delikt layoqati haqida bormoqda. «Delikt»
lot. – huquqbuzarlik, noqonuniy xatti-harakat, ya’ni shaxsning sodir etilgan
huquqbuzarligi, jinoyati uchun javob bera olish layoqatini anglatadi. Mazkur
layoqat sohibi hisoblanayotgan shaxs aqli raso, ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lishi
va o‘z xatti-harakatlari oqibati uchun to‘la javobgarlikni zimmasiga olishga
layoqatli bo‘lishi lozim.
Huquqdorlik tushunchasi tarkibida huquqiy layoqat muhim belgilovchi
o‘rinni egallaydi. Muomala layoqati bilan delikt layoqati esa, undan kelib chiqa-
di. Chunki, shaxs huquq layoqatiga ega bo‘lmasa, huquqni amalga oshirishi
yoki tegishli javobgarlikni o‘tashi haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |