Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet483/784
Sana26.06.2021
Hajmi6,22 Mb.
#102170
1   ...   479   480   481   482   483   484   485   486   ...   784
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

Normativ-huquqiy 

hujjatning tili va 

uslubi

6-§.


332

Odilqoriyev X.T. 

Davlat va huquq nazariyasi

ro‘yxatini tuzish fursati yetdi. Bu yuridik atamalarning rivojlanish yo‘llari 

to‘g‘risida ma’lum xulosalar chiqarish, yuridik amaliyotda atamalarni qo‘llash 

muammolarini, huquqiy atamalarni takomillashtirish, standartlashtirish va bir 

xil holga keltirish yo‘llarini tadqiq etish imkonini beradi. 

Normativ hujjat grammatik qoidalarga qat’iy rioya etgan holda sof adabiy 

tilda yozilishi lozim. Kelgusida anglashilmovchiliklar kelib chiqmasligi uchun 

umumiy qabul qilingan adabiy til shakllaridan chetlashishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Til muttasil rivojlanib boruvchi hodisa bo‘lgani bois, so‘zlarning ma’nosi 

o‘zgarishi mumkin. Shu bois so‘zlar va atamalarni normativ hujjat qabul qilin-

gan paytdagi ma’nosida qo‘llashni nazarda tutadigan qoidaga qat’iy rioya etish 

lozim. Mahalliy shevaga mansub so‘zlar va jumlalarni yoki eskirgan (arxaik) 

so‘zlarni qo‘llash mumkin emas. Chunki, normativ hujjat ijtimoiy munosabat-

larni tartibga solish, hokimiyatning inson xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatish vosi-

tasi hisoblanadi. U badiiy asardan farqli o‘laroq, odamlarning his-tuyg‘ulari va 

tasavvuriga emas, balki irodasi va aql-idrokiga murojaat etadi. Normativ huj-

jatda ifodalangan huquq normasi huquq subyektlari amal qilishi shart bo‘lgan 

ma’lum xulq-atvor qoidalarini belgilaydi va ayni paytda, mazkur qoidalar buzilgan 

taqdirda ta’sir ko‘rsatish chora-tadbirlarini nazarda tutadi. Bu holatlar huquq 

tilining o‘ziga xos jihatlarini belgilab beradi.

Matnni mumkin qadar aniq, lo‘nda va to‘liq bayon etishga katta e’tibor 

berish mana shunday jihatlardan biridir. Normativ hujjatda jumlalar va iboralar-

ni sun’iy tarzda juda qisqa ifodalash amaliyotda noaniqliklar va anglashil-

movchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin, tushuntirishlar berish, qo‘shimchalar 

qilish va boshqa hujjatlar qabul qilish zaruratini keltirib chiqaradi. Sodda va 

tushunarli bayon etishga intilish normativ qoidalar mazmunining aniqligi va 

to‘liqligiga putur yetkazmasligi, jo‘nlikka va binobarin, ta’riflarning mujmal-

ligiga olib kelmasligi lozim. Ayrim normativ hujjatlar juda murakkab muno-

sabatlarni tartibga soladi va bu tegishli normalarni bayon etish uslubida o‘z 

aksini topadi. Normativ hujjatlar tilini huda-behudaga murakkablashtirmaslik 

kerak. Ammo, ayni vaqtda, u ommabop risolani ham eslatmasligi lozim. Huj-

jatda moddalar miqdorini sun’iy tarzda kamaytirish mumkin emas, chunki 

bu holda moddalar bayoni (matni) asossiz ravishda uzunlashib va kattalashib 

ketadi.


Huquqshunoslikda ishlab chiqilgan va odatdagi nutqda uchramaydigan 

maxsus atamalar normativ hujjatlarda keng qo‘llaniladi, umumiy muomalada 

keng tarqalgan aksariyat atamalar nisbatan tor va maxsus mazmun kasb etadi. 

Huquqiy ko‘rsatmalarning aniqligini oshirish uchun bir xil atama va iboralarni 

inkor etmaslik, balki ularni keng qo‘llash o‘rinlidir. Ayni bir tushunchani ifoda-

lash uchun sinonimlardan foydalanishda ham juda ehtiyot bo‘lish kerak. Zero, 





Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   479   480   481   482   483   484   485   486   ...   784




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish