318
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
– avtonomiya usuli (dispozitiv);
– avtoritar usul (imperativ).
Avtonomiya usuli asosan fuqarolik huquqi, oila huquqi, mehnat va savdo
huquqi, ya’ni xususiy huquq ta’siri daxldor bo‘lgan sohalarda qo‘llaniladi.
Avtoritar usul esa davlat huquqi, ma’muriy huquq, moliya huquqi, jinoyat
huquqi, ya’ni ommaviy huquq ta’siri daxldor sohalarda qo‘llaniladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, huquq tar-
moqlari – ijtimoiy munosabatlarning yirik,
yaxlit bir sohasini tartibga soluvchi huquqiy
normalar majmuidan iborat huquq tizimining
taribiy qismidir. O‘zbekistonda hozirgi payt-
da mavjud eng asosiy huquq tarmoqlari va
ularning o‘ziga xos jihatlariga, predmeti hamda tartibga solish usuli xususiyat-
lariga, har bir tarmoqning huquq tizimida egallagan o‘rni va ularning o‘zaro
farqlariga alohida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Mamlakat huquq tizimida yetakchi o‘rinni
Do'stlaringiz bilan baham: |