Toshkent aloqa tehnologiyalari universiteti u. N. Karimova metrologiya va telekommunikatsiya tizimlarida o


Rezonans usulining generator varianti



Download 2,04 Mb.
bet117/131
Sana31.05.2022
Hajmi2,04 Mb.
#623086
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   131
Bog'liq
METROLOGIYA VA TELEKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARIDA O’LCHASH mavzu izlash uchun

Rezonans usulining generator varianti. Odatda, bu variantni amalga oshirish uchun 9.12-rasmda tasvirlangan sxema qo‘llaniladi. U bir xil ikkita generatorga ega bo‘lib, ularning tebranish kon­turlarida induktivliklari teng bo‘lgan g‘altaklar bor.
Generator 2 konturi o‘zgarmas sig‘imli namuna kondensatoriga va unchalik katta bo‘lmagan sozlash kondensatoriga ega bo‘lib, uning yordamida ikkala generatorlar chastotalarining boshlang‘ich tengligi o‘rnatiladi. Generator 1 konturi uchta namuna kondensa­torga ega: o‘zgarmas sig‘imli Cnam1, o‘zgaruvchan sig‘imli Cnam2 va pog‘onali o‘lchanadigan sig‘imli Cnam3. Oxirgi kondensator­ning sig‘imi o‘zgaruvchan kondensator sig‘imining maksimal o‘zgarishiga teng pog‘onalar bilan o‘zgarishi mumkin. Har qanday o‘lchashni boshlashdan oldin Cnam2 va Cnam3 kondensatorlarning sig‘imlari nolga teng qilib o‘rnatiladi.
Generatorlar chastotalarining tengligi nolinchi tepkili tebra­nish­lar bo‘yicha telefon yordamida yoki vizual indikator yordamida induksiyalanadi.
O‘lchanayotgan induktivlik g‘altagi generator 2 konturiga kontur g‘altagi bilan ketma-ket ulanadi. Shundan so‘ng o‘zgaruv­chan kondensator Cnam1 sig‘imini ikkala generator chastotalarining teng bo‘lishiga erishguniga qadar orttiriladi. Bu holda ushbu tenglik o‘rinli bo‘ladi:
Chastotalarning boshlang‘ich tengligidan Cnam3Lnam1 = Cnam4Lnam2 kelib chiqishi sababli
Lx = Lnam1C1nam/Cnam4
ni hosil qilamiz.
Shunday qilib, o‘lchanayotgan induktivlik namunali o‘zgaruvchan kondensator sig‘imiga proporsional. Induktivlikni o‘lchash chegaralarini kengaytirish uchun ikkala generator bir necha kichik chastotaviy diapazonli qilib tayyorlanadi, ularni qayta ulash esa konturdagi induktivlik g‘altaklarini almashtirish bilan birga boradi.
Qo‘shni diapazonga o‘tish induktivlikning 10 karra o‘zgarishiga va, demak, (9.31) formuladagi proporsionallik koeffitsiyenti­ning shunchaga o‘zgarishi mos keladi.
Sig‘imni o‘lchashda generator 2 konturidagi kondensatorga parallel ulanadi. Shundan keyin chastotalarning teng bo‘lishiga generator 1 konturidagi namuna kondensatorlar Cnam1 va Cnam2 ning sig‘imlarini oshirish bilan yuqoridagi ifodaga o‘xshash ushbu ifodani hosil qilish mumkin:
Cx = Cnam1Lnam1/Lnam2,
bundan ko‘rinib turibdiki, konturdagi induktivliklarning tengligi aniq bo‘lmasligi hisobiga xatolik bo‘lishi mumkin. Bu xatolik o‘lchanayotgan kondensatorni generator 1 konturiga ulash bilan yo‘qotiladi, biroq bunda konturning boshlang‘ich sig‘imidan katta sig‘imlarni o‘lchash mumkin emas. O‘lchash bitta chastota diapazonida o‘tkaziladi.
Rezonans usulining generator variantida quyidagi xatolik manbalarini ko‘rsatish mumkin:
– namuna kondensatorlar sig‘imlarining sanog‘ini olish xatoligi;
– generatorlar konturining bir vaqtda ulangan g‘altaklarining induktivligidagi farq;
– generatorlar chastotalari tengligining aniqmasligi.
Birinchi manba eng katta rol o‘ynaydi, u bilan bog‘liq xatolik barcha o‘lchashlarda bo‘ladi (0,5% atrofida). Ikkinchi manba faqat sig‘imni o‘lchashda xatolik kiritadi. Bu xatolik g‘altaklarning tayyorlanish sirtiga bog‘liq bo‘lib, 0,1...0,2% ni tashkil etishi mumkin.
Uchinchi manbadan keladigan xatolik yana ham kichik va uni amalda hisobga olmaslik mumkin.

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish