508
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
yoki bilvosita zid bo‘lishi mumkin emas. Аksincha, davlat organlarining barcha
normativ hujjatlari va huquqning boshqa manbalari konstitutsiyaga asoslani-
shi, uni aniqlashtirishi, to‘ldirishi va mazmunini rivojlantirishi lozim. Shunga
muvofiq ravishda konstitutsiyaviy va oddiy qonunlar tuziladi, yuridik pillapoya
(piramida)ning quyi «qavatlari» davlat rahbarining hujjatlari, hukumat farmon-
lari va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning buyruqlari va ko‘rsatmalari,
mahalliy vakolatli va ijro etuvchi organlar hujjatlari, huquqiy odatlar, sud va
ma’muriy presedentlar
1
yaratiladi. Kamroq yuridik kuchga ega bo‘lgan huj-
jatlarga yuqoriroq yuridik hujjatlarga nisbatan ustuvor ahamiyat berilishi to-
talitar va avtoritar davlatlarga xos bo‘lib, huquqiy manbalar subordinatsiyasi va
iyerarxiyasini buzadi va shu bois huquqiy davlat uchun zid hisoblanadi.
5. Shaxs va ijtimoiy munosabatlar subyektlarining maqomi
birinchidan,
huquqiy davlatda huquq va erkinliklarning keng miqyosda qamrab olingan-
ligi, normal hayot faoliyati ta’minlanganligi hamda oldinda turgan vazifalarni
hal etish uchun yetarliligi bilan ajralib turadi.
Ikkinchidan, huquqlar bilan
uyg‘unlikda majburiyatlarning mutanosib va muvofiq tizimini o‘z ichiga oladi.
Uchinchidan, huquqni albatta hayotga tatbiq etish real yuridik kafolatlar bilan
mustahkamlangan. Bunda ijtimoiy munosabatlarning bir turdagi subyektlari
orasida tenglikni ta’minlash, sinfiy, milliy, urug‘-aymoqchilik imtiyozlarini bel-
gilash va bu orqali ulardan biriga imtiyoz berib, ikkinchisini imtiyozlardan
mahrum etishga yo‘l qo‘ymaslikka intilish mavjuddir. Subyektlar orasida maz-
kur tenglikning yo‘qligi etatik jamiyatning huquqiy amaliyoti uchun xosdir. Bir
vaqtning o‘zida huquqiy davlat shaxs va ijtimoiy munosabatlar subyektlarining
maqomini qo‘llab-quvvatlash, normativ mustahkamlash va takomillashtirish
haqida g‘amxo‘rlik qiladi, o‘zidagi yashirin imkoniyatlarni huquq subyektlari
oldida namoyon qilishga intiladi.
6. Barcha davlat va ijtimoiy institutlar hamda tuzilmalarning legitimligi –
huquqiy davlatning alohida belgilaridan biridir. Bu yerda yetarli yuridik asosga
ega bo‘lmagan institutlar va tuzilmalarni kam uchratish mumkin. Basharti,
ular mavjud bo‘lsa ham, uzoq muddatga yashash va muvaffaqiyatli faoliyat
ko‘rsatish istiqbollariga ega bo‘lmaydilar, pirovardida yengib bo‘lmas qiyin-
chiliklarga uchrab, tezda sahnadan tushib ketadilar. Davlat intstitutlari va
tuzilmalarining ko‘pchiligi qonun asosida, belgilangan tartib va qoidalarga rioya
qilgan holda, ularning maqsadi, vazifasi, amal qilish shakl va usullari rasmiy
belgilangan holda yaratiladi. Xususan, bu qonuniylashtirishni ro‘yxatga olish,
ijozat berish va litsenziya berish usullari, shuningdek, tegishli davlat organ-
1
Prеtsеdеnt huquqi huquqning аnglо-sаksоn tizimi аmаl qilаdigаn mаmlаkаtlаrdа kеng qo‘llаnilаdi
vа аmаl qilаdi (bulаr: АQSh, Buyuk Britаniya, Kаnаdа v.b.). Endilikdа bоshqа qаtоr mаmlаkаtlаrdа qo‘llаnilа
bоshlаdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |