16
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
Davlat va huquqning paydo bo‘lishi va rivojlanishidagi umumiylik, o‘zaro aloqa-
dorlik davlat bilan bir qatorda huquq ham jadal takomillashib borayotganligidan
dalolat beradi. Huquqqa liberal yondashuv, uning insonlar hayotiga yanada yaqinla-
shayotganida, adolat va erkinlik g‘oyalarini izchil ifodalayotganligida, fuqarolar
manfaatlarini yanada mukammal aks ettirayotganligida namoyon bo‘lmoqda.
Insoniyat ongi va tafakkurining yuksalishi barcha ijtimoiy hodisalar kabi
davlat va huquqni ham yangicha talqin etmoqda. Davlatning ham, huquqning
ham inson uchun, uning manfaati uchun faoliyat olib borishini fuqarolar tobora
chuqur anglab yetishmoqda. Turli tarixiy davrlarda davlat va huquqdan turli
guruhlar, tabaqalar yoki alohida shaxslar manfaatining himoyachisi, ijtimoiy
qarama-qarshiliklarni bostirish quroli sifatida foydalanilgan bo‘lsa, bugunga
kelib ular inson uchun farovon hayotni ta’minlash vositasiga aylanmoqda.
Davlatning mohiyatini anglash, huquqqa zamonaviy yondashuv, huquqiy
davlatning mazmun-mohiyatini ochish, fuqarolik jamiyati barpo etish, inson huquq
va erkinliklarini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlarini tadqiq etish aynan davlat va
huquq nazariyasining vazifasidir. Bu, o‘z navbatida, fanning xususiyatlarini ochib
berish bilan bir qatorda, uning ijtimoiy ahamiyatini, dolzarbligini isbotlaydi.
Jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayot-
gan hozirgi dunyoning sir-sinoatlarini ang-
lab yetishda ilm-fanning o‘rni beqiyosdir.
Olamshumul kashfiyotlar, misli ko‘rilmagan
ixtirolar – turli fanlarning yutug‘i. Bugungi sivilizatsiya sharoitida fanning
yangi-yangi tarmoqlari paydo bo‘lishi bilan bir qatorda avval mavjud bo‘lgan
fanlar takomillashib bormoqda. Davlat va huquq nazariyasi fani ham mumtoz
fan sifatida zamonaviy davlatchilik va huquqiy amaliyot ta’sirida rivojlanib,
yangilanib va boyib bormoqda. Shu o‘rinda «fan» iborasi xususida to‘xtalib
o‘tish joiz. Fan – bu ilmning muayyan soha bo‘yicha tizimli bilimlar berishga
ixtisoslashtirilgan yo‘nalishi hisoblanadi. Yanada aniqroq aytganda, fan –
tizimlashtirilgan bilimlar yig‘indisi bo‘lib, u o‘z navbatida, ilmning nazariya,
qonuniyat, tushunchalar (kategoriyalar) kabi turkumlarida ifodalanadi. «Fan –
tabiat, jamiyat va inson tafakkuri to‘g‘risidagi tushunchalarda, kategoriyalar-
da, qonunlarda aks ettirilgan, haqqoniyligi amaliyotda tasdiqlangan bilimlar
tizimidir. Har bir fan o‘ziga xos obyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan
ajralib turadi»
1
. Fan tabiat va jamiyatni, umuman, borliqni anglashning ka-
litidir.
1
Davlat va huquq nazariyasi. Ikki jildli. 1-jild. – T., 2001. – 8-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |