Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet395/784
Sana26.06.2021
Hajmi6,22 Mb.
#102170
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   784
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

278

Odilqoriyev X.T. 

Davlat va huquq nazariyasi

ta’sirida, shu murakkab ijtimoiy hodisaning ijtimoiy munosabatlarga ta’sir ku-

chi va tartibga soluvchi ta’sirining mohiyati namoyon bo‘ladi. Huquqiy ong ijti-

moiy ongning shunday sohasiki, u tushuncha, taassurot, baholash, fikr yuritish 

kabi jarayonlarni o‘z ichiga oluvchi huquqiy me’yorlarni shakllantirish bilan 

birga huquqiy tizimning xilma-xil qismlari (sudya, hakamlar ishi, jazo berish 

tizimi, ichki ishlar organlari xizmati, notarial idoralar, prokuratura va boshqa 

ko‘p sohalar) borasida tushunchalarni yuzaga keltiradi.

Shu tarzda odamlar xulq-atvori tamoyiliga singib ketadigan, xilma-xil 

huquqiy hodisalarga jamiyat a’zolarining munosabati, huquq to‘g‘risidagi 

tushunchasi, huquqiy bilimi – yuqorida zikr etilgan tarzda shakllanadi. Nazariy 

talqin jihatidan huquqiy ong ikki qismga: 



huquqiy mafkura va huquqiy ruhi-

yatga ajratiladi. Bu kategoriyalarning har qaysisida huquqiy hodisalar o‘ziga 

xos aksini topadi. Masalan, ulardan birida huquqiy hodisalar ilmiy tushunib 

yetilgan mafkura ko‘rinishida aks etsa, ikkinchisida – huquqiy hodisaning 

tarkibiy qismlari, xilma-xil his qilish, kayfiyat va holatlar shaklida namoyon 

bo‘ladi.

Ayni vaqtda, huquqiy mafkura va huquqiy ruhiyatlarning o‘ziga xosligi 

ulardagi mavjud umumiylik va o‘zaro ta’sirni mutlaqo inkor etmaydi. Chun-

ki, ular bir-biri bilan chambarchas bog‘langandir. Ularning biri ikkinchisini 

to‘ldiradi, biri ikkinchisidan kelib chiqadi, shu tariqa huquqiy voqelik to‘g‘risida 

ilmiy asoslangan, hissiy tushunib yetilgan tushuncha hosil qilinadi. Huquqiy 

ong ruhiy jihatining boyligi, uning odamlar xulq-atvoriga, ularning huquqqa 

munosabatiga ta’siri unga muayyan kuch bag‘ishlaydi.



Huquqiy mafkura – har xil huquqiy hodisalar haqidagi nuqtayi nazar, 

nazariy tushuncha, g‘oya va qarashlarning ilmiy umumlashtirilgan tizimidan 

iborat. Huquqiy ongning huquqiy mafkura qismida aks etgan huquqiy hodisa-

lar huquqqa bag‘ishlangan maxsus nazariy izlanishlarda o‘z rivojini topib, il-

miy darajada anglab yetiladi. Bunday ilmiy manbalarning mazmuni odamlar 

ma’naviy mulkiga aylanib, ularning ongiga aniq huquqiy bilimlarni, mulohaza-

larni, e’tiqod va kayfiyatni olib kiradi. Insonning ongidagi huquqni anglash 

jarayoni, yuqorida zikr etganimizdek yoki shunga yaqinroq tarzda kechadi. 

Inson huquqiy ongi orqali huquqni anglash bilan uni qo‘llash jarayonida, sud 

ishlarida, qonuniylik va qonun to‘g‘risida axborot olinadi. Shunday axborot 

asosida huquqiy madaniyat darajasi yuksaladi, insonning huquqiy bilimi 

rivojlanadi va teranlashadi. Insonning huquqiy fe’l-atvori qandayligi, pirovardida, 

uning huquqiy madaniyati darajasiga, huquqiy bilimining kengligi va teranli-

giga bog‘liqdir. Huquqiy mafkura – shaxsning huquqiy ongini ilmiy asosda 

shakllantira borib, huquqqa, insonning unga bo‘lgan munosabatiga hal qiluvchi 

ta’sir ko‘rsatadi.





Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   784




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish