huquqiy munosabatning obyekti deb ataladi. Masalan, uy-joy oldi-sotdi
shartnomaviy munosabatining obyektini uy-joy tashkil etadi; odam o‘ldirish
jinoyatining obyekti – insonning hayoti; birovni haqorat qilish fuqaroviy,
ma’muriy va jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarishi mumkin. Bu huquqiy muno-
sabatlar obyektini shaxsning sha’ni, qadr-qimmati, obro‘-e’tibori tashkil etadi.
Huquqiy munosabatlarning obyekti hayot hodisalari kabi turli-tumandir.
Ularni quyidagicha guruhlashtirish mumkin:
Moddiy olam ne’matlari. Ularga buyum, ashyolar kiradi. Yuridik
ma’noda buyumlar – tabiat ne’matlari va mehnat faoliyati jarayonida yaratil-
gan narsalar bo‘lib, ular yuzasidan huquqiy munosabatlar kelib chiqadi. Buyum
(ashyo) lar toifasiga: ishlab chiqarish qurol-vositalari, iste’mol mollari, pul, qim-
matli qog‘ozlar, moddiy mahsulotlar va boshqalar kiradi. Masalan, moddiy
olam ne’matlari obyekti bo‘luvchi huquqiy munosabatlarga oldi-sotdi, mahsulot
ayirboshlash, hadya, meros kabi munosabatlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |