504
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
yana uzoq gapirish mumkin... Аna shu maqsadlar uchun barcha mablag‘lar hiso-
bidan 7 trln. 480 mlrd. so‘m va 190 million dollardan ziyod mablag‘ sarflandi»
1
.
Mazkur choralar inson manfaatlari himoyasiga yo‘naltirilgan, chuqur o‘ylab,
mulohaza qilingan ijtimoiy siyosatning natijasidir.
Yuqorida ta’kidlanganidek, jamiyat miqyosida daromadlarni budjet vosita-
sida muvozanatlashdek muhim ijtimoiy funksiyani bajaradi. O‘zbekiston davlati
bu funksiyaga alohida e’tibor qaratishiga quyidagi satrlar misol bo‘ladi. «Аholi
daromadlari tarkibida tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan daromadlar ulushi
tobora ortib bormoqda. Mustaqillik yillarida bu boradagi ko‘rsatkich 10,6 foiz-
dan 52 foizga o‘sdi (MDHdagi eng yuqori ko‘rsatkich)... eng ko‘p va eng kam
daromad oladigan aholi o‘rtasidagi farq 2000-yildagi 53,3 baravardan bugungi
kunda 7,8 baravarga tushdi. Bu o‘rinda jamiyatda ijtimoiy barqarorlikning me-
zoni hisoblangan bu ko‘rsatkich xalqaro me’yorlarga ko‘ra, 10 baravar qilib
belgilanganini aytib o‘tish lozim»
2
.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 45-moddasiga ko‘ra, voyaga
yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning huquqlari davlat
himoyasidadir. Yurtimizda katta yoshdagi avlodga, keksalarga hurmat ko‘rsatish
davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgandir. O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi
bilan 2015-yil «Keksalarni e’zozlash yili» deb e’lon qilinganligi alohida e’tiborga
molikdir. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 19-oktabrda o‘tkazilgan majlisida
ta’kidlanganidek, «Keksalarni e’zozlash yili» Davlat dasturi doirasida keksalarni
har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchay-
tirish tadbirlarini amalga oshirish davom ettirilmoqda, ushbu tadbirlarni
moliyalashtirishga barcha manbalardan 2,0 trillion so‘mdan ko‘proq mablag‘
yo‘naltiriladi
3
. Bu yo‘nalishda Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2002-yil 29-martda
qabul qilingan «O‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar, pensionerlar va
nogironlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatishni kuchaytirish to‘g‘risida»gi qarorining
4
ijrosini izchil ta’minlash ham o‘z ijobiy samarasini bermoqda.
Аsosiy qonunimizning 63-moddasiga ko‘ra, oila jamiyatning asosiy
bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega. Keyingi
moddada mustahkamlanganidek, davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onala-
rining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni
ta’minlaydi, bolalarga bag‘ishlangan xayriya faoliyatini rag‘batlantiradi. Onalik
va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
1
Mirziyoyеv Sh. Qоnun ustuvоrligi vа insоn mаnfааtlаrini tа’minlаsh – yurt tаrаqqiyoti vа хаlq
fаrоvоnligining gаrоvi. – T.: «O‘zbekiston», 2017. – 14-bеt.
2
Mаmlаkаtimizni dеmоkrаtik yangilаsh vа mоdеrnizatsiya qilishning ustuvоr yo‘nаlishlаri (O‘zbеkistоn
Rеspublikаsi Prеzidеnti I.А. Kаrimоvning nutq vа mа’ruzаlаri). – T.: «O‘zbekiston», 2015. – 46-bet.
3
Хаlq so‘zi, 2015-yil 20-оktabr.
4
O‘zbеkistоn Rеspublikаsi qоnun hujjаtlаri to‘plаmi. 2002-yil, 5–6-sоn, 46-mоddа.
Do'stlaringiz bilan baham: |