Zanjirlar va komponentlar parametrlarini o‘lchashning rezonans usuli. Rezonans usuli past va yuqori chastotalarda chiziqli ikkiqutbliklar parametrlarini: induktivliklar, sig‘imlar, konturlar va g‘altaklar aslliklarini, kondensatorlarning yo‘qotishlar burchagi tangensini o‘lchashda keng qo‘llaniladi. Тadqiq qilinadigan ikkiqutblikni namuna kondensatorga yoki namuna induktivlik g‘altagiga ulab, tebranish konturi hosil qilinadi. Bu usulning ikki turi qo‘llaniladi. Ulardan birinchisi rezonans hodisasiga, ya’ni induktivlik g‘altagi va kondensatordan iborat konturda majburiy tebranishlar amplitudasining keskin o‘sishi va rezonans chastotasining sig‘im va induktivlik qiymatlariga bog‘liqligiga asoslanadi. Bu usulning passiv variantidir.
Ikkinchi holda kontur atogeneratorning qisman beruvchi zanjiri bo‘lib xizmat qiladi va avtotebranishlar chastotasining konturning reaktiv parametrlariga bog‘liqligidan foydalaniladi.
Usulning bu aktiv varianti odatda generator usuli deyiladi. Bunday usulda tebranish konturi juda kichik rezonans chastotasiga ega bo‘lishi mumkin, chunki konturning yuqri aslligi talab qilinmaydi (konturning aktiv qarshiligi teskari aloqa zanjiri kiritadigan manfiy qarshilik bilan kompensatsiyalanadi). Bu katta sig‘imlar va induktivliklarni o‘lchash imkonini beradi.
Metodning passiv varianti ko‘p darajada asllik o‘lchagichi yoki kumetr deb ataladigan asbob yordamida amalga oshiriladi (9.11-rasm). Asbob ravon rostlanadigan darajalangan yuqori chastota generatori, o‘zgaruvchan sig‘imli namuna kondensatori va namuna induktivlik g‘altagidan tuzilgan tebranish konturi, o‘zgarmas sig‘imli C1 va C2 kondensatorlar hosil qilgan va generatorni tebranish konturi bilan bog‘laydigan kuchlanish bo‘lgichi hamda ikkita elektron voltmetrdan iborat (9.11-rasm), ulardan bir V1 generator chiqishidagi kuchlanishni, ikkinchisi V2 esa namuna kondensatoridagi kuchlanishni o‘lchaydi (Q-voltmetr).
Kumetr namuna induktivlik g‘altaklari komplekti bilan ta’minlangan bo‘lib, ular Lx klemmalari ulanadi va namuna kondensator bilan asbobning chastotaviy diapazoni chegaralarida hosil qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, Cx bilan belgilangan ikkita klemma ham bor bo‘lib, namuna kondensatorga o‘lchanadigan ikkiqutblikni parallel ulashga imkon beradi.
V1 voltmetr shkalada chiziqchaga ega bo‘lib, u konturga ketma-ket kiritiladigan kuchlanishning nominal qiymati e ga mos keladi. V2 voltmetrning shkalasi konturning asllik qiymatlarida darajalangan, bu E = Qe munosabatga asoslangan, bu yerda E – kontur sig‘imidagi kuchlanish, Q – asllik, e – konturga ketma-ket kiritilgan kuchlanish.
9.11-rasm.
Chastotalar diapazoni 50 kHz dan 35 MHz gacha bo‘lgan kumetr namuna kondensator bilan ta’minlangan bo‘lib, uning sig‘imi 25 pF dan 450 pF gacha o‘zgarishi mumkin.
Kondensator C2 rezonans chastotaga namuna kondensator bilan bir qatorda ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sirni ekvivalent sig‘im Ce = CnamC2/(Cnam + C2) ni kiritib hisobga olish mumkin. U holda rezonans chastota uchun
(9.21)
ni hosil qilamiz.
Induktivlikni o‘lchash uchun g‘altakni kumetrning Lx klemmalariga Lnam o‘rniga ulanadi va generatorning talab qilinadigan chastotasini o‘rnatib, namuna kondensatorning sig‘imini o‘zgartirish bilan konturni rezonans chastotaga sozlanadi. Induktivlik (9.21) formula bo‘yicha hisoblanadi. Bunda effektiv induktivlik hosil bo‘lib, u haqiqiy induktivlikdan g‘altakning hisobiga olinmagan xususiy sig‘imi C0 tufayli farq qiladi. Bu sig‘im chulg‘amning ayrim o‘ramlari orasidagi sig‘imlardan qo‘shiladi va uning oxirlari orasida ulangan hisoblanadi.
Xususiy chastota deb ataladigan chastotada, g‘altakda xususiy sig‘imli induktivlik rezonansi yuzaga keladi. Bu chastotada g‘altak sof aktiv qarshilikka ega bo‘ladi. Xususiy chastotasidan yuqori chastotada uning qarshiligi sig‘imlidir. ωn, ω0 chastotada g‘altakning ekvivalent sxemasini effektiv induktivlik Leff va aktiv qarshilik Reff ning ketma-ket ulanishi bilan ifodalash mumkin. Bu parametrlarni induktivlik va aktiv qarshilikning haqiqiy qiymatlari orqali ushbu formulalar bilan ifodalash mumkin:
(9.22)
bu formulalar ikkala effektiv qiymat haqiqiy qiymatlardan kattaligini ko‘rsatadi.
G‘altakning xususiy sig‘imini konturni ikkita turli chastota: ga sozlash natijalaridan topish mumkin. Bu yerdan:
Hisoblash qulay bo‘lishi uchun ω1 = 2ω2 deb olish mumkin, u holda
Do'stlaringiz bilan baham: |