15
I bob.
Davlat va huquq
nazariyasining prеdmеti va mеtodi
Davlat va huquq nazariyasi – davlat va huquqning vujudga kelishi,
mohiyati, faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi to‘g‘risidagi umumiy qonuniyatlarni
ifodalovchi fundamental bilimlar tizimi. Shuningdek, bu fan davlat va huquq
haqidagi qarashlar, g‘oyalar, fikrlar va bilimlarning mantiqiy tarzda umum-
lashtirilgan sistemasi hisoblanadi.
Tarixiy taraqqiyotning har bir bosqichida, ya’ni muayyan zamon va ma-
konda istiqomat qilgan insonlar o‘sha davrning siyosiy tuzumi, mafkuraviy-
g‘oyaviy jihatlari, boshqaruv tartibi, ijtimoiy ongi va madaniy taraqqiyotidan
kelib chiqqan holda davlat va huquqqa munosabat bildiradilar, ularga baho be-
radilar. Har bir tarixiy davrda davlat va huquqning mohiyati o‘ziga xos, davrga
mos tarzda namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritganidan so‘ng jamiyat
hayotining barcha jabhalarida bo‘lgani kabi davlat va huquqqa ham yangicha
qarash, yangicha yondashuv paydo bo‘ldi. Davlat va huquqning mohiyatida tub
o‘zgarishlar yuz berdi. Mamlakatimiz sobiq ittifoq tarkibida bo‘lgan vaqtda dav-
latga iqtisodiy hukmron sinflarning tashkiloti, huquqqa esa, ijtimoiy tartibga
solishning zo‘ravonlik (sinfiy hukmronlik) quroli sifatida munosabat bildirilgan
edi. Bugungi kunga kelib, ya’ni demokratiya sharoitida davlat ijtimoiy qarama-
qarshiliklarni zo‘rlik va bostirish yo‘li bilan emas, balki ijtimoiy kelishuv, xalq
ta’biri bilan aytganda, murosai madora bilan bartaraf etish vositasiga aylanmoqda.
Zamonaviy huquqqa esa, ijtimoiy hamjihatlik va kelishuvga asoslangan ijtimoiy
tartib-intizomga erishish, erkinlik, adolatparvarlik va tenglikni vujudga kelti-
rish vositasi sifatida yondashilmoqda
1
.
Davlat va huquq nazariyasi ham o‘z mazmun-mohiyati jihatidan tadrijiy
taraqqiy etmoqda. Unga yangicha zamonaviy qarash, yondashuv shakllanmoq-
da. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi o‘z oldiga demokratik huquqiy dav-
lat va fuqarolik jamiyati qurishdek buyuk maqsadni qo‘yganligi bois davlat
va huquqqa, uni o‘rganishga, tadqiq etishga alohida ehtiyoj sezila boshladi.
Huquqiy davlatda qonun ustuvorligi eng asosiy tamoyil sifatida e’tirof etilsa,
fuqarolik jamiyatining zaruriy sharti – fuqarolarning yuksak huquqiy ongi va
madaniyati, qonunlardan xabardorlik darajasi hamda huquqqa nisbatan chuqur
hurmatidir. Bu tushunchalar, albatta, davlat va huquq nazariyasining obyekti
hisoblanadi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, davlat va huquq
nazariyasi zamonaviy dunyo taraqqiyoti, sivilizatsiya bilan hamohang harakat-
lanuvchi muhim ijtimoiy fan sifatida maydonga chiqadi.
Davlat va huquq nazariyasi nafaqat mamlakatimizda, balki jahon ham-
jamiyatida yuz berayotgan yangilanish va yuksalishlar ta’sirida rivojlanmoqda.
1
Karimov I.А. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. – T.: «O‘zbekiston»,1996. – 20-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |