X kanal kirish ulab-uzgichiga (pereklyuchatelga), kuchaytirgich X, ishga tushirish qurilmasi, yoyish generatori va oxirgi kuchaytirgich X ga ega. Kirish pereklyuchateli yo sinxronlash signalini dastlabki kuchaytirgich Y dan ulanishini, yoki signalni chiqish qisqichi X dan berilishini ta’minlaydi. X ning kirishiga yo tashqi sinxronlash signali, yoki tadqiq qilinayotgan signal berilishi mumkin. Ostsillograf yoyish generatori bilan ishlayotganda P1 va P2 pereklyuchatellar pastki holatiga o’rnatiladi, sinxronlash signali yoyishni ishga tushirish qurilmasiga keladi. Oxirgi kuchaytirgichdan arrasimon kuchlanish ENT ning X plastinalariga keladi. P1 va P2 ni yuqori holatiga o’rnatilganida yoyish uziladi. Bu holda signal chiqish X dan kirish pereklyuchatellari va kuchaytirgichlar kaskadi orqali ENT ga keladi.
K anal Z ENT nurining yorqinligini boshqarish uchun xizmat qiladi. U kuchaytirgich-cheklagich va nur yorqinligini boshqarish qurilmasini o’z ichiga oladi. Signal uning chiqishidan ENT modulyatoriga keladi. Signal parametrlarini o’lchashlar aniqligini oshirish uchun ostsillograf tarkibiga amplituda va davomiylik kalibratori kiritiladi. Kalibrator signali, odatda, ostsillografning old paneliga chiqarilgan bo’ladi va ulash kabeli yordamida kanal Y kirishiga berilishi mumkin.
6.4. Elektron ostsillograf yoyishlarining turlari
Yoyishning arrasimon kuchlanishning hosil qilinishini ta’minlaydigan eng sodda generatorning ishlashi kondensatorning zaryadlanishi va razryadlanishiga asoslangan qurilmadir. Ma’lumki, kondensatorning zaryadlanishida va razryadlanishida kuchlanish eksponentsial qonun bo’yicha o’zgaradi. ENT da nurning og’ishi bu holda notekis tezlik bilan amalga oshadi. Ostsillogramma buzilishlarini baholash uchun ushbu nochiziqlilik koeffitsienti aniqlanadi:
β = (tgα1 – tgα2)/tgα1, (6.4)
bu yerda tgα1 va tgα2 – yoyish kuchlanishi egri chizig’iga to’g’ri yo’l boshi va oxiriga mos a va b nuqtalarda o’tkazilgan urinmalarning og’ish burchaklari (6.9-rasm). Ideal holda, ya’ni yoyish kuchlanishi chiziqli o’sganida tgα1 = tgα2 va β = 0 bo’ladi. β ni hisoblashda urinmaning og’ish burchaklari tangenslarini funksiyani differentsiallash, mazkur holda ushbu ifodani differentsiallash yo’li bilan topish mumkin:
(6.5)
(6.5) formula o’zgarmas tok manbai E dan R qarshilikli rezistor orqali zaryadlanadigan S sig’imli kondensatorda kuchlanishning o’zgarish qonunini tavsiflaydi. (6.5) dan olingan
(6.6)
hosila tgα1 va tgα2 ni aniqlash imkonini beradi. t = 0 bo’lganda , yoki t = Tto’g’ bo’lganda, .
Tto’g’ – yoyilish to’g’ri yo’lining davomiyligi (10.9-rasm). tgα1 va tgα2 ning olingan qiymatlarini (10.4)ga qo’ysak, quyidagini hosil qilamiz:
β = [(1 – exp(–Tto’g’/RC)]·100%. (6.7)
(6.7) va (6.5) dan nochiziqlilik koeffitsienti β va ta’minot manbai kuchlanishi E dan foydalanish koeffitsienti ζ = Uyo/E orasidagi bog’liqlikni aniqlash mumkin, bu yerda Uyo – yoyish kuchlanishining shakllangan qulochi. Agar Uyo ni zaryad kondensatoridagi Us kuchlanishning Tto’g’ oxirida erishadigan maksimal qiymatiga teng deb, ya’ni Uyo ≈ Usmax deb qabul qilinsa, u holda (6.5) ga muvofiq
ζ = Uyo/E = 1 – exp(–Tto’g’/RC) (6.8)
bo’ladi. Bu olingan ifodani (6.7) bilan taqqoslab, β ≈ ζ = Uyo/E ni, taqriban bir xil β va ζ ni hosil qilamiz. Bundan kelib chiqadiki, yoyilmaning nochiziqlilik koeffitsienti 5% tartibida bo’lishiga erishish uchun ta’minot manbaidan foydalanish koeffitsienti 5% dan ortiq bo’lmasligi zarur. Agar, masalan, E = 100 V, β = 5% bo’lsa, u holda yoyish kuchlanishi bor-yo’g’i uyo = Ex = 100·0,05 = 5 V ni tashkil etadi. Shunday qilib, arrasimon kuchlanishni shakllantirish uchun eksponentadan foydalanilganda yuqori chiziqlilikni faqat boshlang’ich uchastkada, ya’ni kichik ζ larda hosil qilish mumkin. Agar Uyo kuchlanish zaruriy kuchlanishdan kichik bo’lsa, u holda ta’minot manbasi kuchlanishini oshirish kerak. Bu holat ostsillografni loyihalashda noqulaylik tug’diradi. Shu sababli amaliyotda og’diruvchi kuchlanish shaklini to’g’rilash (chiziqlashtirish)ning turli usullariga murojaat qilinadi.
Yoyish arrasimon tebranishlarini chiziqlashtirishning bir necha usullari ma’lum. Ulardan eng ko’p tarqalgani kondensator zaryad tokini uning to’g’ri yurishida stabillash bilan ta’minlash mumkin. Zaryad tokini va, demak, yoyish arrasimon kuchlanishini chiziqlashtirish chiziqli tok stabillovchi ikki qutbliliklarni yoki manfiy teskari aloqani qo’llanishi bilan amalga oshiriladi. Bunday qurilmalarning ish printsiplari impuls texnikasiga oid darsliklarda batafsil yoritiladi.
Sinusoidal yoyishda ostsillografning X kirishiga keltiriladigan kuchlanish ushbu sinusoidal qonun bo’yicha o’zgaradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |