imperativ
va
dispozitiv normalar guruhiga bo‘lish mumkin. Imperativ normalar dav-
lat amri xususiyatiga ega bo‘lib, xatti-harakat subyektiga belgilangan harakat
modelidan chetga chiqishni man etadi, masalan, ko‘pgina jinoiy-huquqiy va
ma’muriy-huquqiy normalar shunday mazmundadir. Imperativ normalar qat’iy-
majburiy ahamiyatga ega bo‘lib, hokimiyat munosabatlarini, ya’ni bo‘ysunish
va itoat etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi (masalan, JKning
Maxsus qismi normalari imperativ ahamiyatga ega). Masalan, Jinoyat kodeksining
44-moddasida mustahkamlangan huquq normasi mazmuniga muvofiq, jinoiy
jarimaning eng, minimal miqdori eng kam oylik ish haqining 5 baravarini,
maksimal miqdori esa, 600 baravarini tashkil etadi. Sudya jarima jazosini
tayinlashda ushbu imperativ norma asosida belgilangan miqdorlar doirasidan
chetga chiqolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |