281
XIII bob.
Huquqiy ong
va huquqiy madaniyat
oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish natijasida shakllanadi, so‘ngra huquqiy amali-
yot jarayonida sayqallanadi.
Huquqshunos-olimlar
huquqiy ong funksiyalari masalasini ham tahlil
etadilar va huquqiy ongning axborot olish, baholash va tartibga solish funksi-
yalarini ko‘rsatadilar.
Axborot olish funksiyasi jamiyat barcha a’zolarining turli shakldagi
huquqiy bilimlarga ega bo‘lishida namoyon bo‘ladi. Huquqiy ongning axborot
olish funksiyasi ketma-ket paydo bo‘luvchi ruhiy hodisalardan tuzilgan:
birin-
chidan, u asosan sezish, eshitish va ko‘rishdan vujudga keladi; ikkinchidan,
qabul qilish, xotira, esda saqlash, xotiradagilarni qayta tiklash, tanish ja-
rayonlari vositasida huquqqa oid bilimlarni to‘playdi va ularni har hil huquqiy
tasavvurlar shaklida ifoda etadi;
uchinchidan, tafakkur oliy darajadagi bilish
jarayoni hisoblanib, huquqiy g‘oyalar, tushuncha va e’tiqodlar uning mah-
sulidir.
Baholash funksiyasi huquqiy ongning o‘sishi natijasida insonlarning
huquqiy va huquqqa zid bo‘lgan ko‘rinishlarni bir-biridan ajrata olishishga
erishishiga xizmat qiladi.
Tartibga solish funksiyasi esa, shaxslarning yuqori darajadagi huquqiy
ongga ega bo‘lishi, ularni huquqqa asoslangan holda harakat qilishlarini
ta’minlaydi. Shuningdek, adabiyotlarda huquqiy ongning gnoseologik, boshqa-
ruv va huquqiy shakllantirish funksiyalari alohida shaklda ajratib ko‘rsatiladi.
Gnoseologik funksiya obyektiv borliqdagi mavjud huquqiy holatlarni
bilishni tavsif etadi. Boshqaruv – o‘z fe’l-atvorini huquq talablari bilan qiyos-
lash vositasida o‘z xatti-harakatlarini o‘zgartirishdir.
Huquqiy ongning o‘zini boshqarish funksiyasi inson orzu-intilishlarini
oqilona ro‘yobga chiqarish huquqiy ongning amaliy tomoni hisoblanib, u iroda
orqali amalga oshiriladi. U huquqiy bilimlarni aniqlash, ichki tuyg‘ular bilan
mavjud huquqiy e’tiqodlar, mavjud obyektiv borliq, jamiyatda amal qilayotgan
huquqiy normalarni muvofiqlashtirish, maqsadni aniqlash, qaror qabul qilish
va qarorni ijro etish kabilarni o‘z ichiga oladi. Huquqiy ong qabul qilayotgan
huquqiy axborotni «qayta ishlash» va o‘zlashtirishda inson fe’l-atvorini boshqa-
ruvchi murakkab mexanizmlar muhim o‘rin egallaydi, u manfaatni anglash,
maqsadni aniqlash, asoslar tizimi va istagini namoyon etish kabi holatlarni o‘z
ichiga oladi.
Huquqiy ongning tashkil etish, uyushtirish funksiyasi – huquq sub-
yektlari xulqi, xatti-harakatlarini shakllantirish, uyushtirish, tashkil etishdan
iborat bo‘lib, u ijtimoiy hayot va taraqqiyot uchun juda muhim hisoblanadi. Shu
ma’noda huquqning yaratuvchanlik, bunyodkorlik salohiyati xususida gapirish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |