Toshkent arxitektura qurilish instituti «arxitektura» fakulteti



Download 66,09 Kb.
bet8/10
Sana11.06.2022
Hajmi66,09 Kb.
#656562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-2-BOB

Piyonbozor – 1866 yilda o‘sha davrdagi shaharning ruslar yashaydigan qismi chekkasida YAkshanba bozor (Voskresenskыy bazar) ochiladi. Savdoning asosiy qismini spirtli ichimliklar bilan savdo qiluvchi do‘konlar, mayxonalar tashkil qilgan. Mahalliy aholining ayrim boyvachchalari, bu joyga kelib kayfu safo qilib turishgan. Mahalliy xalq iborasi bilan Piyon bozor deb nomlanishi shundan. Bozor 1930 yilgacha mavjud bo‘lgan. Keyinchalik bu hududda Alisher Navoiy nomli teatr qurilgan. 1947 yildan bu hudud Teatr maydoni nomi bilan atala boshlangan.
Qaymoqbozor – Eskijo‘va bozoridan keyingi eng katta bozor hisoblangan. Toshkent hokimi YUnusxo‘ja hukmronligi davrida qurilgan va 1810 yilda Qo‘qon xonligi bosqini davrida vayronaga aylantirilgan Kichik o‘rda deb nomlanuvchi o‘rda vayronalari tepaligi o‘rnida bo‘lgan. SHayxontohur darvozasiga yaqin bo‘lgan. Asosiy savdosi chorva mahsulotlari bo‘lgan. Bozorning «Qaymoqbozor» deb nomlanishi shundan. Bozor tahminan SHayxontoxur, A.Navoiy, A.Qodiriy va Anhor kanali oralig‘ida bo‘lgan.
CHorsu bozori
Post Views: 2 552
CHorsu bozori qadimdan Toshkent hududidagi eng yirik savdo markazi bo‘lib kelgan. YOzma manbalardan mazkur bozorning nomi turli davrlarda turlicha bo‘lganligi ma’lum. Bu: “CHorsu”, “Jo‘‘ba”, “Registon”, “Eski Juva” “Bolshoy bazar” (katta bozor) nomlaridir.
“CHorsu” qadimiy so‘z bo‘lib, dastlab zardushtiylarning kitobi “Avesto”da “chovurchuq” (“to‘rt tomonlama”) shaklida uchraydi va “bozor” ma’nosini anglatadi. Keyinchalik bu so‘z “chahorsu” va nihoyat “chorsu” shaklini olgan; “chorsu” deganda “gumbazli bozor” tushunilgan. XI asrga kelganda Turkiston shahar ko‘chalarining har ikki tomoni bozor – rastalardan iborat bo‘lib, ko‘chalar kesishgan joydagi bozor maydoni, ya’ni markaziy gumbaz “chorsu” deb atalgan. So‘zning ma’nosidan CHorsu bozori o‘rta asrlarda shaharning markazida joylashganligi aniq bo‘ladi. Ba’zi tadqiqotlarda “chorsu” faqat to‘rt yul emas, balki besh, olti, undan ham ko‘proq yullar kesishgan joy ekani ta’kidlangan. Darhaqiqat, bozor hududida shaharning barcha darvozalaridan kelgan yullar tutashgan. Bunday joylarda savdo rastalari, kosiblarning do‘konlari joylashgan.
X–XVI asrlarga oid manbalarida bozor “Juba” va “Registon” shakllarida ham uchraydi. O‘rta Osiyolik tarixchi Narshaxiyning (X asr) asarida “jo‘ba” – “bozor maydoni” ma’nosida uchraydi.
CHorsu bozorining “Registon” deb nomlanganiga sabab – XV–XVII asrlarda shahar markazida bozorga yaqin hududda bo‘lib, unda Xo‘ja Ahror qurdirgan jome masjidi va madrasa (1451 y.), keyinchalik Abulqosim shayx madrasasi (XVI a.), Ko‘kaldosh madrasasi (XVI a.) va uning yaqinida Beklarbegi madrasasi (1835 y.) qurilgan. Mazkur binolar joylashgan maydon “Regison” deb nomlangan. Aslida bu so‘z “qumloq maydon” ma’nosini anglatadi, ya’ni bu erda katta maydon bo‘lgani ma’lum. Natijada uning yaqinida joylashgan bozorning nomi mazkur maydonning nomi bilan atala boshlangan.
XIX asrga oid yozma manbalarda markaziy bozor “Jo‘ba” va “CHorsu” deb tilga olinadi. Jumladan Muhammad Solih ham “Tarixi jadidayi Toshkand” asarida Registondagi bozorni savdo markazi sifatida ta’riflab, u xalq tomonidan “Jo‘ba”, kitoblarda esa “Jo‘ybor” deyilishini yozadi. Muallif bozor haqida qimmatli ma’lumotlar keltirgan.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida ham CHorsu bozori shaharning geometrik markazida, Toshkentning to‘rt dahasi tutashgan erida joylashgan. U shaharning asosiy bozori hisoblangan. Bu haqda o‘sha davr yozma manbalarida qayd etilgan. Mazkur davrga oid rus manbalarida CHorsu bozori “Bolshoy bazar” (“Katta bozor”), “Glavnыy bazar” (“Asosiy bozor”) deb qayd etilgan. Ularda CHorsu bozori haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan.
Masalskiyning yozishicha, mazkur davrda bozorning uzunligi shimoldan janubga 800 m. bo‘lib, eni 500 m. chamasida edi. Bozor tim va rastalardan (4500 do‘kon) iborat bo‘lgan. Har bir rastaga mol sifatini va narxini nazorat qilib turadigan rasta oqsoqoli saylangan. M.Pospelov va T.Burnashevlar rasta va do‘konlar savdogarlar uchun mollarning xiliga qarab qurilganligi ta’kidlaganlar. SHu sababdan rastalarning nomi sotiladigan mol bilan, do‘konlar esa, odatda egasining nomi bilan atalgan (go‘sht rastasi, shoyi gazlamalar rastasi, SHarifboy do‘koni). A.K.Geyns keltirgan bozor va rastalarning ro‘yxati ham diqqatga sazovordir: un bozor, kigiz bozor, qo‘y bozor, go‘sht rastasi, nonvoylik rastasi, kovush bozor, yog‘och bozor, temirchilik rastasi, chitfurushlik rastasi, sham bozor, bazzozlik rastasi, pichoqchilik rastasi, paxta bozor, tamaki bozor, tovoq bozor, zargarlik rastasi, misgarlik rastasi, choyfurushlik rastasi, egar bozori va hokazo. Muallifning habar berishicha, bozordagi savdo rastalarining umumiy soni 1500 taga etgan va bunday rastalar karvonsaroylarda ham bo‘lgan.
Amerikalik sayyoh va diplomat YUdjin Skayler 1873 yili Toshkentga kelganda Eski shahar bozori unda katta ta’sir qoldirganini ta’kidlagan. U asosiy bozor chorshanba kuni, shahar atrofidagi hududlardan savdogarlar o‘z mollari bilan kelganlarida, yig‘ilishini yozgan. Sayyoh bozorda hunarmandlar ham buyum ishlab chiqarib, ham uni shu erda, maxsus ochgan peshtoqlarida sotishlariga alohida ahamiyat bergan. Lekin bozorda faqat ko‘p xarid qilinadigan buyumlar ishlab chiqarilishini, asosiy ustaxonalar esa mahallalarda joylashishini, shuningdek, sotuvchilar ishsiz qolmaslik uchun mahsulotlarni katta miqdorda sotmasliklarini, bozorda rastalar sotiladigan molga qarab joylashishi, ya’ni bir turdagi mahsulot sotuvchilar boshqa xil mol sotuvchilardan alohida o‘rinlarda turib savdo qilishi haqida bayon qilgan.
Markaziy bozor atrofida bir turdagi mahsulot sotiladigan kichikroq bozorlar ham bo‘lgan. Ular sotiladigan mahsulotning nomi bilan atalgan. Bunday maxsus bozorlar joylashgan mahallaga mazkur bozorning nomi berilgan (Gulbozor, G‘o‘zabozor, Bo‘yrabozor, Xodabozor).
Bozor atrofida ustaxonalar, hunarmand-kosiblar yashaydigan mahallalar joylashgan. Ko‘p hollarda bunday mahallalar u erda istiqomat qiluvchi hunarmandlarning kasb-hunarining nomi bilan atalgan (Degrez, Kallaxona, Pichoqchilik, Kaduvot, Parchabof, Temirchii, O‘roqchilik, Kovushfurushlik, Ziroatfurush, Qoshikchilik va b.).
CHorsu bozorida nafaqat shahar ichida ishlab chiqarilgan, balki tashqi hududlardan keltirilgan mollar ham sotilgan.
XIX asrning oxirlaridan boshlab bu erda mahalliy va evropalik boylar o‘z do‘konlari, omborlari, banklari va savdo idoralarini qurdira boshlaganlar.
CHorsu bozori nafaqat savdo markazi edi, balki bu erda shahar aholisi turli yangiliklardan bohabar bo‘lgan, sababi hokimining turli farmonlari mahallalardagi masjidlarda ma’lum qilinganidan tashqari, yana shahar bozorida ham jarchilar tomonidan e’lon qilinardi. SHuningdek, mazkur bozor aholi dam olib hordiq chiqaradigan joyi ham bo‘lgan. Undagi turli taomlar tayyorlanadigan oshxona, choyxonalar xizmatidan tashqari, maydonida xalq san’ati namunalaridan dor o‘yini, kulgi-hazil sahnalar namoyish etilardi. O‘rta Osiyoning boshqa yirik shaharlarida bo‘lgani kabi, Toshkentda ham hayit va Ro‘za kunlari bozorshab (tungi bozor) o‘tardi. Bu haqda Muhammad Solih shunday yozgan: “Bozorning do‘kon-rastalari CHorsudagi qandolatpazlik do‘konigacha davom etadi. Ramazon oyida bu erda kechasi ham bozor bo‘ladi, xalq savdo-sotiq, har xil o‘yin-kulgi qiladi”.

Xulosa:
Shaharlarda savdo shakillanishi bilan savdo inshoatlariga bo’lgan talab ham ortib borgan.O’rta asrlardagi shaharlar Samarqand Buxoro Xiva va boshqa shaharlarda katta katta savdo inshoatlari bo’lgan bu inshoatlarning tarixiga qarasak maslan: Buxoro bozorlari to’rt tomonida karvon kiradigan darvoza bo’lgan bu darvozalar karvonlarni bozor ichiga kurishiga qulaylik yaratgan.Karvonlar bir tomondan kirib ikkinchi tomondan chiqib ketishgan.Yo’laklar chetida rastalar bo’lib ular karvonlarni yukini sotib olish va ularga yuk sotish uchun qulay bo’lgan .Bozorlarni nomi ularni qanday mahsulot sotish haqida dalolat berib turgan .Masalan Toqi zargaron zargarlik buyumlarini sotadigan bozor bo’lib ular ular asosan taqinchoq ,zebziynat mahsulotlarini sotlarini sotishgan.Toqi telpakfurushon asosan bosh kiyim savdosi bilan shugullangan bozor bo’lgan.Toqi sarrafon pul ayri boshlaydigan bozor,yani hozirgi( valutchiklar)barcha davlatlardan kelgan karvonlarni shu davlatda ishlatiladigan pul bilan taminlagan.Faqat pul ayri boshlaganliklari uchun bu bozor qolgan bozorlarga nisbatan kichikroq bo’lgan.Savdo bozorlaridan eng kop tarqaigani bu ‘’CHORSU’’lar bu qanday bozor u nimaga ‘’CHORSU’’deb ataladi degan savol tug’uladi.CHORSU bozorlari chorraxalarda joylashgan bo’lib ularda chorraxada joylashgan to’rt tomonda to’rtta bozoy bo’lgan masalan:bir tomoni zargarlik ,bir tomoni sarroflik, bir tomini kiyim kechak, yana bir tomini oziq ovqat mahsulotlari sotadigan bozor bolgan.To’rt tomoni to’rt hil bo’lganligi uchun CHORSU ‘’ chor’’- to’rt ‘’su ‘’-bozor manosini beradi.
Karvon-saroylar karvonlarning dam olish uchun quriladigan turar joy bonisi hisoblanadi.Karvon-saroylar har 30 35 km masofaga qurilgan .Karvon-saroylarda nafaqat dam olish uchun joy balki xonaqoxlar ,og’ilxonalar,omborxonalar .yashash uchun joy, masjidlar ham bo’lgan.Karvon-saroylar vujudga kelishi ko’p jihatdan RABOTlarga bog’liq chunki dastlab islom davlatlari o’zlari fatx etishga mamlakatlarda faol harbiy harakatlar olib borishda rabotlardan foydalanilgan.ular asosan buyuk ipak yo’li yoqasida joylashgan.Xasrda islomni qabul qilgandan keyin rabotlar asta sekinlik bilan karvon-saroylarga xizmat qilishni boshlagan.
Hozirda yangi zamonga mos barcha talablarga javob beradigan muhtasham bozorlar qurilmoqda.Bozorlarni o’rni har doim o’z qiymatini yo’qotmagan ,o’rta asrlarda qurilgan bozorlar va ularni hozirgi kunga moslashtirish va memorchiligini tiklash va borlarini yangi avlodga qoldirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
O’rta asrlarda bozorlar o’rni uning jamiyatdagi axamyati va barcha jabhalarini o’rganib ularni hozirgi kunga moslashtirish zarur.O’rta asrlarda hamma bozorlarda o’z ustaxonalari mavjud bo’lgan.bu hozirda turizmni rivojlantirishning eng katta yutiqlaridan biri bo’ladi.Ustalar qo’lida ishlanayotgan narsalar o’z haridorlariga ega bo’ladi buni ko’p misollar bilan izohlash mumkin.Masalan :Samarqanddagi Obiraxmat arig’i yonidagi qog’oz ishlab chiqish majmuasi barcha sayyohlarni o’ziga chorlaydi.O’rta asrlar bozorlari yutuqlarini olb chiqish uchun ulardagi huddi o’sha ‘’ ustaxonalarni’’ hozirgi bozorlarga joriy qilish borlarini takomillashtirish va sayyohlarni etiborini tortadigan maskankar yaratish maqsad qilib olish kerak.Bu naralar o’z samarasini ko’rsatmay qolmaydi.Turizmdagi yutuqlarni salmog’ini oshiradi.Samarqandda qurilayotgan temirchilik bozorlari ham bu ishning boshlanishini ko’rish mumkin.Bu tajribani qator mamlakatlar qilib yutuqlarga erishgan.o’sha muhitni shakillantirish maqsadida ustalarni ham milliy kiyimda milliy qurollarda ish olib borish tashkillashtirish maqsadga muofiq. Saqlnib qolgan bozorlarda shunday muhitni yaratish va yangi talablarga javob beradigan sharoitlar bilan uyg’unlashtirish bu ishning maqsadi hisoblanadi.
Savdo inshoatlarida zamonaviy talablarga moslashtirish va ularni yangi sharoitlar bilan taminlash bu eski zamon talablariga javob bermaydigan bozor va savdo inshoatlarini yangi zamon talablariga mos sharoitga moslashtirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.Eski zamon talablariga javob bermaydigan bozorlar: bularga barcha eski bozorlarni tushunush mumkin bunda eski muhitni saqlagan holda yangi zamonaviy talablarga mos sharoitni yaratish ularda hunarmandchilikning qol mehnatiga asoslangan turini shakillantirishni nazarda tutish kerak.Zamonaviy talablar deganda nimani tushunish kerak birinchidan bugungi kunda qanday savdo inshoatlar axolini o’ziga jalb qiladi,bunday savdo inshoarlarida hunarmandchilik markazlarini tashkil qilib bo’ladimi,bu dasturni ishlab chiqush o’zini oqlaydimi degan savollar tuguladi .Albatta bu narsa o’zini oqlaydi bunga hozirda faolyat olib boryotgan hunarmandchilik markazlarini misol keltirish mumkin.Bu bugungi kunda juda rivoj topgan sohaga aylantirish maqsadida bu ishni rivojlantirish kerak.

Download 66,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish