509
XXIV bob.
Fuqarolik jamiyati
va huquqiy davlat
lari tomonidan nazorat-taftish vakolatlarining qo‘llanilishi bilan ta’minlanadi.
Huquqiy davlatdagi muhitning o‘zi yuridik munosabatda shubhali institut va
tuzilmalarning qisqarishi uchun kurashadi va aksincha, qonuniyligi tasdiqlana-
digan institutlar uchun esa keng imkoniyatlar yaratib beradi.
7. Huquqiy davlatda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi e’tirof etiladi va amal-
ga oshiriladi. Shunga muvofiq yagona davlat hokimiyati doirasida uning uchta
mustaqil tarmoqqa bo‘linishi ta’minlanadi. Bular yuqorida ta’kidlanganidek,
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari bo‘lib, ular o‘zaro uzviy
munosabatda bo‘ladilar. Ko‘rib chiqilayotgan prinsipning ahamiyati shundaki,
u hokimiyatning faqat bitta organ yoki mansabdor shaxs qo‘lida jamlanishining
oldini oladi, natijada ichki davlat apparatida hokimiyat vakolatlarining teng
taqsimlanishini ta’minlaydi.
8. Huquqiy davlatda ichki qonunlar hamda umum e’tirof etilgan xalqaro
huquq normalari o‘rtasida oqilona muvofiqlikni ta’minlash bo‘yicha chora-
tadbirlar amalga oshiriladi. Bu muvofiqlik hozirgi zamon huquqiy sivilizatsi-
yasi yutuqlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Mazkur yutuqlar u yoki bu dara-
jada huquqiy davlatlarga ham tegishli bo‘lib, ularda odatda, ichki qonunlar
oldida xalqaro shartnomalar(faqat ratifikatsiya qilinganlari)ning ustuvorligi
belgilanadi va bu shartnomalarning bevosita qo‘llanilishi nazarda tutiladi.
Shu bilan birga, mazkur mamlakatlar yuridik tizimlarining tashqi dunyodan
alohidaligi va cheklanganligi bartaraf etiladi, ya’ni ular jahon hamjamiyatining
huquqiy tizimiga integratsiyalashadilar va ko‘pgina asosiy prinsip hamda nor-
malariga rioya etib, ularni o‘z normativ-huquqiy hujjatlari darajasida mustah-
kamlaydilar.
9. Huquqiy tartibot buzilgan hollarda (ayniqsa fuqarolar huquq va erkin-
liklarining buzilishi) huquqiy ta’sir qilish va huquqiy himoya mexanizmi amal
qiladi, unda sud birinchi darajali rol o‘ynaydi. Mazkur mexanizm boshlangan
jinoyatning oldini olish, buzilgan huquqni tiklash, yetkazilgan zararning qop-
lanishini ta’minlash, aybdorlarni jazolash, yangi huquqbuzarliklarning oldini
olish, fuqarolar va ijtimoiy munosabatlarning boshqa subyektlariga davlatning
barcha huquqiy talablari to‘liq ravishda bajarilishi lozimligi haqida uqtirish
vazifalarini hal qiladi. Аgar huquqiy tartibot, fuqarolar huquq va erkinliklari-
ning har qanday buzilishi tegishli davlat organlari va mansabdor shaxslarning
e’tiboridan chetda qolmasa, tartibbuzarlar har gal munosib jazo olsa, bunday
yondashuvning o‘zi qonunni buzishning samarali umumiy preventiv, ya’ni oldi-
ni oluvchi omili bo‘lib xizmat qiladi. O‘z navbatida, bu davlatda qonuniylikka
rioya etish sharoitiga ta’sir etadi. Huquqiy davlatning yurisdiksiya, huquqiy
tartibotni muhofaza qilish va oldini olish faoliyatida huquqiy talablarga qat’iy
Do'stlaringiz bilan baham: |