Deklarativ normalar axborot berish, bayonot berish vazifasini bajaradi
va qoidaga ko‘ra, ushbu normalar dasturiy ahamiyat kasb etadi. Mazkur toi-
fadagi normalar ijtimoiy munosabat ishtirokchilariga muayyan huquqlar berish
yoki majburiyatlar yuklashdan cheklangan holda, faqatgina ma’lumot berish
bilan kifoyalanadi, xolos.
Tezkor (operativ) normalar. Ular yordamida huquq tizimining es-
kirgan, mavjud ijtimoiy hayot talablariga javob bermay qolgan normalari
chiqarib tashlanib, yangilari joriy qilinadi yoki tegishli qo‘shimchalar bilan
to‘ldiriladi. Masalan, «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qo‘shimcha
va o‘zgartirishlar to‘g‘risida»gi 2003, 2007, 2008, 2011, 2014 va 2017-yillardagi
Qonun normalari shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |