Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet484/784
Sana26.06.2021
Hajmi6,22 Mb.
#102170
1   ...   480   481   482   483   484   485   486   487   ...   784
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

333

XV bob.

 Huquq tizimi va qonunchilik tizimi.

Qonunchilikni tizimlashtirish

sinonim so‘zlarning har biri o‘z ma’nosiga ega. Ulardan noto‘g‘ri foydalanish 

normativ matnda noaniqliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Boz ustiga, aksari-

yat sinonimlar normativ hujjatlarda o‘ziga xos ma’no kasb etadi.

Ayrim yuristlar ongida hanuzgacha saqlanib qolgan «oddiy fuqarolar mu-

taxassislarning yordamisiz qonunlarning mazmunini tushuna olmaydilar», de-

gan zararli qarashga barham berish kerak. Qonun matni qanday tuzilganiga 

ko‘p narsa bog‘liq. Qonun talablari hammaga tushunarli va aniq bo‘lishi lozim. 

Agar qonun ijtimoiy munosabatlarning tor va maxsus sohasini tartibga solsa 

hamda xodimlarning alohida toifasiga mo‘ljallangan bo‘lsa, unda maxsus va 

texnik atamalar hamda iboralarni qo‘llash o‘rinli bo‘ladi. Bordi-yu, qonun keng 

aholiga mo‘ljallangan bo‘lsa, uni nisbatan sodda va tushunarli tilda bayon etish 

lozim. Bunday hujjatlarda murakkab va maxsus atama hamda iboralarni, max-

sus so‘z va jumlalarni tushuntirmasdan keng qo‘llash maqsadga muvofiq emas.

Ta’riflarning noaniqligi, tushunchalar va atamalarni bir xilda qo‘llamaslik 

normativ hujjatni noto‘g‘ri tushunish va qo‘llashga, uning asl ma’nosidan che-

kinishga olib keladi. Normativ hujjatda noo‘rin yoki noto‘g‘ri qo‘llangan atama 

yoki ibora, noto‘g‘ri tuzilgan yoki tushunarsiz jumla, xato punktuatsiya – bu-

larning barchasi jiddiy oqibatlarga: ko‘p sonli so‘rovlar va bahslarga, qo‘shimcha 

tushuntirishlar talab etilishiga, eng xavotirlisi – normativ hujjatlar ma’nosining 

buzilishiga va ularni qo‘llashda xatolar bo‘lishiga olib keladi. Normativ matn 

qanchalik aniq va tushunarli bayon etilgan bo‘lsa, huquq normalarini qo‘llashda 

shunchalik kam qiyinchiliklar keltirib chiqaradi, qonunning maqsadi hayotga 

shunchalik to‘g‘ri va izchil tatbiq etiladi. Normativ hujjatlar matnini bayon 

etish tilining xususiyatlari maxsus yuridik til mavjud, degan xulosa 

chiqarish imkonini beradi. Maxsus atamalar sonining ko‘pligi maxsus bilimlar 

yoki talqin qilishni taqozo etadi. Huquqiy hujjatlar matnini bayon etish xususiyat-

lari huquqiy hujjatlarning maxsus tili mavjudligidan dalolat beradi.

Yurtimizdagi yuridik til – rasmiy o‘zbek adabiy tilining alohida turi. U 

huquqiy ko‘rsatmalarni bayon etishning o‘ziga xos jihatlari bilan bog‘liq. Nor-

mativ hujjat tilining sodda, tushunarli, jonli va sermazmunligi qonunni amalga 

oshirishning samarali vositasidir. Yuridik ta’riflar eslab qolish uchun oson, tushu-

narli va ifodali bo‘lishi, odamlar ongiga chuqur kirib borishi, ularning yuridik 

madaniyati va huquqiy ongini oshirishga ko‘maklashishi katta ahamiyatga ega. 

Ba’zan normativ hujjatlarda, sud qarorlarida, o‘quv adabiyoti va monografi-

yalarda uchrab turadigan «huquqiy jargon»ni qo‘llashdan ehtiyot bo‘lish kerak. 

So‘nggi yillarda qabul qilingan normativ hujjatlar tili ancha yaxshilandi. 

Lekin, shunga qaramay, ayrim hujjatlarda til va uslub nuqtayi nazaridan kam-

chiliklar mavjudligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Grammatik xatolar, grammatik 

shakllarni noto‘g‘ri qo‘llash hollari, g‘aliz jumlalar va iboralar, ortiqcha hamda 





Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   480   481   482   483   484   485   486   487   ...   784




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish