Qarshiliklarni o‘lchov bilan taqqoslash usuli bilan o‘lchash. Bu usul bo‘yicha ko‘prik sxemali asboblar va diskret sanoqni qo‘llashga asoslangan asboblar yasaladi.
Ko‘prik sxemali asboblar yuqori aniqligi tufayli aktiv qarshiliklar, sig‘imlar, o‘zaro induktivlik va kompleks qarshiliklarning tashkil etuvchilarini o‘lchashlarda keng tarqalgan.
O‘zgarmas tok bir ko‘prikli sxemasi (amaliyotda yana ham murakkabroq – qo‘shaloq ko‘priklar ham ishlatiladi) to‘rtta yelkani hosil qiladigan to‘rtta rezistor R1, R2, R3, R4 ni o‘z ichiga oladi (9.3-rasm). Ko‘prik sxemasining diagonlaridan biriga yuqori sezgir galvanometr (nol indikatori), ikkinchisiga esa sxemaning ta’minot manbasi ulangan. Ko‘prik yelkalarining qarshiliklarini o‘zgartirish bilan A va B nuqtalardagi potensiallarning teng bo‘lishiga va, demak, galvanometrda tok bo‘lmasligiga erishish mumkin. Ma’lumki, bu holda
R1R3 = R2R4 (9.1)
bo‘ladi.
9.3-rasm.
Ko‘prik sxemasining galvanometr zanjirida tok bo‘lmaydigan holati ko‘prik balansi deb ataladi. Agar R = Rx deb qabul qilinsa, u holda (9.1) munosabatdan
Rx = (R2/R3)R4 (9.2)
bo‘lishi kelib chiqadi. O‘lchanayotgan yelkaga nisbatan qo‘shni yelkaga ulangan R4 rezistor taqqoslashning namuna yelkasi deb ataladi. U Rx qarshilikni aniqlashda asosiy element bo‘ladi va sanoat asboblarida yuqori aniqlikdagi besh-olti dekadali qarshiliklar magazini ko‘rinishida ishlanadi. Qarshiliklar nisbati R2/R3 10n karralilik bilan keskin (sakrashsimon) o‘zgaradi. Bu o‘lchash chegaralari keng bo‘lishini ta’minlaydi.
Ko‘prik sxemasining muhim parametri uning sezgirligidir. Sezgirlik deyilganda mazkur holda o‘lchanayotgan qarshilik Rt ning sxemaning galvanometr tomonidan qayd etiladigan balansining buzilishiga olib keladigan minimal nisbiy o‘zgarishi tushuniladi. Hisoblashlarning ko‘rsatishicha, ko‘prik sxemasining sezgirligi faqat qo‘llanilayotgan galvanometrning sezgirligigagina emas, balki uning yelkalari tarkibiga kiruvchi rezistorlar qarshiliklariga ham bog‘liq. Yuqori stabillikni ta’minlash uchun ko‘prik yelkalarining qarshiliklarini juft-jufti bilan teng-teng qilib olish maqsadga muvofiqdir. Ko‘pincha, teng yelkali, ya’ni R1=R2=R3=R4 bo‘lgan ko‘prik tanlanadi. Qarshilikni ko‘prik sxemasi yordamida o‘lchashdagi asosiy xatolik namuna rezistorlarning tayyorlanish xatoligi, yelkada taqqoslash uchun ishlatiladigan dekadalar sezgirligi va soni bilan aniqlanadi. Qo‘shimcha xatolik temperatura o‘zgarishlari hisobiga, o‘lchanayotgan rezistorni ko‘prikka tutashtiradigan kontaktlar va simlar qarshiliklari hisobiga yuzaga keladi.
O‘zgarmas tok ko‘priklari uchun, odatda, aniqlik sinfi dn beriladi va u ko‘prik yelkalarining qarshiliklari xatoligini tavsiflaydi. Muvozanatlashda R4 ning barcha dekadalarini qatnashtirish tavsiya etiladi. Agar bunday bo‘lmasa, taqqoslash yelkasidagi dekadalar soni yetarli emasligi hisobiga bo‘ladigan xatolik so‘nggi foydalaniladigan dekada qarshiligi yarmining taqqoslash yelkasi qarshiligining ko‘prik muvozanatiga mos qiymatiga nisbati sifatida topiladi:
(9.3)
Ko‘prik sezgirligining oxirgi qiymati hisobiga bo‘ladigan xatolik ushbu munosabat bilan aniqlanadi:
(9.4)
bu yerda – taqqoslash yelkasi qarshiligining strelkaning muvozanat holatdan o‘z qalinligiga qadar og‘ishiga mos qiymati; – taqqoslash yelkasi qarshiligining strelkaning ulanishi tufayli qarama-qarshi tomonga o‘z qalinligi qadar og‘ishiga mos qiymati. Ko‘prikning jami xatoligi ushbu munosabat bilan aniqlanadi:
(9.5)
O‘zgarmas tok ko‘priklari sanoat namunalarining xatoligi 0,05...1% chegaralarda yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |