279
XIII bob.
Huquqiy ong
va huquqiy madaniyat
Huquqiy ruhiyat – ong doirasidagi huquqiy hodisalar bilan bog‘liq hol-
da, ongda yuzaga keladigan va unga singib ketgan his-tuyg‘u, kechinmalar so-
hasini ifodalaydi. Huquqiy ruhiyat – huquqiy hodisalarni hissiyot bilan tiklash
sohasidir. Inson hissiz, o‘ylamay o‘z-o‘zidan fikr yuritadigan qurilma emas,
balki u fikr yuritish bilan birga sezadigan tirik zotdir. Shuning uchun, inson
ijtimoiy hodisalarni, shu jumladan, huquqiy hodisalarni ham nafaqat aql, balki
sezgi bilan ham anglab yetadi. Huquqiy hodisalarni tushunib yetish jarayoni in-
sonning ishtirokisiz rivojlana olmaydi, shu sababli unda tabiiy tarzda g‘oyaviy
va hissiy jarayonlar qo‘shilib ketadi.
Masalan, loyihalashtirilayotgan qonunning mazmuni bilan shunchaki
tanishib chiqish, shaxsda har xil hayajonlanishni (shodlanish va qanoatla-
nish, anglashilmovchilik va achinish, e’tirof etish va hafa bo‘lish kayfiyati-
ni) keltirib chiqaradi yoki uning to‘lqinlanishiga olib keladi. Inson o‘zining
ruhiy holatiga ko‘ra huquqni mensimaslik, noqonuniylik, zulm va inson
erkini kamsitish bilan bog‘liq salbiy huquqiy voqeliklarga befarq, loqayd
qaray olmaydi. Uning huquqiy kechinmalari va kayfiyati qahr-g‘azab va
norozilik ko‘rinishlarida namoyon bo‘lib, ijtimoiy-huquqiy hayotning salbiy
hodisalariga tanqidiy qarash uchun ruhiy asosni vujudga keltirib, inson-
parvarlik g‘oyalari negizida insonda qayta yaratish, bunyodkorlikka intilish
hissini keltirib chiqaradi.
Har qanday bilimning huquqiy ong doirasida shakllanishi idrok etish ja-
rayonini teranlashtira borib, ular aks ettirgan hodisalarni o‘zlashtirishda hissiy
tus oladi. Huquqni takomillashtirishda insonning xuddi shu hissiyoti (buni
eslatib o‘tish joiz) oldingi o‘rinlardan birida turadi. Huquqiy ong sohasida ke-
chadigan fikrlash jarayoni odamlar talabi va manfaatini ifoda etuvchi inson
hissiyoti bilan yo‘g‘rilgan yoki shu hissiyotdan tuzilgan. Huquqiy ong soha-
sida vujudga keladigan huquqiy g‘oyalar, tushunchalar va taassurotlar, aql
va sezgining shunday noaniq chalkashib ketishi oqibatida, inson fe’l-atvorini
tartibga solishda jiddiy ta’sirchan kuchga ega bo‘ladi. Shuning uchun, huquqiy
ongni o‘rganishga katta ahamiyat beriladi.
Huquqiy ongning strukturasini tahlil qilish, bir tomondan, huquqiy
mafkura va huquqiy ruhiyat kabi uning tabiiy tarkibiy qismlarining o‘zaro
ta’siri tabiati va o‘zaro nisbatini ochadi, boshqa tomondan, ijtimoiy hayotda
bugun hodisa sifatida uning vazifasini ochib berishga yordamlashadi.
Huquqiy fan huquqiy ong sohasini
ijtimoiy va shaxsiy (individual) turlar-
ga ajratadi. Ammo bu chegaralash, ular o‘rtasidagi o‘zaro dialektik bog‘liqlikni
mutlaqo inkor etmaydi. Huquqiy ong har bir turining nisbatan mustaqilligini
tan olgan holda, ularga xos xususiyatlarni ochadigan huquqning umumiy
nazariyasi ularning har ikkisi ham jamiyat mahsuli bo‘lganligi uchun ular
Do'stlaringiz bilan baham: |