tayyorlangan uy-roʻzgʻor jihozlari, qurol, harbiy anjomlar, turli zargarlik ziynatlari va ibodat bilan bogʻliq buyumlar ishlab chiqaradigan markazlar edi. Movarounnahrda bronza va misdan yasalgan buyumlarga kumush tolalar qadab naqsh tushirish texnikasi, shuningdek, oltin va kumushdan yasalgan saroy asbob-anjomlarini qimmatbaho toshlar bilan bezatish boshlandi.
Amir Temur va temuriylar davrida zargarlik buyumlari hamda qurol-yarogʻ yasash metallga badiiy ishlov berishning maxsus tarmogʻi edi. Zargarlar ayol taqinchoqlari, ot abzali va harbiy anjom qismlari ishlab chiqarishda oltin, kumush, mis, bronza va jezdan foydalanardi. Ularga zumrad, feruza, chaqmoqtosh, marmar, marvarid, laʼl, billur yoki shishadan koʻz qoʻyilardi. Yogʻoch, suyak, shisha, marmar, nefrit, aqiq bilan bogʻliq hunarmandchilik turlari ham ushbu davrda nihoyatda rivoj topdi. Yogʻoch, nefrit va marmar ham maishiy buyumlar, ham meʼmorchilik jihozlarining qismlari boʻlmish ustun, eshik, sagʻana kabilarni yasashda keng qoʻllangan.
Poytaxtimizning goʻzal maskanlaridan birida joylashgan Temuriylar tarixi davlat muzeyida aynan Amir Temur va temuriylar davriga oid hunarmandchilik buyumlari talaygina. Yillar oʻtgani sa yin muzey ekspozitsiyasi va fondlaridagi ashyolar soni bir necha barobar koʻpa yib bormoqda. Muzeydagi har bir eksponat oʻzining noyobligi va betakrorligi bilan qiziqarlidir. Muzeyda saqlanib kelinayotgan, temuriylar davriga oid hunarmandchilik buyumlaridan Shoxruxiya qalʼa-shahridagi arxeologik qazishmalardan topilgan sopol buyumlar, Samarqand shahridan topilgan bronza buyumlar, qush, nilufar guli tasviri aks etgan sopol laganlar, shamdon, Shahrisabz shahridagi Oqsaroy, Samarqanddagi Bibixonim masjidi va Ulugʻbek madrasasidan topilgan meʼmoriy qoplamalar va boshqa bir qator eksponatlar eʼtiborga loyiq. Bugungi kunda muzey kolleksiyasida ushbu davrga oid 55 dan ziyod kandakorlik buyumi, 33 ta toshbuyum (asosan Shoxruxiyadan topilgan) — qayroqtosh, urchuq, qabr usti toshlari, surmatosh va boshqalar, 27 ta shisha buyum, 300 tadan ziyod sopol buyum, 16 ta zargarlik buyumi saqlanmoqda.
Zargarlik buyumlari orasida Bibixonim qabridan topilgan taqinchoq, Mironshoh qabridan chiqqan munchoq boʻlaklari alohida ahamiyatga ega. Kolleksiyaning eng nafis buyumlari sopol idishlar hisoblanadi. Temuriylar davri sopol idishlaridagi bejirim bezaklar, islimiy naqshlar, yorqin boʻyoqlarning bugungi kungacha saqlanib qolganligi hanuz olimlarni hayratga solmoqda. Bular orasida oʻzining nafis naqshlari va noyobligi bilan ajralib turadigani uchayotgan qush(oʻrdak) tasviri aks etgan kosadir. Kosa yuzasidagi boʻrtma naqshlar, gullar va bargli novdalar hamda uchayotgan qushning aks etishi oʻsha davr hunarmandlari va buyurtmachilarning didi nechogʻli nozik ekanligini koʻrsatadi.
Samarqand o’zining bozorlari bilan keying davrda ham mashhur bo’ldi keldi. Shunonchi XV-XVI asrlarda shahardagi Bozori Amir Tangriberdiqul,Bozori Kuloxbardoron(Sarbadoron)Bozori Masjid Jurjoniya,Bozori Rismon,Bozori Xarroton,Bozori Muhammad Shan singari savdo hududlari tarixiy xujjatlarda tilga olinganki,bular Samarqandning qadimdan hunarmandchilik,savdo – sotiq gullab-yashnagan shaharlardan biri bo’lib kelganini ko’rsatadi.
1.2 Oʻrta Osiyo hududidagi Buxoro, Samarqand, Poykend, Urganch, Xiva, Marv, Numijkat, Isfijob, Ushturkat, Chagʻoniyon kabi shaharlarda savdo-sotiq qadimdan rivojlangan. Ayniqsa, oʻrta asrlarga kelib nafaqat shaharlarda, balki juda koʻp yirik qishloqlarda ham tim, toki, chorsu deb nomlangan gavjum bozorlar boʻlgan (Qarnob choʻl yoqasidagi, Narpay tumanidagi katta qishloq Tim deb ataladi. 10-asrda bu manzil katta savdo markazi boʻlgan, uning timi saqpanmagan). Gumbazli timlar eng gavjum chorrahachorsularda joylashgani uchun ham shaharning meʼmoriy qiyofasini belgilagan. Yengil yogʻoch tomli, ustunayvonli timlar ham koʻp boʻlgan. Chorrahalarda qurilgan tim, chorsu namunalarini Samarqand va Shahrisabz (17-asr), Xiva (Olloqulixon timi), Buxoro (Abdullaxon tilsh)dagi timlar misolida kuzatish mumkin. Samarqand chorsu B.i atrofida miskarlik, kulolchilik, sangtaroshlik, mahsidoʻzlik, najjorlik, sahhoflik, zargarlik kabi doʻkonlar joylashgan. Chorsu B.i gumbazli qilib qurilgan. Savdo doʻkonlarida matolar, ulardan tikilgan kiyim-kechaklar sotilgan. Rastalarda esa hoʻl mevalar va anvoyi shirinliklar koʻp boʻlgan. Shahrisabzdagi ulkan gumbazli Chorsu B.i (1598—1602)ning toʻrt tomonida qoʻsh tabaqali darvozasi bor edi. Gumbaz ostidagi savdo rastalari boʻylab toʻrt burchakli xonalar joylashgan. B.larda savdo rastalari muayyan mollar yoki hunarmandchilik mahsulotlariga moʻljallangan. Baʼzan mahsulot shu yerning oʻzida ishlab chiqarilib haridorlarga sotilgan. Maye, Buxoro zargarlar rastasi (Toqi Zargaron), Sarroflar rastasi (Toki Sarrofon), Miskarlar rastasi (Toqi Miskaron) va boshqa Oʻrta asrda Toshkentning markaziy B.ida 3 mingdan ortiq doʻkon maxsus rastalarga joylashgan. Xorazm vohasidagi Xiva B.ida 260 doʻkon, Urganchda 300, Qoʻngʻirotda 315, Xoʻjaylida 150 ga yaqin doʻkon boʻlgan. Shahar va qishloqlarda muayyan kunga belgilangan (seshanba, chorshanba, juma kabi) katta B.lar boʻlib, ularga butun Markaziy Osiyo va chet ellardan savdogarlar kelgan. B.da savdogar, doʻkondor, kosib, dehqon va mayda bozorchilar savdo qilishgan.
B. doʻkonlarini eng boy savdogar va qunarmandlar egallagan. Bunday B.lardagi yirik karvonsaroylar va ombor (kappon)lar ulgurji savdo markazlari hisoblangan. Karvonsaroylarning soniga qarab hatto savdo-sotiqning hajmi belgilangan (mas, Toshkentda 45, Buxoroda 50 ga yaqin, Samarqandda 25, Xiva va Qoʻqonda 10 dan ortiq karvonsaroylar boʻlganini va ularda savdo-sotiq ancha rivojlanganligi yozma manbalardan maʼlum). Karvonsaroylarda va savdo rastalarida savdo ishlarida xizmat qiladigan qorovul, hammol, farrosh, yuk tashuvchi va joylashtiruvchi mardikorlar koʻp boʻlgan. Yirik savdogarlar maxsus mirzolarni saqlagan. Mirzolar barcha savdo ishlarini, ayniqsa ulgurji savdoni rasmiylashtirishda bevosita ishtirok qilgan. Hisobkitob ishlarini kosid boshqargan. Yirik savdogarlar maxsus jamoaga birikkan. Uni jamoa aʼzolarining eng obroʻli katta savdogarlar orasidan saylangan oqsoqol karvonboshi boshqargan. Jamoaga savdogarlar tabaqasining yirik namoyandalari kirgan. Oʻz navbatida ayrim savdo rastalari birikib shu rastadagi doʻkonlardan oʻzining oqsoqolini (baʼzi joylarda rais ham deyiladi) saylaganlar. Oqsoqol savdo tartiblari va qoidalariga amal qilinishini kuzatib, haridorlar va savdogarlar orasidagi mojaroning hal qilinishiga, baʼzan tashkaridan kelgan molning doʻkonlar orasida odilona tarqatilishiga bosh boʻlgan.
Buxoro amirligi va Xiva xonligi bilan Rossiya oʻrtasidagi savdo aloqalari ayniqsa Zakaspiy temir yoʻl qurilgach, ancha rivojlangan. Toshkentdagi Eski joʻva B.i karvonlar kelibketadigan yirik savdo markazi boʻlgan. Shaharning barcha darvozalaridagi yoʻllar B.ga kelib taqalgan. Atrofida karvonsaroy, omborxona, ustaxonalar, doʻkonlar va boshqa joylashgan. 19-asr 2-yarmidan boshlab bu yerda sanoatchi boylar oʻz doʻkonlari, omborlari va idoralarini qurishgan. Fargʻona vodiysida oʻzining kattaligi va savdo aylanmasi jihatidan Qoʻqon B.i alohida ajralib turadi. Oʻzining obodonligi va qulayligi bilan Buxoro Bozor mintaqada birinchi oʻrinda turgan. Ipak gazlamalari bilan butun Sharqda tanilgan Margʻilonda qatorqator tizilgan doʻkonlar (koʻcha boʻylab 2,5 km gacha choʻzilgan)da savdo-sotiq qilingan.
O’zbekiston o’rta asrlar savdo inshoatlari
Toki Zargaron Persian Uzbtaj-Buxoro,O'zbekistonning tarixiy markazida joylashgan an'anaviy yopiqbozor. XVI asrda , aniqrog'i 1586-1587 yillarda, Shayboniylar o'zbek sulolasidan Abdullohxon II davrida qurilgan. Buxorodagi bir necha eski yopiq bozorlar orasida eng kattasi va shaharda qurilish va tartibga solish bo'yicha eng murakkab. 20-asrning o'rtalariga qadar u odatdagi bozor sifatida ishlatilgan bo'lib, u erda asosan zargarlik buyumlari sotilgan, ammo bozorning bir qismi odatdagi bozor sifatida ishlatilgan bo'lib, u erda turli xil aksessuarlar sotilgan. Yopiq bozorning binosi an'anaviy forscha uslubda qurilgan bo'lib, Eronning Tehron, Isfahon, Sheroz, Tabriz yoki Mashhad kabi qadimiy shaharlaridagi o'xshash yopiq an'anaviy bozorlardan farq qilmaydi.
Toki Zargaron nomi fors va tojik tillaridan kelib chiqqan va zargarlarning Kupole (Zargar - zargar, Zargaron - zargar) deb tarjima qilingan, chunki ushbu bozor mavjud bo'lgan dastlabki bir necha asrlarda u juda ko'p sonli uy (ko'proq 35) zargarlik ustaxonalari va do'konlari, bu erda oltin, kumush va boshqa qimmatbaho toshlar va metallardan yasalgan zargarlik buyumlari, qimmatbaho toshlardan tayyorlangan buyumlar va aksessuarlar vametall, oltin, kumush va mis tangalar zarb qilingan, shu jumladan Buxoro tanga tangalarining bir qismi - Buxoro xonligi pul birligi, keyin esa Buxoro amirligi. Yopiq bozor binosi atrofida omborlar, karvonsaroylar, mehmonxonalar, savdo do'konlari qurilgan
Bino katta gumbaz bilan bir qatorda kichikroq gumbazlarga ega. Keramika g'ishtlari bilan qurilgan. Hozirgi kunda Toki Zargaron sayyohlarning mashhur diqqatga sazovor joyi bo'lib, uning ichida asosan yodgorlik do'konlari va qadimiy buyumlar, esdalik sovg'alari, hunarmandchilik buyumlari, masalan idish-tovoq, kiyim-kechak, tanga, zargarlik buyumlari, haykalchalar, gilamchalar, kitoblar, musiqa asboblari, rasmlar va boshqalar sotiladi. , shuningdek, zargarlar va temirchilar ustaxonalari. Bozor binosi Buxoroning tarixiy markazida, Xakikat va Xo'ja Nurobod ko'chalarida, Poi-Kalyan ansamblidan 20 metr shimoli-sharqda, Ulug'bek madrasasi yaqinida joylashgan.
Toqi Sarrofon (fors. ططqی صrاfآn / Tâqi Sarrafân; o'zbek va tojik Toqi Sarrofon / Toqi Sarrofon) - bu Buxoro, O'zbekistonning tarixiy markazida joylashgan an'anaviy yopiq bozor. U XVI asrda, aniqrog'i 1534-1535 yillarda, Shayboniylarning o'zbek sulolasidan bo'lgan Ubaydulla Xon davrida qurilgan. Buxorodagi bir nechta yopiq bozorlardan biri. 20-asrning o'rtalariga qadar u oddiy bozor sifatida ishlatilgan bo'lib, u erda kundalik narsalar va aksessuarlar sotilib, Buxoroning asosiy yopiq bozorlaridan biri bo'lgan. Yopiq bozorning binosi an'anaviy forscha uslubda qurilgan va Eronning qadimiy shaharlari, masalan Tehron, Isfahon, Sheroz, Tabriz yoki Mashhaddagi o'xshash yopiq an'anaviy bozorlardan farq qilmaydi.
Toki Sarrofon nomi fors va tojik tillaridan kelib chiqqan bo'lib, Kupol o'zgargan (Sarrofon - pul ayirboshlovchilar, Sarrofon - pul ayirboshlovchilar) deb tarjima qilingan, chunki bu bozor mavjud bo'lgan dastlabki bir necha asrlarda juda ko'p miqdordagi valyutachilar va unda savdogarlar joylashgan bo'lib, Xorazm xonligi, Qo'qon xonligi, Eron imperiyasi, Afg'oniston, Rossiya imperiyasi, Arabiston, Usmonli imperiyasi, Xitoy imperiyasi, Hindiston savdogarlari va savdogarlari tomonidan Buxoroga kelganlar o'rtasida valyuta almashinuvi mavjud edi.
Bugungi kunda Toki Sarrophon mashhur diqqatga sazovor joy bo'lib, uning ichida asosan yodgorlik do'konlari va antiqa buyumlar, esdalik sovg'alari, idish-tovoq, kiyim-kechak, tanga, zargarlik buyumlari, haykalchalar, gilamchalar, kitoblar, musiqa asboblari, rasmlar va boshqalarni sotadigan savdo do'konlari joylashgan. Buxoroning tarixiy markazida, Bahouddin Naqshbandiy va Arabon ko'chalarida, Shahrud kanalining yonida (ushbu kanalning katta qismi hozirda er osti), Lyabi Xauz majmuasidan yuz metr janubi-g'arbda joylashgan. Bozor inosining bir qismida xuddi shu nomdagi kichik masjid, shun
Buxoroning qolgan me'moriy, arxeologik, diniy va madaniy yodgorliklari bilan birgalikda "Buxoroning tarixiy markazi" nomi bilan YuNESKOning Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan.
Toki Telpakfurushon (fors. ططqy زrگrاn / Tâqi Tilpakfuruŝân; o'zbek va tojik toki Toqi Telpakfurushon / To'qi Telpakfurushon) - bu Buxoro shahrining tarixiy markazida joylashgan O'zbekistonning an'anaviy yopiq bozori. XVI asrda, aniqrog'i 1570-1571 yillarda, Shayboniylarning o'zbek sulolasidan Iskandar Xonning rasmiy davrida qurilgan. O'sha paytdagi Buxoro xonligining haqiqiy hukmdori uning o'g'li Abdullohxon II edi. Buxorodagi bir necha eski yopiq bozorlardan biri. 20-asrning o'rtalariga qadar u odatdagi bozor sifatida ishlatilgan bo'lib, u erda asosan zargarlik buyumlari sotilgan, ammo bozorning bir qismi odatdagi bozor sifatida ishlatilgan bo'lib, u erda turli xil aksessuarlar sotilgan. Yopiq bozorning binosi an'anaviy forscha uslubda qurilgan bo'lib, Eronning Tehron, Isfahon, Sheroz, Tabriz yoki Mashhad kabi qadimiy shaharlaridagi o'xshash yopiq an'anaviy bozorlardan farq qilmaydi.
Toki Telpakfuruson nomi fors va tojik tillaridan kelib chiqqan va bosh kiyimlar savdogarlari Kupol deb tarjima qilingan (Telpak - qo'y junidan tikilgan an'anaviy massiv bosh kiyim), chunki ba'zi davrlarda u ko'plab do'kon va bosh kiyimlar do'konlarini joylashtirgan, ularda har xil turdagi erkaklar va ayollar dubulg'alari, ulkan jun shlyapalar, shlyapalar va shlyapalar va boshqalar. Ilgari ushbu yopiq bozor Toki Kitobfuruson (Kitob sotuvchilari gumbazi), Toki Chorsuxi Ohanin (Temir gumbazi) nomi bilan ham tanilgan. aksessuarlar), Toki Xoja Muhammad Parron (Xoja Muhammad Parron gumbazi). Yopiq bozor binosi atrofida omborlar, karvonsaroylar, mehmonxonalar va savdogarlar do'konlari qurilgan.
Bino katta gumbaz bilan bir qatorda kichikroq gumbazlarga ega. Keramika g'ishtlari bilan qurilgan. Bugungi kunda Toki Telpakfurushon mashhur diqqatga sazovor joy bo'lib, uning ichida asosan eskirgan buyumlar, esdalik sovg'alari, hunarmandchilik buyumlari, masalan idish-tovoq, kiyim-kechak, tangalar, zargarlik buyumlari, haykalchalar, gilamchalar, kitoblar, musiqa asboblari, rasmlar va hk. shuningdek, ustaxonalar. Bozor binosi Buxoroning tarixiy markazida, Xakikat ko'chasida, qadimiy shaharning boshqa diqqatga sazovor joylari yonida joylashgan.
Buxoroning qolgan arxitektura, arxeologik, diniy va madaniy yodgorliklari bilan birgalikda YuNESKOning Butunjahon merosi ro'yxatiga "Buxoroning tarixiy markazi" nomi bilan kiritilgan.
Toki Sarrofon nomi fors va tojik tillaridan kelib chiqqan bo'lib, Kupol o'zgargan (Sarrofon - pul ayirboshlovchilar, Sarrofon - pul ayirboshlovchilar) deb tarjima qilingan, chunki bu bozor mavjud bo'lgan dastlabki bir necha asrlarda juda ko'p miqdordagi valyutachilar va unda savdogarlar joylashgan bo'lib, Xorazm xonligi, Qo'qon xonligi, Eron imperiyasi, Afg'oniston, Rossiya imperiyasi, Arabiston, Usmonli imperiyasi, Xitoy imperiyasi, Hindiston savdogarlari va savdogarlari tomonidan Buxoroga kelganlar o'rtasida valyuta almashinuvi mavjud edi
Bugungi kunda Toki Sarrophon mashhur diqqatga sazovor joy bo'lib, uning ichida asosan yodgorlik do'konlari va antiqa buyumlar, esdalik sovg'alari, idish-tovoq, kiyim-kechak, tanga, zargarlik buyumlari, haykalchalar, gilamchalar, kitoblar, musiqa asboblari, rasmlar va boshqalarni sotadigan savdo do'konlari joylashgan. Buxoroning tarixiy markazida, Bahouddin Naqshbandiy va Arabon ko'chalarida, Shahrud kanalining yonida (ushbu kanalning katta qismi hozirda er osti), Lyabi Xauz majmuasidan yuz metr janubi-g'arbda joylashgan. Bozor binosining bir qismida xuddi shu nomdagi kichik masjid, shuningdek Sarrophon hamamasi joylashgan
Buxoroning qolgan me'moriy, arxeologik, diniy va madaniy yodgorliklari bilan birgalikda "Buxoroning tarixiy markazi" nomi bilan YuNESKOning Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan.
Toki Zargaron nomi fors va tojik tillaridan kelib chiqqan va zargarlarning Kupole (Zargar - zargar, Zargaron - zargar) deb tarjima qilingan, chunki ushbu bozor mavjud bo'lgan dastlabki bir necha asrlarda u juda ko'p sonli uy (ko'proq 35) zargarlik ustaxonalari va do'konlari, bu erda oltin, kumush va boshqa qimmatbaho toshlar va metallardan yasalgan zargarlik buyumlari, qimmatbaho toshlar va metallardan tayyorlangan buyumlar va aksessuarlar, zarb qilingan oltin, kumush va mis tangalar, shu jumladan Buxoro tanga tangalarining bir qismi - Buxoro xonligi va undan keyin Buxoro amirligining pul birligi zarb qilingan. Yopiq bozor binosi atrofida omborlar, karvonsaroylar, mehmonxonalar, savdo do'konlari qurilgan
Bino katta gumbaz bilan bir qatorda kichikroq gumbazlarga ega. Keramika g'ishtlari bilan qurilgan. Hozirgi kunda Toki Zargaron sayyohlarning mashhur diqqatga sazovor joyi bo'lib, uning ichida asosan yodgorlik do'konlari va qadimiy buyumlar, esdalik sovg'alari, hunarmandchilik buyumlari, masalan idish-tovoq, kiyim-kechak, tanga, zargarlik buyumlari, haykalchalar, gilamchalar, kitoblar, musiqa asboblari, rasmlar va boshqalar sotiladi. , shuningdek, zargarlar va temirchilar ustaxonalari. Bozor binosi Buxoroning tarixiy markazida, Xakikat va Xo'ja Nurobod ko'chalarida, Poi-Kalyan ansamblidan 20 metr shimoli-sharqda, Ulug'bek madrasasi yaqinida joylashgan.
Buxoroning qolgan arxitektura, arxeologik, diniy va madaniy yodgorliklari bilan birgalikda YuNESKOning Butunjahon merosi ro'yxatiga "Buxoroning tarixiy markazi" nomi bilan kiritilgan.
Tim (fors.toj.) — usti yopiq bozor, savdo rastasining baland tomi, gumbazi. Tim lar qadimda asosan yirik shahar markazlarida, koʻchalar kesishgan chorraha, chorsu, guzar maydonida, karvonsaroylar yaqinida joylashgan. Usti ulkan gumbaz bilan qoplanib, bir necha hunarmandlik doʻkonlari va savdo rastalarini oʻz ichiga olgan. Timlar shahar meʼmoriy qiyofasini belgilashda muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Sugʻdlarning shahar ichidagi bozorlari va savdo rastalari arab manbalarida "suk" deb, chorrahada joylashganlari "choxorsuk" yoki chorsu deb yuritilgan. Keyinchalik 4 tomoni kesishgan koʻcha markazida joylashgan savdo tarmoqlari toqlar qurilgan. Narshaxay, Klavixo, E.Jekinson va boshqalarning esdaliklarida Timlar qurilishi haqida maʼlumotlar saqlangan. Abdullaxon timi, Olloqulixon karvonsaroyi va timi kabi noyob meʼmoriy yodgorliklar hozirgi kunda mahalliy savdo markazlari sifatida oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. TIMAN KRYAJI Sharqiy Yevropa tekisligining shim.sharqidagi qirlar. Shim.gʻarbda Barens dengizining Chesha qoʻltiqchasidan jan.sharkda Vichegda daryosining boshlanish yerigacha choʻzilgan (RF Komi Respublikasi va Arxangelsk viloyatida). Uz. 900 km ga yaqin. Tim granit, siyenit, kristalli slanets kabi jinslar bilan, yer usti esa antropogen davri quruqlik va dengiz yetqiziklari bilan krplangan. Eng baland joyi 471 m (Chetlasskiy Kamen).
Timning shim. qismi tundra va oʻrmonli tundra, jan. kismi tayga zonasida (qoraqaragʻay, oqqaragʻay, qaragʻay oʻsadi). Titan minerallari (Yarega), boksit (Chetlasskiy Kamen), neft va gaz (Us, Vuktil va boshqalar) konlari bor.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Toshkent bozorlari
Toshkent Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan O‘rta Osiyoning qadimiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy markazlaridan biri bo‘lgan. SHahar muhim geografik o‘rinda – SHarq va G‘arb mamlakatlari bilan savdo-sotiq yo‘lida joylashganligi sababli, bu erga har yili yuzlab savdo karvonlari kelib turgan.
Toshkentni istilo qilishda qatnashgan rus rassomi V. Vereshchaginning yozishicha, «Men ko‘rgan SHarq shaharlarining hech birini kengligi jihatidan Toshkentliklarning bozoriga tenglashtirib bo‘lmaydi. Undagi do‘konlar kichkina bo‘lsada, son-sanoqsiz. Aytish qiyin, Toshkentda do‘kondorlik hunari bilan shug‘ullanmaydigan biron-bir kishi bormikan? Tushda bozor rosa qiziydi, savdo ishlari yanada jonlanadi, odam juda tiqilinch bo‘lib ketadi, ko‘chalarda eshak, ot va tuyalarning ko‘pligidan yurish qiyinlashadi….»
“Umuman savdo masalasiga kelsak,” – deb yozadi Vereshchagin “Toshkentning raqibi yo‘q. U O‘rta Osiyoning asosiy savdo yo‘li ustida joylashgan bo‘lib, Buxoro va Qo‘qondan Rossiyaga va aksincha o‘tadigan karvonlar to‘xtab o‘tadigan shahardir.”
1813 yili Toshkentda bo‘lgan elchi Filipp Nazarov esa shaharni turli mamlakatlardan tinmay karvonlar kelib-ketadigan yirik savdo punkti deb ta’riflaydi.
Rus tarixchisi V. Masalskiy Eskishahar bozorining 1908-1910 yillardagi ko‘rinishini quyidagicha tasvirlaydi. Bir qismi timdan iborat bozorda 4500 ta do‘kon, choyxona, oshxona, ustaxona va karvonsaroy borki, ular bozor kunlari nihoyatda tiqilinch bo‘ladi. Bozorga tutashgan ko‘chalar va bozorning o‘zi shaharliklar, daladan kelgan dehqonlar, tuya karvonlari, otliqlar, aravalar bilan shu qadar to‘lib ketganki, yurishga iloj bo‘lmay qoladi. Allofu qandolatchi, kallapazu kaboppaz, bazzozu somsapaz, misgaru chilangar, novvoy-yu holvafurushlarning baqiriq chaqirig‘i, gadolarning xayru sadaqa tilashi, qalandaru maddohlarning qiroatli o‘qishlari, tuyalarning bo‘kirishi-yu, eshaklarning hangrashi aralash-quralash bo‘lib ketadida, bu mahobatli guldiros bozordan olis-olislargacha eshitilib turadi.
Bozor faqat savdo-sotiq bilan xizmat qilibgina qolmay, shahar xalqi hordiq chiqaradigan joy ham edi. SHahar hokimining turli farmonlari masjidlarda ma’lum qilingandan tashqari, yana bozorda jarchilar tomonidan e’lon qilinardi. O‘rta Osiyoning boshqa yirik shaharlarida bo‘lgani kabi bu erda ham, hayit va ro‘za kunlari bozorshab (kechki bozor) o‘tardi. Bozorshabda shaharning markaziy ko‘chalaridan biri, yoki maydoni bezatilib, ko‘chaning ikki chetidagi choyxona va do‘konlar oldiga chorpoyalar qo‘yilib, har xil meva-cheva, oziq-ovqatlar sotilgan. Karnay-surnay va nog‘oralar chalinib, maxsus jarchilar odamlarni bozorshabga chorlab turgan. Bir tomonda dorbozlar, masxarabozlik va ko‘g‘irchoqbozlik, bir tomonda kurash va o‘rgatilgan hayvonlar tomoshasi bo‘lib turgan. CHoyxonalarda sozanda, xonanda, askiyachi, qiziqchi va raqqoslar o‘z hunarlarini namoyish qilganlar.
XIX asrning o‘rtalarida Rossiya va boshqa Evropa savdogarlarining Toshkent bozoriga intilishi natijasida Eskijo‘va bozori yanada gavjumlashadi. Natijada, turli savdo firmalari bu bozorda o‘z idora va magazinlarini quradilar. Jumladan, savdogar YAushevlarning Mahsido‘zlik ko‘chasidagi mahalliy firmasi va ular bilan ish olib borgan (2005 yilda buzilib ketgan) Emil Sindelning gazlama firmasining idorasi uchun qurilgan binosi kabilar. Bino keyinchalik xalq orasida «Sindel dom» nomi bilan mashhur topgan. 1928 yilda «Sindel» firmasi joylashgan binoda «YOsh tomoshabinlar teatri» tashkil qilindi.
Hunigdek, Eskijo‘va bozori hududida Graxovskiy, Nikifrov, Zaxo, YU.Davidov va SHamsi Asatulla o‘g‘illarining turli mahsulotlar bilan savdo qiluvchi magazinlari va idoralari o‘z ishlarini boshlaydi. Eskijo‘va bozori davriga qarab turli nomlar bilan atalgan. Quyida ana shu Eskijo‘va bozorining turli davrdagi nomlarini izohlashga harakat qilamiz:

Download 66,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish