516
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
bashariy g‘oya va ta’limotlarni yangicha huquqiy tafakkur asosida qayta musho-
hada etmoqda.
Fanimiz huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati hodisalarining mohiyati,
mazmuni, muhim belgilari hamda xususiyatlarini keng tadqiq etish bilan
shug‘ullanmoqda. Biroq, «huquqiy davlat» bilan «fuqarolik jamiyati»ni diallek-
tik juft kategoriyalar sifatida, ya’ni «mazmun» bilan «shakl»ning nisbati tarzida
talqin qilish hanuzgacha dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Huquqiy
davlat hokimiyatni oqilona demokratik tashkil etish mahsuli sifatida fuqarolik
jamiyatining
siyosiy shaklini, siyosiy mohiyatini ifoda etadi. Huquqiy dav-
lat faqat fuqarolik jamiyatidek ijtimoiy makondagina qaror topishi va faoliyat
yuritishi mumkin. Аyni vaqtda, fuqarolik jamiyati to‘la ma’noda qaror
topishining shak-shubhasiz sharti huquqiy davlat mavjud bo‘lishidir. Bu
hodisalarning birini ikkinchisidan ajratib tasavvur etish mumkin emas.
Fuqarolik jamiyati bilan huquqiy davlatning o‘zaro nisbatini,
bir tomon-
dan, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi, ikkinchi tomondan, siyosiy mu-
nosabatlar majmuining nisbati tarzida izohlab, tadqiq etish ham dolzarbdir.
Zero, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni modernizatsiyalash
jarayonlari tegishli boshqaruv tizimi, demokratik siyosiy tuzilmalar, huquqiy
norma va institutlar mavjud bo‘lishini taqozo etayotganligini anglash lozim.
Huquqshunoslikka oid izlanishlar faol olib borilayotganligiga qaramasdan,
tadqiqotchilarning aksariyati hali
«hokimiyat» fenomenini teran anglab yeta ol-
ganlari yo‘q. Masalan, hokimiyatning bo‘linmas, yagona voqelik ekanligi bilan
uning «bo‘linishi» o‘rtasidagi farqni, hokimiyat hodisasi bilan hokimiyat vako-
latlari o‘rtasidagi nisbatni aniqlash muammolari hanuz ilmiy yechimini topgani
yo‘q. Hokimiyatning yagonaligi va taqsimlanishi davlat hokimiyati tarmoqla-
rining dialektik holatidir. Yagonalikka dialektik muvozanat orqali, hokimiyat
idoralarini oqilona uyg‘unlashtirish va muvofiqlashtirish yordamida erishiladi.
Hokimiyat shunday ijtimoiy-irodaviy munosabatki, bunda hukmron iro-
daning ustunligi hamda belgilovchi, yo‘naltiruvchi roli namoyon bo‘ladi. Dav-
lat irodasi tufayli davlat hokimiyati namoyon bo‘ladi, va natijada, jamiyatni
boshqarish amalga oshadi. Davlat boshqaruvi
vertikal hokimiyat munosabat-
lari bo‘lsa, fuqarolik jamiyatining mohiyatini ochish uchun undagi
gorizontal
munosabatlar tizimi va mantig‘ini anglab yetish lozim bo‘ladi.
Jamiyatni modernizatsiyalash sharoitida davlat hokimiyati va boshqa-
ruvi organlari bilan fuqarolik jamiyati tuzilmalarining hamkorligi hamda ij-
timoiy sherikligini ta’minlash ham o‘ta dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu
bilan birga, fuqarolik jamiyati institutlari, subyektlari va shaxslar o‘rtasidagi
munosabatlarni huquqiy tartibga solish mazmuni tubdan o‘zgarib borayot-
ganligini ham e’tiborga olish lozim.
Huquqiy tartibga solish mexanizmini
Do'stlaringiz bilan baham: |