507
XXIV bob.
Fuqarolik jamiyati
va huquqiy davlat
1. Huquqiy davlatda hokimiyatning butun mexanizmi – har bir organ,
mansabdor shaxs o‘z faoliyati davomida huquqiy prinsiplar va qoidalarga
tayanadi, o‘z faoliyatini ular bilan bog‘laydi. Huquqiy normalar nafaqat aholi,
balki davlat organlari va mansabdor shaxslar uchun ham majburiydir. Ularning
huquq doirasidan chiqishiga umuman yo‘l qo‘yilmaydi yoki bunga imkon beril-
maydi. Аgar etatik davlatda rasmiy organlar va mansabdor shaxslar huquqni
o‘zlari uchun ikkinchi darajali va majburiy emas deb tushunsalar, aksincha
huquqiy davlat sharoitida bunday holat umuman nomaqbul va nojoiz hisobla-
nadi va shu sababdan u sekin-asta yengib o‘tiladi.
2. Huquqiy davlatda etatik davlat uchun xos bo‘lgan huquq va qonun
o‘rtasidagi masofaning uzayib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Undagi davlat organ-
larining barcha normativ hujjatlari o‘zining mazmun-mohiyati va yo‘nalishi, qa-
bul qilish va rasmiylashtirish tartibi, qonuniy kuchga kiritish, qo‘llash, amalga
oshirish va buzilishlardan muhofaza qilish xususiyatlariga ko‘ra huquqning
yuqori talablariga javob beradi. Qonunchilik muntazam ravishda huquqiy prin-
siplarga asoslanadi, ularni o‘ziga singdiradi, ulardan aslo chekinmaydi. Davlat
organlarining huquqiy bo‘lmagan normativ hujjatlarni qabul qilish va amalga
kiritishiga umuman yo‘l qo‘yilmaydi, aksincha, etatik davlatlarda ko‘pincha
buning shohidi bo‘lish mumkin.
3. Huquqiy davlat normativ qonunlarni qabul qilish va e’tirof etish bilan
cheklanib qolmaydi. U mazkur qonunlar zaruriy ravishda hayotga tatbiq etili-
shi, barcha jismoniy va yuridik shaxslar, davlat va jamoat organlari, korxona,
muassasa va tashkilotlar faoliyatini kerakli yo‘nalishga solishga katta ahamiyat
beradi. Davlatning huquqni amalga oshirish bo‘yicha faoliyati ustuvor vazifa hi-
soblanadi, shu bois, unda «qog‘ozda qolgan», amal qilmaydigan qonunlar umu-
man yo‘q, aksincha etatik davlatda keraksiz qonunlarning «uyumlari»ni hech
kim tozalashga urinmaydi ham. Huquqiy davlatda ijtimoiy munosabatlarning
har bir subyekti davlat organlarining amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarini al-
batta bajarish kerakligiga astoydil ishonadi (boshqacha bo‘lishi mumkin emas),
zero bu huquqiy tartibotning barqarorligi muhitini yaratadi va jamiyatda yuri-
dik nigilizm tarqalishining oldini oladi hamda odamlarning huquqqa mensimay
munosabatda bo‘lishini bartaraf etadi.
4. Huquqiy davlatda davlat normativ hujjatlarining amal qilishida subordi-
natsiyaga rioya qilinishiga katta ahamiyat beriladi. Unda huquq manbalari, ya’ni
normativ hujjatlarning qat’iy bo‘ysundirilgan tizimi shakllanadi, amal qiladi va
rivojlanadi. Bu tizimda har bir aktning o‘rni uning yuridik kuchiga bog‘liq
bo‘ladi. Mazkur tizim, ifodali qilib aytganda, huquqiy manbalar «ehromi»ning
cho‘qqisi – yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan konstitutsiya hisoblanadi. Hech
qanday huquqiy manba konstitutsiya normalari va prinsiplariga to‘g‘ridan to‘g‘ri
Do'stlaringiz bilan baham: |